A. V. Vahobov, T. S. Malikov
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
taqdim etishi lozim. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi hisobotni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asiga h isobot yilidan keyingi yilning 1 m ayidan kechiktirmay, taqdim etishi kerak. O'z navbatida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi hisobotni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay, taqdim etishi kerak. Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi hisobot O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shunga mos ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar ijrosi to'g'risidagi hisobotlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Bahs-munozara va nazorat uchun savollar • Byudjet jarayoni deb nimaga aytiladi? • Byudjet jarayonining mazmuni nimalar bilan belgilanadi va unda nimalar muhim rol o'ynaydi? • Byudjet jarayoni, odatda, byudjet faoliyatining qanday bosqichlarini qamrab oladi? • Byudjet jarayonining oldiga qanday muhim vazifalar qo'yiladi? • U m um iy tarzda kimlar (qanday sub’ektlar) byudjet jarayonining ishtirokchilari hisoblanadi? • Byudjet jarayonini tashkil etishda qanday piimiplaiga rioya qilinadi? • Byudjet loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish) jarayonida qanday masalalar yechiladi yoki ularga qanday aniqlik kiritiladi? • Byudjet loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)da qanday maqsadlar kun tartibiga qo'yiladi? • Byudjet loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)dan oldin O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga qanday oiganlaiga byudjet so'rovini yuborishi kerak? • O'zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to'g'risida»gi qonuni byudjet loyihasini tayyorlashning qanday muddatlarini belgilaydi? • Kelgusi moliya yiliga mo'ljallangan Davlat byudjetining loyihasini kim tayyorlaydi va u qachongacha O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi kerak? • Kelgusi moliya yiliga mo'ljallangan Davlat byudjet loyihasi o'z ichiga nimalarni olmog'i lozim? • Byudjetnoma loyihasini kim ishlab chiqadi va unda nimalar aks ettiriladi? • Byudjet loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)da nimalar hisobga olinadi? • Byudjet loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)da qanday metodlardan foydalaniladi? • Davlat byudjetining loyihasi muhokama qilish (ko'rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish) uchun qanday organga taqdim etiladi? • Davlat byudjeti kim tomonidan qabul qilinadi? • Davlat byudjetiga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlari, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlari va tuman bo'ysunuvidagi shaharlar byudjetlari qanday organlar tomonidan qabul qilinadi? • Davlat byudjeti qabul qilingandan so'ng uning mablag'lari byudjetdan mablag' oluvchilarga qanday tartibda va muddatlarda yetkazilishi kerak? • Byudjetni ijro etish qachondan boshlanadi? • Byudjet jarayonining bu bosqichi nimalarning bajarilishini qamrab oladi? • Byudjetni ijro etishning muhim vazifasi ikkiyoqlamalik xarakteriga egaligi nimalarda namoyon bo'ladi? • Davlat byudjetining ijrosini ta’minlashda qanday masalalarning hal etilishiga jiddiy e ’tibor bermoq lozim? • Byudjet ijrosiga oid bevosita ishlar qanday organlar tomonidan amalga oshiriladi? • Davlat g'aznachilik tizimi byudjet ijrosi bo'yicha nimalarni amalga oshiradi? • Byudjetning daromadlar bo'yicha ijro etilishi nimalarni ko'zda tutadi? • Byudjet xarajatlarining ijrosi davomida sanksiyalashtirishning asosiy bosqichlari nimalar? • Tayinlash sertifikati nima? • Davlat byudjeti qabul qilinmagan davr ichida davlat xarajatlari qanday shartlarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi mumkin? • Davlat byudjetining ijrosi davomida byudjetdan ajratiladigan mablag'larga o'zgartirishlar kiritish tartiblari qanday? • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat byudjeti ijrosining nazorat qilinishi davomida qanday ishlarni amalga oshiradilar? • Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi hisobot o'zida nimani ifoda etadi? • Respublika byudjetidan m oliyalashtiriladigan byudjet mablag'larini oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag'lardan hisobot davrida foydalanganlik to'g'risidagi hisobotlami qachon taqdim etishi kerak? • Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetidan hamda mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablag'larini oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag'lardan hisobot davrida foydalan ganlik to'g'risidagi hisobotlami kimlarga taqdim etmoqlari lozim? • Respublika (Qoraqalpog'iston), viloyat bo'ysunuvidagi shahar- laming moliya organlari shahar, tuman byudjetining hisobot davri dagi ijrosi to'g'risidagi hisobotlami kimlarga taqdim etishi kerak? • Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya organlari tegishli byudjetlarning hisobot davridagi ijrosi to'g'risidagi hisobotlami kimlarga va qaysi organ belgilagan muddatlarda taqdim etmog'i lozim? • O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasi soliqlar, yig'imlar, bojlar va boshqa majburiy to'lovlaming Davlat byudjetiga hisobot davridagi tushumlari to'g'risidagi hisobotni qanday muddatda va kimga taqdim etishlari shart? • Davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar hisobot davrida davlat maqsadli jamg'armalariga mablag'lar tushumi va ulardan foydalanish to'g'risidagi hisobotlami kimga va qanday organ belgilagan muddatlarda taqdim etishi lozim? • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi hisobotni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qachondan boshlab kechiktirmay taqdim etishi kerak? • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudje tining ijrosi to'g'risidagi hisobotni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qachongacha taqdim etishi mumkin? • Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi hisobot kim(qanday organ) tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi? • Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar ijrosi to'g'risidagi hisobotlar kimlar tomonidan (qanday organ) ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi? 2 0 -B O B . DAVLATNING B Y U D JE T D A N T A SH Q A R I JA M G 'A R M A L A R I 20.1. Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. iDavlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari ixtiyoridagi qatciy maqsadli xususiyatga ega bo'lgan moliyaviy mablag'lar yig'indisidir. Ular har bir alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo'g'ini hisob lanadi. Bu jamg'armalarni moliyaviy mablag'larining shakllanishi, taqsimlanishi va resurslardan maqsadli yo’lda foydalanishi bevosita moliyaviy m e’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtiriladi va tartibga solinadi. ’ Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatiga ko'ra, muayyan bir aholi qatlami yoki investitsion dastur ehtiyojlarini nazarda tutib, mamlakatda yaratilayotgan milliy daro madni qayta taqsimlash orqali tashkil etiladi. Davlat umumjamiyat ahamiyatiga molik bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlami o'z vaqtida va to'liq amalga oshirish uchun jism oniy va yuridik shaxslarda shakllanayotgan moliyaviy resurslaming bir qismini Davlatning byudjetdan tashqari jamg'aimalari ixtiyoriga moliyaning taqsimlash funksiyasi orqali jalb qiladi. Tarixiy ma’lumotlarda qayd etilishi, davlat byudjet tashqari jamg'armalarining dastlabki shakllari hozirgi davlatchilikning yagona markazlashgan fondi hisoblangan davlat byudjetidan avval maxsus fondlar ko'rinishida shakllangan. Ma’lumki, davlatning faoliyat ko'lami kengaygan sari uning xarajatlarga bo'lgan talabi ham oshib boraveigan. Ushbu xarajatlarni moliyalashtirish uchun davlat yoxud uning vakolatiga ega bo'lgan muayyan organ moliyaviy mablag'lami maxsus fondlarda markazlashtiigan va maqsadli ob’ektlarni moliya lashtirish uchun yo'naltirgari. Shuni alohida qayd etish joizki, o'sha vaqtlar markazlashgan Davlat fondlari davr taqozosiga ko’ra, vaqtinchalik xarakterga ega bo'lgan. Ya’ni davlat zarur chora- 426 tadbirlami amalga oshirib, moliyalashtirishni tugatgandan so’ng ushbu fondlar faoliyati o ‘z -o ‘zidan tugatilgan. Shu bois, maxsus fondlarning miqdori va shakli doimo o'zgarib turgan, ya’ni davr taqozosi va muayyan zaruriyatdan kelib chiqib, ehtiyoj qolmaganlari tugatilgan, yangilari esa paydo bo'lgan^Lekin, tarixiy tendensiya shuni ko’rsatyaptiki, muayyan mamlakatda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari va mamlakat hududining kengayishi munosabati bilan davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarining miqdori ham, hajmi ham o'sish xususiyatiga ega bo'lgan. O'z navbatida, Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari miqdorining ortishi (ko'payishi) ma’lum bir qiyinchilik va noqulayliklarni keltirib chiqargan. Xususan, jamg'arma qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo'lgani bois, ayrim jamg'armalarda moliyaviy resurslar keragidan ortiq bo'lsa, ayrimlarida yetishmov- chiliklar paydo bo'lgan. Shuningdek, davlat ularni boshqarish va muvofiqlashtirishni moliyalashtirish uchun qo'shimcha moliyaviy resurslami jalb etishga majbur bo'lgan.) Bu, o'z o'mida, jismoniy va yuridik shaxslarga qo'shimcha moliyaviy yuk hisoblanib, ular o'rtasida ma’lum bir noroziliklarning paydo bo'lishiga ham olib kelgan. Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun markazlash tirilgan davlat shakllanishiga zarurat tug'ilgan. V Markazlashtirilgan davlatning qaror topishi bir qator davlat fondlarini uyg'unlashtirib, bir necha muammolaming oldini olish imkoniyatini tug'dirgan. Jumladan, bir fondda ortiqcha bo'lgan moliyaviy mablag'lami ikkinchi bir fonddagi yetishmayotgan moliyaviy mablag'lar o'rniga jalb etish imkoniyati hosil bo'la bosh lagan. Davlatning har xil fondlarining uyg'unlanishi asosida ulkan bir markazlashtirilgan fond, ya’ni Davlat byudjetining tashkil etilishiga asos solingan. Davlat byudjeti sekin-asta har tomonlama mustahkamlanib borgach, mamlakatning oliy oigani uni ko'rib chi qib, tasdiqlagandan so’ng qonun kuchga kirib, ijro etish majburiyati sezila b o sh la n d ^ u haqda mazkur o'quv qo'llanmasining oldingi boblarida batafsil to'xtalib o'tilgan). O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, mamlakatda Davlat byudjetini mustahkamlash bilan birga, Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini ham tashkil etishga zarurat tug‘ildi. Bu jamg‘armalami tashkil etish uchun bir qator omillar ta’sir etadi, albatta. Ularning asosiylari quyidagilar bo'lishi mumkin: • iqtisodiyot qisman nobarqaror bo'lgan bir sharoitda, tijorat va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, zarur bo'lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag'batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari ortiqcha moliyaviy resurslar hisobidan yangi shakldagi qo'shimcha Davlat fondlarini tashkil etadi; • Davlat byudjetidan xoli bo'lgan Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar ko'lamini qisqartirishga qaratilgan bo'lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo'ladi. Aynan ushbu jamg'armalar qat’iy maqsadli yo’nalishga ega bo'lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyati tug'iladi; • Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari muayyan bir sharoitlarda, ya’ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo'lgan hollarda, ortiqcha mablag'lardan Davlat byudjeti defitsitini kredit shaklida qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida manba olib, daromadlar hajmini yanada ko’paytiradi. i Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini tashkil etish tartibi va shakllantirish metodlari. Rivojlangan mamlakatlaming ilg'or tajribalariga tayangan holda mumkinki, odatda Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari quyidagi shartli ikki yo'l orqali tashkil etiladi: 1. Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag'lar hisobidan muhim umumjamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan muammolami hal etish uchun ma’lum bir xarajatlarni tashkil etish; 2. Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armasini shaxsiy (o'zlik), maxsus ajratma va badal mablag'lari hisobidan shakllantirish. 2 "Masaian; qator davlatlarda daromadi cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjeti ko'magida maxsus ijtimoiy sug'urta fondlari tashkil etilgan^ avlatning byudjetdan tashqari jamg'ar malarini tashkil etish, awal ma’lum bo'lmagan, ammo ishlab chiqa rishning rivojlanishi, xizmat ko'rsatish ko'lamining kengayishi yo’lda siyosatning o'zgarishi natijasida paydo bo'ladigan muammolami maqsadli yo’lda bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi£$hunday vaziyat shakllangan holda hukumat davlat byudjetidan tashqari jamg'armasini ham tashkil etish uchun maxsus qaror qabul qiladi. Bizda ham yuqorida qayd etilgan vaziyatga o'xshash holat vujudga kelishi va mamlakatning ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabat lariga bosqichma-bosqich o'tishi munosabati bilan 2004-2009 moliya yillarini o'zida qamrab olgan davlatning byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg'armasi tashkil etildi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armasi har qanday maqsadli xususiyatga ega bo'lib, odatda uning nomida qanday maqsad uchun tashkil etilayotganligi aks etadi. Masalan, Pensiya jamg'armasi, Respublika yo'l jamg'armasi, Maktab ta’limi jamg'armasi va h.k. M oliya tizim ining boshqa bo'g'inlari kabi D avlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini tashkil etishning moddiy manbalari milliy daromad hisoblanadi. Bunday jamg'armalaming aksariyat qismi milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladi.. Amaliyotda milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni orqali D avlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari darom adini shakllantirishning asosiy metodlari quyidagilar hisoblanadi: 1. Maxsus soliqlar, yig'imlar va ajratmalar; 2. Davlat byudjeti mablag'lari va zayomlar. Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari daromadlarini tashkil etishning asosiy metodi maxsus soliqlar, yig'imlar va aj— ratmalar hisoblanadi. Ushbu manbalalar hisobidan jamg'armalar daromadlarining 80—90 foiz va hatto 100 foiz ham shakllanishi mumkin. Davlat byudjeti hisobidan shakllanayotgan m ablag'lar amaliyotda qaytarib bermaslik sharti bilan dotatsiya va subvensiya ko'rinishida beriladi. Ayrim hollarda fond daromadlariga har xil muddat va qiymatda (foizli, foizsiz) bo'lgan zayomlar ham berilishi mumkin. Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini moliyaviy munosabatlari. Alohida mamlakatlarda Davlat byudjetidan tashqari Davlat jamg'armalarining mavjudligi fond ichida, fondlararo va moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari o'rtasida murakkab hamda ko‘p qirrali moliyaviy munosabatlami amalga oshirishni taqozo etadi. Amaliyotdagi bunday moliyaviy munosabatlar bir tomonlama, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bo'lishi mumkin. ' Bir tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunday munosabatlar, odatda, jamg'armaning daromadlarini shakllantirishda yoki uning xarajatlarini amalga oshirishda nam oyon bo'ladi. Masalan, ko'pchilik mamlakatlarda valyuta fondining tashkil etish manbai markazlashtirilgan byudjet mablag'laridan qaytarib berilmaydigan subsidiya shaklidagi resurslar hisoblanadi. Bir tomonlama moliyaviy aloqalar fond daromadining bir qismini moliya tizimining boshqa bo'g'iniga dotatsiya yoki subsidiya sifatida o'tkazganda ham vujudga keladi. AQShda tashkil etilgan Yo'l jamg'armasi maxsus soliqlar hisobiga tashkil etiladi, ammo daromadlar xarajatlardan ortiq bo'lgan davrlarda Federal byudjetga zayom shaklida taqdim etiladi. Ikki tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunday munosabatlar amaliyotda moliyaviy resurslaming oqimi fondlararo va moliya tizimining boshqa bo'g'inlari o'rtasida sodir bo'lganda vujudga keladi. Masalan, Pensiya jamg'armasi nafaqat maxsus ajratmalar hisobiga tashkil etiladi, balki respublika byudjetidan olinayotgan dotatsiya hisobidan ham qisman shakllanadi. Bir vaqtning o'zida, agar fond daromadida aktiv qoldiq vujudga kelsa, u ortiqcha moliyaviy resurslar hisobiga qisqa muddatli davlat xazina qimmatli qog'ozlarini xarid qilib, byudjet defitsitini kamaytirishi yoxud Davlat byudjetga kreditor sifatida ham namoyon bo'lishi mumkin. Ko'p tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunda bitta davlat ning byudjetdan tashqari jamg'armasi bir vaqtning o'zida bir nechta fondlar hamda moliya tizimining boshqa bo'g'inlari bilan o'zaro aloqada bo'ladi. Ya’ni, pul mablag'lari turli xil va rang-barang yo'nalishlarda harakat va oqimda bo'ladi. - 7 Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari bir qator vazifa- larni bajaradi. Ularning ko'lami keng, ammo asosiylari quyida gilardan iborat: • iqtisodiyotning ustuvor sohalarini qo'shimcha moliyaviy resurslar bilan ta’minlash (ekologiya fondlari, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari va boshqalar); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling