A. V. Vahobov, T. S. Malikov
organi kim va u nimalarning umumiy miqdorini belgilaydi?
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
organi kim va u nimalarning umumiy miqdorini belgilaydi? • U yoki bu ko'rinishdagi qimmatli qog'ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini kim o'm atadi? • Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun qanday dasturlarni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq? • Tashqi qarzlam i o lish davlat dasturida qarzlar qanday guruhlarga bo'lib aks ettiriladi? • Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan dasturlarda nimalar alohida-alohida o'z ifodasini topishi kerak? • O 'z b e k isto n R e sp u b lik a si n o m id a n davlat q im m atli qog'ozlarining yagona em itenti kim hisoblanadi? • Davlat ichki qarzlariga xizmat qilish bo'yicha bosh vakil funksiyasini kim bajaradi? • Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog'ozlarini tartibga solish choralarini shartli ravishda qanday guruhlarga ajratish mumkin? 2 3 -B O B . SUG 'URTA 23.1. Sug'urtaning iqtisodiy mohiyati Sug‘urta fuqarolar va korxonalaming mulkiy va shaxsiy nomulkiy manfaatlarini himoya etuvchi samarali vosita sifatida insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida mavjud boigan. Bizgacha yetib kelgan manbalarga qaraganda, dastlabki sug'urta shartnomalari bundan VI—VII asr muqaddam Vizantiyada paydo boigan. Ba’zi olimlar, xususan, proffessor. H.R. Sobirov sug'urtaning vujudga kelishi bilan bogiiq muammoga o'z munosabatini bildirib shunday deb yozadi: «Sug'urta tushunchasi pul va kredit tushunchalaridan oldin shakllana boshlagan. Dastlabki jamoa tuzumi davrida har bir oila hayot uchun eng zarur oziq-ovqat zaxiralarini g'amlash zaruriyatini tushuna boshlaganda, zaxiralar yetarli bo'lmasa yoki biror hodisa tufayli qo'shimcha moddiy ne’matlarga ehtiyoj sezilsa, qo'shnilardan qarz olingan, buzilgan imoratlar hashar yo'li bilan tiklangan»4*. To'g'ri, sug'urta himoya vositasi sifatida pul va kredit tushunchalaridan oldin paydo bo'lishi mumkin. Sug'urta zaxiralari natura shaklida shakllangan. Bu ancha qiyinchiliklami keltirib chiqaigan. Chunki, zaxiralami natura shaklida jamg'arish ulami uzoq muddat saqlash imkoniyatini bermagan. Tovar-pul munosabatlarining paydo bo'lishi sug'urta zaxiralarini pul ko'rinishida shakllantirishga zamin yaratgan. M a’lumki, pulning asosiy funksiyalaridan biri to'lov vazifasini bajarishidir. Pulning paydo bo'lishi munosabati bilan sug'urta zaxirasiga yig'iladigan sug'urta m ukofotlari pul ko'rinishida to'lanadigan boigan. Hozirgi kunda sug'urta zaxiralarini faqat pul ko'rinishida shakllantirilishi qonunda belgilab qo'yilgan. Sug'urta mukofotlari ham pul ko'rinishida to'lanadi. Sug'urta mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida pul munosabatlari tizim ida m uhim o'rin tutadi. l i
moliya, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan chambarchas bog'liqdir. M oliya yalpi ichki 44
S o b iro v H.R. 0 ‘zbekiston suo‘urta tarixidan. - «CTzb^kiston iqtisodiy axborotnomasi» jumali, 2000 yil N910, 57-b. m ahsulotni taqsim lash va qayta taqsimlash natijasida vujudga keladigan m aqsadli pul fondlarining shakllanishi va ulardan foydalanish bilan bog'liq pul munosabatlarini ifodalasa, kredit aholi, korxona va tash kilotlar ixtiyoridagi vaqtincha bo'sh turgan m ablag'lami jalb etish va undan foydalanish bilan bog'liq pul munosabatlari yig'indisidir. Sug'urta oldindan ko'rib bo'lmaydigan tabiiy va boshqa hodisalar ro'y berishi natijasida ko'riladigan zararlarni qoplash bilan bog'liq maqsadli pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bo'yicha pul munosabatlari yig'indisidir. Ilmiy va iqtisodiy adabiyotlarda sug'urtaning iqtisodiy mohiyatini yoritishda turlicha yondashuvlar mavjudligini ko'rish mumkin. Masalan, proffesor H.R.Sobirov sug'urta tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: «ko'pchilik adabiyotlarda sug'urta so'zi xavf-xatar, dahshat, vahima ma’nosida ishlatiladi, chunki ko'rsatilgan tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalar natijasida jamiyat hayotiga moddiy zarar yetkaziladi. Lekin sug'urta deganda ana shu ruhiy holatlar emas, balki bular orasida vujudga kelgan va paydo bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda zararlar va ulami kuchini qirqishga qaratilgan tadbirlar, zarar natijasida vujudga kelgan kamomadning o'mini to'ldirish, bu yo'nalishda yuzaga keladigan sug'urtalovchi tash kilotlar va sug'urtalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlar ko'zda tutiladi»45. Fikrimizcha, bu yerda keltirilgan ta’rif sug'urtaning iqtisodiy mohiyatini to'liq ochib berolmaydi. Buning ustiga professor H.R.Sobirov tomonidan yuqorida berilgan ta’rif uzundan- uzoq bo'lib, sug'urtaning mohiyatini tezda ilg'ab olishni qiyinlashtiradi. 2002 yilning 5 aprelida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Sug'urta faoliyati to'g'risida» gi qonunning 3-moddasida shunday deyiladi: «Sug'urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to'laydigan sug'urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqyea (sug'urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta tovonini (sug'urta pulini) to'lash yo'li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi»46. Sug'urta tushunchasiga berilgan bu ta’rif rossiyalik 45 Sobirov H.R. Sug‘urta: 100 savol va javob. — Т.: «Mehnat» nashriyoii, 1998 yil. 8 -9-betlar. 46 «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi qonuni. — «Xalq solzi» gazetasi, 2002 yil, 28 may. iqtisodchi, professor B.Yu.Serbinovskiy bergan ta’rifga juda yaqin: «sug'urta yuridik va jismoniy shaxslar to'laydigan sug'urta badallari (mukofotlari)dan shakllanadigan pul fondlari hisobidan muayyan voqyea (sug'urta hodisasi) ro'y berganda ushbu shaxslaming mulkiy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha munosabatlar tizimidir»47. Ammo shuni yoddan chiqarmaslik kerak, sug'urta nafaqat yuridik yoki jismoniy shaxslaming mulkiy manfaatlarini himoya etuvchi vosita, balki jismoniy shaxslaming hayotiga, sog'ligiga baxtsiz hodisalar sodir bo'lishi natijasida shikast yetkazilganda, ularga sug'urta summalarini berish yo'li bilan himoya etuvchi vositadir. Shu bois, professor B.Yu.Serbinovskiy beigan ta’rifni ham to'liq deb bo'lm aydi. Yana bir iqtisodchi olim a N.V.Bendina sug'urtaning iqtisodiy mohiyatini ochib berish maqsadida quyidagilami ta’kidlaydi: «Yuridik va jismoniy shaxslar zarar ko'iganda ko'rilgan zarami ko'pchilik shaxslar o'rtasida taqsimlash orqali uni qoplash usulidir»43. Ushbu olimaning fikri e ’tibom i o'ziga tortishini e ’tirof etish joiz. Darhaqiqat, sug'urta fondi ko'pchilik jismoniy va yuridik shaxslam ing to'laydigan sug'urta mukofotlari hisobiga shakllanib, ushbu fondni shakllantirishda ishtirok etgan shaxslaming mulkiy manfaatlariga tabiiy hodisalar natijasida zarar yetganda, ushbu fonddan sug'urta qoplamasi beriladi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, u faqat shu fondni tashkil etishda qatnashgan shaxslargagina beriladi. Ya’ni, bir shaxs ko'rgan zarar ko'pchilik o'rtasida taqsimlanadi. Shu ma’noda, N.V.Bendina tomonidan berilgan ta’rif sug'urtaning iqtisodiy mohiyatini qisman yorilib bera oladi. Bunga o'xshash ta’riflarni ko'plab keltirish mumkin. Sug'urtaning iqtisodiy mohiyatini teran anglash uchun sug'urtani iqtisodiy kategoriya sifatidagi fundamental prinsiplarini bilish muhim ahamiyatga ega. Sug'urta iqtisodiy kategoriya sifatida quyidagi prinsiplarga asoslanadi: a) sug'urta riskining mavjudligi. Risk bo'lmasa, sug'urtalashga hojat qolmaydi. Risk-sug'urtaviy pul munosabatlarining asosini tashkil etadi. Xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning va fuqarolaming hayotiga turli risklar doim o ta’sir ko'rsatib turadiki, bu o'z navbatida ushbu risklami ro'y berishi natijasida yuzaga keladigan, ehtim ol 47 Сербиновский Б.Ю. Страховое дело. - М.: «Феникс», 2000 г. С.7. 48 Бендина Н.В. Страхование. - М.: «Приор», 2000 г. С.З. tutilgan zararlardan himoyalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Risklaming yuz berishi tasodifiylik xarakteriga ega va u inson ongiga bog'liq emas. b) sug'urta munosabatlarining q^yta taqsimlash xarakteriga egaligi. Gap shundaki, sug'urtaning iqtisodiy kategoriyasi yordamida korxonalar va aholi daromadlarining bir qismi qayta taqsimlanadi. Moliya kategoriyasidan farqli o'laroq, sug'urta yalpi ichki mahsulotni birlam chi taqsim lanishida ishtirok etm aydi, balki ikkilam chi taqsimlanishida ishtirok etadi. Korxonalar va aholi daromadlarining bir qismini qayta taqsimlanishi natijasida qat’iy maqsadli yo'nalishda foydalaniladigan sug'urta fondi shakllanadi. Bu xususiyat sug'urtani moliya kategoriyasi tushunchasiga mos kelishini anglatadi. v)zararlarni m uayyan makon va zam onda taqsim lanishi. Zararlarni hududlararo taqsimlash ob’ektlarni sug'urtaga olish yetarli darajada qamrab olinganda ro'y beradi. Zararlarni ma’lum bir vaqtda taqsim lash sug'urta hodisalarning notekis sodir bo'lishi bilan izohlanadi. Haqiqatan ham bir paytda barcha ob’ektlarni o'z ichiga qamrab olgan sug'urta hodisasi yuz berishi amrimahol. Tajribadan kelib chiqqan holda, sug'urta hodisalari muayyan bir davrda ro'y bermasligi, ammo boshqa yili ro'y berishi mumkin. Shuning uchun, sug'urta tashkilotlari o 'z zimmalariga olingan majburiyatlarni bajarish maqsadida yetarli miqdorda sug'urta fondiga ega bo'lishi darkor. g)sug'urta m ukofotlarining qaytarilish xarakteriga egaligi. Sug'urta mukofotlari hisobidan shakllangan sug'urta fondidagi mablag'lar faqat sug'urta hodisasi ro'y berganda sug'urtalanuvchiga qaytarilib beriladi. Sug'urtaning iqtisodiy mohiyatini anglatuvchi bu p rin sip su g 'u rta n i iq tiso d iy k ateg o riya sifa tid a kredit tushunchasiga yaqinlashtiradi. Kreditning asosiy prinsiplaridan biri ajratilgan kreditlarning o'z vaqtida bankka qaytarilishidir. Yuqorida bayon etilgan prinsiplar jam lam asi sug'urtaning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyatini ochib beradi. Sug'urtaning iqtisodiy tabiati uning funksiyalarida o'z aksini topadi. M oliya, kredit kabi iqtisftdiy kategoriyalar bilan bir qatorda sug'urta ham bir qator funksiyalami bajaradi. T a’kidlash lozimki, iq tiso d iy adabiyotlarda sug'urtaning funksiyalari bir n ech a ko'rinishda talqin etiladi. Masalan, professor V.M .R odionova rahbarligida chop etilgan «Finansi» o'quv qo'llanmasida sug'urta ikkita funksiyani bajarishi ko'rsatib o'tilgan . Bu funksiyalar quyidagilardan iborat: qayta taqsimlash va nazorat funksiyasi49. Proffessor H.R.Sobirov sug'urta quyidagi funksiyalami bajarishini qayd etadi: «xavf-xatar, ogohlantirish, investitsiya, om onat, axborot»50. Ko'rinib turibdiki, proffessor.H.R.Sobirov sug'urtaning 5 ta funksiyaga ega ekanligini qayd etadi. Lekin bu fikrga to'liq qo'shilib bo'lmaydi. Chunki, bu funksiyalarning ba’zilari tegishli bahs- munozarani talab etadi. Xususan, sug'urtaning investitsiya funksiyasi. Investitsiya sug'urta tashkilotlari uchun funksiya emas, balki asosiy sug'urta faoliyatiga qo'shim cha ravishda amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiyasiz ham sug'urta tashkilotlari faoliyat ko'rsatishlari muinicin. Ammo, sug'urta tashkilotlari vaqtincha bo'sh turgan mablag'larini investitsiya qilish orqali qo'shimcha daromad oladi. Funksiya doimiylik xarakteriga ega va u o'zgarmasdir. Sobiq sovet hokimiyati davrida davlat sug'urta organlarining mablag'lari investitsiya qilinmas edi. Bozor munosabatlariga o'tish tufayli sug'urta tashkilotlarida investitsiya faoliyati bilan shug'ullanishga imkoniyat tug'ildi. Shuning uchun investitsiyani sug'urtaning funksiyasi bo'la olmaydi, deb aytish mumkin. Ayni shunday fikrlarni axborot funksiyasi haqida ham gapirish o'rinlidir. Sug'urtalanuvchilarga sug'urta tashkilotlari haqida m a’lumot berish, bu sug'urtaning axborot funksiyasi mavjudligini anglatmaydi. Sug'urta tashkilotlarining tijorat siriga kiruvchi m a’lumotlari umuman axborot sifatida berilmaydi. Sug'urtaga axborot funksiyasining xosligi ko'pam o'z isbotini topmagan. Sug'urta quyidagi funksiyalami bajaradi: • sug'urta fondini tashkil etish bilan b o g iiq funksiya. • sug'urta fondidan foydalanish bilan b o g iiq funksiya. • nazorat funksiyasi. 49 Финансы. Учебник. Под ред. проф. Родионовой В.М. - М.: «Финансы и статистика». 1992. С. 179. 50
Yuqorida qayd etilgan funksiyalar sug'urta faoliyatida doim iy hisoblanadi va har qanday sharoitda o'zgarmaydi. Sug'urta faoliyatini amalga oshirish uchun, albatta, sug'urta tashkilotida yetarli miqdorda pul mablag'lari fondi bo'lishi lozim. Agar, sug'urtalovchi pul fondini, ya’ni sug'urta fondini tashkil etm asa, uning m oliyaviy ahvoli murakkablashishi turgan gap. Tashkil etilgan sug'urta fondining mablag'lari qat’iy maqsadli xarakterga ega bo'lib, sug'urta hodisalari ro'y berganda qoplama berish uchungina ishlatiladi. Sug'urta fondining mablag'larini maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda va shartlarda investitsiya qilishdan tashqari boshqa maqsadlarda ishlatish man etiladi. Sug'urta fondi mablag'lari davlat tomonidan olib qo'yilishi va soliqqa tortilishi mumkin emas. Sug'urta ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi. Ixtiyoriy sug'urta turiari bo'yicha xizmatlar jism oniy va yuridik shaxslarga, ularning roziligi bilan ko'rsatiladi. Ixtiyoriy sug'urta turlariga yuridik va jism oniy shaxslaming m ol-mulki sug'urtasi, transport vositalari sug'urtasi, hayot sug'urtasi, m oliyaviy va tadbirkorlik risklari sug'urtasini misol tariqasida keltirish mumkin. Ixtiyoriy sug'urtadan farqli ravishda majburiy sug'urta qonunchilik hujjatlariga asosan o'tkaziladi va bunda ko'rsatilgan yuridik hamda jism oniy shaxslaming manfaati ularning irodasidan qat’i nazar, majburiy sug'urta qilinadi. Masalan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi sug'urtasi majburiy shaklda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, um um iy foydalanishdagi havo, tem ir yo'l, avtomobil transportidagi yo'lovchilar ham majburiy sug'urta qilinadi. Shu yerda alohida ta’kidlash zarurki, majburiy sug'urta turiari bilan bir qatorda majburiy davlat sug'urta turiari ham mavjud. Jumladan, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, M illiy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi harbiy xizmatchilari baxtsiz hodisalardan sug'urta qilinadilar. Shuningdek, Davlat soliq organlari xodimlari ham majburiy davlat sug'urtasiga olinadi. Majburiy davlat sug'urtasi bo'yicha sug'urta xizmat haqlari sug'urta mukofotlari Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Sug'urtaning iqtisodiy mohiyati haqida fikr yuritar ekanmiz, sug'urtaning maqsad va vazifalari mustaqillik yillarida tom ma’noda o'zgarganligini ta’kidlash joiz. 2008 yilning 1 yanvar holatiga O'zbekistonda 26 ta sug'urta tashkiloti faoliyat ko'rsatayapti. E’tirof etish joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 31 yanvardagi «Sug'urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoniga muvofiq, mulk shaklidan qat’i nazar, hamma sug'urta tashkilotlari, 2002 yilning 1 fevralidan boshlab 3 yil muddatga daromad (foyda) solig'ini to'lashdan ozod etildi51. Farmonda ko'rsatilganidek, soliqqa tortishdan bo'shab qolgan pul mablag'lari birinchi navbatda sug'urta tashkilotlarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflangan. Shuningdek, ushbu pul mablag'lari mintaqalarda sug'urta agentliklari tarmoqlarini kengaytirishga, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga yo'naltirilgan. Shunday yo'l tutilishi mamlakat sug'urta bozorining rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratdi. 23.2. Sug'urtaning rivojlanish bosqichlari Sug'urta kishilik jamiyatining turli bosqichlarida mavjud bo'lgan va uzoq tarixga ega. Sug'urta insoniyat va uning m ol-m ulkini ishonchli himoyalashning muhim vositasi sifatida o'z rivojlanish tarixida ikki bosqichni boshidan kechirgan. 1. Tijoratga asoslanmagan sug'urta. 2. Tijoratga asoslangan sug'urta. Tijoratga asoslanmagan sug'urta ibtidoiy jamoa, quldorlik va feodal jamiyatlariga xos bo'lib, unda sug'urtalovchilar ittifoqi o'z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo'yishmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumida qabila shaklida turmush kechirgan insonlar qurg'oqchilik va boshqa tabiiy ofatlardan saqlanish uchun oziq-ovqat, suv zaxiralarini shakllantirganlar. Keyinchalik, qo'l mehnatining takomillashishi va ishlab chiqarish jarayonida asbob- uskunalardan foydalanish (texnik, ijtimoiy xavf-xatarlar) va asta- sekinlik bilan tabiiy boyliklam i sanoat usulida o'zlashtirilishi 51
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni. - «Xalq so‘zi» gazetasi, 2002 yil I fevral. qo'shimcha xavf-xatarlarni: ishlab chiqarish, texnik omillarni paydo bo'lishiga olib keldi. Dastlab, insonlar turli tabiiy ofatlar va boshqa oldindan ko'rib boMmaydigan hodisalar ro'y berishini oldini olish maqsadida xudolarga sig'inishgan. Stixiyali hodisalarning ro'y berishi, bu tabiiy hoi ekanligini anglagan insonlar quldorlik davridayoq, yong'in, qurg'oqchilikdan saqlanish uchun natura shaklidagi sug'urta fondlarini tashkil etishgan. Tarixiy hujjatlarga ko'ra, notijorat sug'urtaning dastlabki shakllari, eramizdan 2000 yil oldin Vavilon podshohi Xammurapi qonunlarida, shuningdek, Fors ko'rfazi, Qadimgi Gretsiya va Misr, Qadimgi Rimdagi savdogarlarning o'zaro tuzgan bitimlarida o'z aksini topgan. Bu bitim shartlariga muvofiq, umumiy karvon safida savdo qiluvchi savdogarlardan birortasi stixiyali hodisalar yoki qaroqchilar hujumi oqibatida zarar ko'rsa, bu zararlar boshqa savdogarlar tomonidan qoplanishi belgilangan. Bu davrlarda maxsus Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling