A. V. Vahobov, T. S. Malikov


va undan  ko'p  bola tug'ib,  tarbiyalagan  ayollar,  ko'rish  bo'yicha  1


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/75
Sana13.11.2017
Hajmi5.09 Mb.
#20049
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75

va undan  ko'p  bola tug'ib,  tarbiyalagan  ayollar,  ko'rish  bo'yicha  1

M o i i m

guruh  nogironlari  va  boshqalar)  uchun  qarilik  pensiyasi  imtiyozli 

tarzda tayinlanadi.

Pensiya  yoshiga  yetgan,  lekin  to'liq   m ehnat  stajiga  ega 

bo‘lmaganlarga, agar u  5 yildan kam bo'lmasa, to'liqsiz staj bo'yicha 

qarilik pensiyasi  belgilanadi.

Qarilik  pensiyasi  ish  haqining  55  foizi  va  pensiyani  belgilash 

uchun talab  qilinadigan  umumiy m ehnat stajidan ortiqcha bo'lgan 

har bir to'liq yil  uchun  ish  haqining  1  foizi miqdorida qo'shim cha 

o'm atiladi.  Yuqoridagi  tartibda  hisoblangan  pensiyaning  miqdori 

ish haqining  75  foizdan  oshmasligi  lozim .

T o'liq  pensiya  tayinlash  uchun  talab  qilinadigan  um um iy 

mehnat stajiga  ega  bo  lingandagina  minimal  pensiya  miqdorining 

minimal  ish haqidan past bo'lmasligi qonunchilikda ko'zda tutilishi 

kerak.  O'z navbatida, to'liq pensiya tayinlash uchun talab qilinadigan 

umumiy  mehnat  stajiga  ega  bo'lgan  shahs  pensiyaning  maksimal 

miqdori minimal pensiyaning miqdoridan uch baravar ko'p darajada 

o'rnatilmog'i  lozim.  yer  ostida  va  mehnatning  zararli  (ziyonli) 

sharoitlarida  ishlagan  shahslar  uchun  ham  pensiya  m inim al 

pensiyaning uch yarim  barobari  miqdorida belgilanadi.

To'liqsiz stajga ega bo'linganda pensiyaning miqdori erkaklarga 

nisbatan  25  yil  va  ayollarga  nisbatan  20  yil  etib  belgilangan  to'liq 

stajlarga  m uvofiq  ravishda  ta yin lan ga n   to 'liq   pensiyalarga 

proporsional  ravishda belgilanishi  lozim.  Biroq bunday pensiyaning 

miqdori  ijtimoiy  pensiyaning  miqdoridan  kam bo'lmasligi  kerak.

Qarilik  pensiyasi  bo'yicha  quyidagi  ustamalar  belgilanishi 

mumkin:

• pensionerga  qaralganda (xizmat qilinganda),  agar u davolash 

muassasasining  xulosasiga  ko'ra  1  guruh  nogironi  yoki  doim iy 

ravishda  tashqi  yordamga  va  nazoratga  muhtoj  bo'lsa  yoki  u  80 

yoshga  kirgan  bo'lsa  —  minimal  pensiyaning  2 /3   miqdorida;

•  mehnatga  layoqatsiz  boqim andalar  borligi  uchun,  agar 

ularning  o'zi  pensiya  olm asa  (pensioner  ishlamagan  holda)  — 

minimal  pensiyaning  2/3  miqdorida,  Sh  guruh  nogironi  bo'lgan 

boqimandalar uchun  esa  —  minimal  pensiyaning  1/3  miqdorida.

Nogironlik  bo'yicha  pensiya  mehnat  qobiliyati  doim iy  yoki 

uzoq muddatda yo'qotilganda tayinlanadi.  Bu pensiyaning  miqdori

mehnat qobiliyatining yo'qotilish  darajasiga (nogironlik guruhiga), 

nogironlik  sabablariga va  ish  haqining  darajasiga  bog‘liq.

U m um iy  tarzda  nogironlik  pensiyasi  quyidagi  hollarda 

nogironlik sodir bo'lganda belgilanadi:  mehnat  nogironligi;  kasbiy 

kasallanish;  umumiy kasallanish.

Mehnat  nogironligi  va  kasbiy  kasallanish  bo'yicha  nogironlik 

pensiyasi umumiy mehnat stajiga bog'liq bo'lmagan holda tayinlanadi. 

Shuningdek,  umumiy  kasallanish  oqibatida  20  yoshgacha  nogiron 

bo'lib qolgan fuqarolar uchun ham nogironlik pensiyasi stajga bog'liq 

bo'lmagan  tarzda  belgilanadi.  Qolgan  holatlarda  esa  um um iy 

kasallikdan  nogironlik  bo'yicha  pensiya  nogironlik  sodir  bo'lgan 

paytda  mehnat staji mavjud bo'lgandagina tayinlanadi.

Nogironlik pensiyasi (harbiy shikastlanishlar natijasida vujudga 

kelgan  nogironlikdan tashqari)  quyidagi  miqdorlarda belgilanadi:

•  1  va  P  guiuh  nogironlari  uchun-ish  haqining  75  foiz 

miqdorida;

• Sh guruh  nogironlari uchun-ish  haqining  30 foiz  miqdorida.

1  va  P  guruh  nogironlari  uchun  nogironlik  pensiyasining

minimal darajasi qarilik pensiyasining minimal darajasida,  Sh guruh 

nogironlari  uchun  esa  shu  pensiyaning  2 /3   qismi  darajasida 

belgilanadi.  Shuningdek,  I va P guruh  nogironlari uchun nogironlik 

pensiyasining  maksimal  darajasi  qarilik  pensiyasining  maksimal 

darajasida  va  Sh  guruh  nogironlari  uchun  esa  shu  pensiyaning 

minimal darajasi  miqdorida belgilanadi.

I  va  P  guruh  n o giron larin in g  nogiron lik   pensiyalariga  

pensionerlarga  qaralganligi  yoki  ularning  qaramog'ida  mehnatga 

layoqatsiz  boqimandalar mavjud  bo'lsa,  qarilik  pensiyasi  bo'yicha 

qanday ustamalar belgilangan  bo'lsa,  xuddi shunday ustamalar bu 

yerda ham   amal  qiladi.

Nogironlik pensiyasi  nogironlik belgilangan  (aniqlangan) davr 

mobaynida belgilanadi.

Boquvchisini yo'qotganligi uchun pensiya vafot etgan shaxsning 

qaramog'ida bo'lgan va uning  mehnatga  layoqatsiz  oila a’zolariga 

tayinlanadi.  Bu pensiyaning  miqdori  quyidagilarga bog'liq:

•  vafot  etgan  shaxsning  qaramog'ida  bo'lgan  va  mehnatga 

layoqatsiz  oila a’zolarining soni;

•  vafot etgan shaxsning o ‘limi  sabablari;

•  vafot  etgan  shaxsning  ish sharoiti;

•  vafot  etgan  shaxsning  ish  haqi  miqdori.

O iia n in g   m e h n a tg a   la y o q a ts iz   a ’z o la r in in g   ta rk ib i 

qo'yidagilardan  iborat bo‘lishi mumkin:

•  18 yoshga yetmagan  (yoki undan katta yoshda bo‘lgan,  lekin 

18  yoshga  yetgunga  qadar  nogiron  bo'lib  qolgan)  va  mehnatga 

layoqatli ota-onalari  boMmagan vafot etgan shahsning bolalari,  uning 

aka-ukalari,  opa-singillari  va  nabiralari.  18  yoshgacha  va  undan 

katta  boMgan  o'qiyotgan  bolalar,  aka-ukalar,  opa-singillar  va 

nabiralar kunduzgi  o ‘quv yurtlarida kasbiy o ‘qishlarining tugaguniga 

qadar,  lekin  23  yoshgacha  pensiya  olish  huquqiga  ega;

• ota, ona, xotin  (er),  agar ular tegishli yoshga yetgan (erkaklar- 

60  yil,  ayollar-55  yil)  yoki  nogiron  boMsa;

•  ota-ona,  er-xotin,  bobo,  buvi  yoki  opa-singillardan  biri, 

yoshidan va  mehnatga  layoqatliligidan  qat’i  nazar,  agar ular vafot 

etgan boquvchining  14 yoshga yetmagan va ishlamayotgan bolalari, 

aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralari ning parvarishi bilan band 

boMsa;

•  bobo  va  buvi  —  qonun  bo'yicha  ularga  xizmat  qilishi  lozim 

boMgan  shaxslar mavjud boMmasa.

Vafot etganning qaramog'ida boMmagan ota-ona va er-xotinlar, 

agar  ular  keyinchalik  hayot  kechirish  manbalaridan  mahrum 

boMsalar,  pensiya  huquqiga  egadir.

Agar oila a’zolari vafot etgan shaxsning toMiq qaramogMda boMsa 

yoki undan yordam olgan boMsalar-yu,  bu yordam ular uchun hayot 

kechirishning doim iy va  asosiy manbai  hisoblangan boMsa,  bunday 

oila  a’zolari  vafot  etgan  shaxsning  qaramogMda  boMgan  deb 

hisoblanadi.  Vafot  etgan  shaxsning  bolalari  uning  qaramogMda 

boMganligi  inobatga olinadi  va  u  isbot  talab  etmaydi.

Boquvchining  oMimi  mehnat jarayonida  shikastlanish,  kasbiy 

yoki  umumiy  kasallanish  oqibatida  sodir  boMgan  boMsa,  pensiya 

umumiy  tartibda  tayinlanadi.  Agar  boquvchining  oMimi  harbiy 

shikastlanish yoki harbiy xizmat davrida kasallanish  natijasida ro‘y 

bergan boMsa, u holda harbiy xizmatchilar uchun belgilangan tartibga 

muvofiq pensiya belgilanadi.

Mehnat jarayonida shikastlanish va  kasbiy kasallanish  oqibatida 

belgilanishi  lozim  bo'lgan  boquvchisini  yo'qotganligi  uchun pensiya 

boquvchining  mehnat stajini davomiyligiga bog'liq bo'lmagan  tarzda 

tayinlanadi.  Umumiy kasallanish oqibatida tayinlanishi lozim bo'lgan 

boquvchisini  yo'qotganligi  uchun  pensiya  belgilanayotgan  paytda 

boquvchining vafot etgan kunida nogironlik pensiyasini tayinlash uchun 

zarur bo'lgan umumiy mehnat stajiga ega bo'lganligi inobatga olinadi.

Pensiya (harbiy shikastlanish bo'yicha pensiyadan tashqari)  har 

bir  mehnatga  layoqatsiz  oila  a’zolariga  boquvchining  ish haqining 

30  foiz,  ota-onasini  ham  yo'qotgan  bolalam ing  har  biriga  qarilik 

pensiyasi  m inim al  darajasining  bir  yarim  barobari  miqdorida 

belgilanadi.

Pensiyaning minimal  miqdori,  shu jumladan,  to'liq bo'lmagan 

umumiy  mehnat  stajida  ham,  har  bir  mehnatga  layoqatsiz  oila 

a’zolariga  nisbatan  hisoblangan  minimal  qarilik pensiyasining  2/3 

qismidan past bo'lmasligi kerak.  Bu pensiyaning  maksimal  miqdori 

har bir mehnatga layoqatsiz oila a’zolari uchun qarilik pensiyasining 

minimal  darajasida,  ota-onasini  yo'qotgan  bolalar  uchun  esa- 

shunday pensiyaning  bir yarim  barobar  miqdorida belgilanadi.

Boquvchining  umumiy  mehnat  staji  to'liq  bo'lmagan  holda 

pensiya mavjud stajga uyg'un bo'lgan to'liq staj  asosida aniqlanadi.

Harbiy  jarohat  natijasida  boquvchisi  yo'qotilganda  pensiya 

maksimal darajada tayinlanadi.

Vafot etgan pensionerlaming oilasi uchun pensiya boquvchining 

um um iy mehnat stajiga bog'liq bo'lmagan holda belgilanadi.

Xizmat yillari  uchun  pensiya yer ostida va zararli  hamda og'ir 

sharoitlarda  uzoq  vaqt  mehnat  qilinishi,  shuningdek,  bir  necha 

boshqa kasbiy faoliyat turlariga (o'qituvchilar, shifokorlar, fuqarolik 

aviatsiyasining uchish va uchish-sinov tarkibi va boshqalar) bog'liq 

ravishda tayinlangan.

Yer  osti va ochiq  tog'  ishlarida  band  bo'lgan  xodimlar uchun 

pensiya  xizmat  yillari  uchun  talab  qilingan  ish  haqining  75  foiz 

miqdorida,  shunday huquqqa ega bo'lgan  boshqa xodimlar uchun 

esa  ish  haqining  55  foizdan  75  foiz  gacha  miqdorda  belgilanadi. 

U ning  minimal  darajasi  qarilik  pensiyasining  minimal  darajasi 

miqdorida  o'matiladi.  Pensiya  tayinlash  uchun  talab  qilinadigan

umumiy mehnat stajidan ko‘p bo'lgan har bir yil uchun pensiyaning 

hajmi  lfoizga  oshiriladi  (20  foizdan  ortiq  bo'lmagan  holda).  Bu 

pensiyaning  maksimal  miqdori  qarilik  pensiyasining  um um iy 

maksimal  darajasiga nisbatan aniqlanadi(uch minimal  miqdordagi 

qarilik pensiyasi darajasida, yer ostidagi, zararli mehnat sharoitidagi 

va boshqa shunga o'xshash  ishlar bilan bog'liq bo'lgan  pensiyalar) 

minimal  miqdordagi  pensiyalarning uch yarim barobari miqdorida 

belgilanadi.

Ijtim oiy  pensiyalar  m ehnat  yoki  boshqa  ijtim oiy  foydali 

faoliyatiga bog'liq  ravishda,  ba’zi bir sabablarga ko'ra pensiya olish 

huquqiga ega bo'lmaganlarga tayinlanadi. Tegishli holatlarda bunday 

pensiyalar uni  olishga  murojaat qilgan  tom onning  xohishiga  ko'ra 

mehnat pensiyasining  o'rniga ham  tayinlanishi  mumkin.

Ijtimoiy pensiya quyidagilarga  nisbatan tayinlanadi:

• I va P guruh  nogironlariga,  shu jumladan,  bolalikdan bo'lgan 

nogironlarga,  shuningdek,  Sh guruh  nogironlariga;

•  16  yoshgacha  bo'lgan  nogiron bolalarga;

• ota-onasidan  birini yoki har ikkalasini yo'qotgan  18 yoshgacha 

bo'lgan bolalarga;

• 60 yoshga kirgan  erkak va 55 yoshga kirgan ayol fuqarolarga.

Ijtimoiy pensiya  quyidagi  miqdorlarda  o'matiladi:

•  bolalikdan  I  va  P  guruh  nogironlari,  I  guruh  nogironlari, 

nogiron bolalar,  ota-onalarini  har ikkalasini  ham  yo'qotgan bolalar 

uchun  —  minimal  darajadagi  qarilik pensiyasi  miqdorida;

•  Sh  guruh  nogironlari  (bolalikdan  nogironlardan  tashqari), 

ota-onalaridan  birini  yo'qotgan  bolalar,  m os  ravishda  65  va  60 

yoshga  yetgan  erkak  va  ayollar  uchun-m inim al  darajadagi  qarilik 

pensiyasining  2/3  qismi  miqdorida;

•  Sh  guruh  nogironlari  uchun  —  m inim al  darajadagi  qarilik 

pensiyasining  1/2  qismi  miqdorida.

Pensiyani  hisoblash  o'rtacha  oylikka  nisbatan  o'm atilgan 

m e’yorlaiga muvofiq  ravishda amalga oshiriladi.  Pensiya tayinlashda 

o'rtacha oylik (pensiya uchun murojaat qilganning xohishi bo'yicha) 

pensiya  uchun  murojaat  qilishdan  oldingi  ishning  24  oyi  yoki 

shundan  oldingi  barcha  mehnat  faoliyatining  ketma-ket  istalgan 

60 oyi uchun aniqlanadi. Agar fuqarolarga ish  haqi bo'yicha pensiya

tayinlashning  iloji  bo'lm asa,  u  holda  pensiya  miqdori  tegishli 

pensiyalarning minimal  darajasida o'matiladi.

O'zbekistonda aholining ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash 

va  pensionerlam ing  farovonligini  qo'shim cha  mablag'lar  bilan 

ta’minlash  maqsadida 2004 yildan boshlab  «Fuqarolaming jamg'arib 

boriladigan  pensiya  ta’minoti  to'g'risida»gi  qonunga  amal  qilib 

kelmoqda.  Bu qonunga  binoan quyidagilar  belgilangan:

•  2005  yil  1  yanvardan  boshlab  fuqarolaming  amaldagi  davlat 

pensiya ta’minoti tizimiga qo'shimcha ravishda jamg'arib boriladigan 

pensiya  tizimi joriy etildi;

• 2005  yil  1  yanvardan boshlab fuqarolaming shaxsiy jamg'arib 

boriladigan pensiya hisob  raqami  fuqarolaming asosiy  ish joyidagi 

Xalq banki  filialida  amalga  oshiriladi;

•  fuqarolaming jamg'arib  boriladigan  pensiya  hisob  raqamiga 

majburiy har oylik oadallar jismoniy shaxslaming qonun  hujjatlariga 

muvofiq hisoblab  chiqarilgan  daromad solig'i summasidan tegishli 

ravishda chiqarib tashlangan  holda xodimning hisoblangan ish  haqi 

(daromad)ning  bir foizi  miqdorida o'tkaziladi;

•  jamg'arib  boriladigan  pensiya  tizimida  ixtiyoriylik  asosida 

qatnashadigan  fuqarolar  to m o n id a n   sh axsiy  p ensiya  hisob 

raqamlariga badallar miqdori va to'lov muddatlari  mustaqil ravishda 

belgilanishi  ham  mumkin  va  boshqalar.

21.3.  Ijtimoiy  nafaqalar

Ijtimoiy  nafaqalarning  turli  ko'rinishlari  aholining  ijtimoiy 

himoyaiash  tizim ida  m uhim   o'rin  egallaydi.  Ularning  tarkibi 

homiladorlik  va  tug'ish.  farzand  tug'ilganda,  bola  parvarishi  va 

boshqa  h olatlar  b o'y ich a   vaqtin ch alik  m ehnat  q ob iliyatin i 

yo'qotganligi uchun  nafaqalardan  iborat  bo'lishi  mumkin.

Vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo'qotish  mehnat jarayonida 

shikastlanish yoki kasbiy kasallanish  natijasida sodir bo'lgan bo'lsa, 

bu  bo'yicha  nafaqalar  ishchi  va  xizm atchilarga  ish  stajining 

uzluksizligini hisobga olmagan holda ish haqining  100 foiz miqdorida 

beriladi.  Qolgan  boshqa holatlarda esa nafaqa berilayotgan paytda 

ish stajining uzluksizligi  hisobga olinadi.

Barcha holatlarda vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo'qotganligi 

uchun beriladigan  nafaqaning minimal darajasi minimal  ish haqining 

90  foizi  miqdorida  belgilangan.

Homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa quyidagilarga beriladi:

•  ijtimoiy  sug'urta  qilinuvchi  ayollarga,  korxona,  tashkilot  va 

muassasaning  tugatilganligi  munosabati  bilan  ishdan  bo'shatilgan 

ayollarga-ishsiz deb  topilganidan  so'ng  12  oy davomida;

•  boshlang'ich,  o'rta,  oliy va oliy o'quv yurtidan so'nggi  kasbiy 

bilim  beruvchi  ta’lim  muassasalarida  ishlab  chiqarishdan  ajralgan 

holda o'qiyotgan  ayollarga;

• ichki  ishlar organlarida shartnoma va oddiy hamda  rahbarlik 

tarkibida harbiy xizmatni  o'tayotgan ayollarga;

•  yuqorida  keltirilgan  ayollardan  bolalarni  farzandlikka  qabul 

qilib olayotgan  ayollarga.

Bu  nafaqa  tug'ishgacha  bo'Jgan  70  kalendar  kuni  va  farzand 

tug'ilgandan  keyin  yana  70  kalendar  kunini  e ’tiborga  olgan  holda 

homiladorlik va  tug'ish  davri  ta’tili uchun  beriladi.  Ta’til  ana  shu 

kunlar  jami  bo'yicha  hisoblanadi  va  tug'ishgacha  foydalanilgan 

kunlarga  bog'liq  bo'lmagan  holda  to'liq  taqdim  etiladi.

H o m ila d o rlik   va  tu g'ish   b o 'y ic h a   nafaqaning  m iqdori 

quyidagicha belgilangan:

•  ijtimoiy  sug'urta  qilinuvchi  ayollarga-ish  joyidagi  o'rtacha 

ish  haqi  (daromadi)  miqdorida;

•  korxona,  tashkilot va muassasaning tugatilganligi  munosabati 

bilan  ishdan  bo'shatilgan  ayollarga-ishsiz  deb  topilganidan  so'ng 

12  oy davomida-ish  haqining  minimal  miqdorida;

•  boshlang'ich,  o'rta,  oliy  va  oliy o'quv  yurtidan  so'ng  kasbiy 

bilim  beruvchi  ta’lim  muassasalarida  ishlab  chiqarishdan  ajralgan 

holda o'qiyotgan ayollarga-stipendiya miqdorida;

• ichki  ishlar organlarida shartnoma va oddiy hamda  rahbarlik 

tarkibida  harbiy  xizm atn i  o 'ta y o tg a n   ayollarga-p u lli  to 'lo v  

miqdorida.

Farzand  tug'ilganda  (yoki  u  uch  oylikligigacha  farzandlikka 

olingan)  bir  marta  beriladigan  nafaqa  ota-onalardan  biriga  yoki 

ulam ing  o'rnini  bosuvchi  shaxsga  beriladi.  Ikki  va  undan  ortiq 

farzand tug'ilsa (farzandlikka olinsa)  nafaqa har bir farzand uchun

taqdim etiladi. Agar homila o'lik tug'ilsa, u holda nafaqa berilmaydi. 

Nafaqa farzand  tug'ilgan  kundagi  minimal  ish  haqining  darajasini 

inobatga olgan  holda to'lanadi.

Bola  parvarishi  bo'yicha bolaning  bir yarim yoshga  yetguniga 

qadar ta’til  davridagi  nafaqa  quyidagilarga berilishi  mumkin:

• davlat  ijtimoiy sug'urta qilinuvchi,  amalda  bolani  parvarish- 

lovchi  ota,  ona,  boshqa  qarindosh  yoki  farzandlikka oluvchiga;

• boshlang'ich,  o'rta,  oliy va oliy o'quv yurtidan so'nggi kasbiy 

bilim  beruvchi  ta’lim  muassasalarida  ishlab  chiqarishdan  ajralgan 

holda o'qiyotgan  onalarga;

• ichki  ishlar organlarida shartnoma va oddiy hamda rahbarlik 

tarkibida harbiy xizmatni  o'tayotgan  onalarga.

Bola parvarishi  bo'yicha ta’til davridagi har oylik nafaqalar ish 

haqining  minimal  darajasi  miqdorida,  bolalarning  soniga  bog'liq 

bo'lmagan  holda  beriladi.  Bu  ta’til  umumiy  va  uzluksiz  stajga 

qo'shiladi.  Ta’til  davrida  ish joyi  saqlanib  qolinadi.  •

Bola uchun  har oylik  nafaqa ota-onalardan biriga  har bir bola 

uchun ular  16 yoshga yetgunga qadar (umumta’lim  muassasalarida 

o'qiyotganlar  uchun-o'qish  davri  tugaguncha,  lekin  18  yoshdan 

oshmagan  holda)  beriladi.

Ishsizlik  nafaqasi  amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  ravishda 

ishini  yo'qotgan  va  ish  haqidan  mahrum  bo'lganlarga  nisbatan 

tayinlanadi.  Ushbu  nafaqani  tayinlash  to'g'risidagi  qaror  aholi 

bandligi  xizmati  tom onidan  qabul  qilinadi  va  bir  vaqtning  o'zida 

tegishli shaxs qonunga muvofiq ishsiz deb topiladi.  Nafaqa bandlik 

xizmati  tom onidan  fiiqaroni  ishsiz  deb  topilgan  birinchi  kunidan 

boshlab ishsizlikning haqiqiy kalendar kunlari (dam olish va bayram 

kunlarini  hisobga  olgan  holda)  uchun  hisoblanadi.  Bundan 

nafaqaning  o'rtacha  kunlik  miqdori  hisobga olinadi.

Ishsizlik nafaqasining miqdori fuqarolaming ishsiz  deb topilish 

toifalariga  muvofiq ravishda differensiatsiya  qilinadi.

Ishsiz fuqaroning qaramog'ida mehnatga layoqatsizlar bor bo'lsa, 

aholi  bandlik  xizmati  organlari  tomonidan  uning  ishsizlik  davrida 

unga moddiy yordam  va maktabgacha bolalar muassasalaridan, uy- 

joydan, kommunal xizmatlardan, jamoatchilik transportidan, sog'liqni 

saqlash  va  umumiy  ovqatlanish  muassasalarining  xizmatlaridan

foydalanganligi  uchun  dotatsiyalar  ko'rinishida  boshqa  yordamlar 

ham  ko'rsatilishi  mumkin.

Ishsizlik bo'yicha  nafaqadan daromad solig'i  undiriladi va sud 

qarorlari  bo'yich a  ushlanmalar  ushlab  qolinadi.  Bu  nafaqani 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling