A. V. Vahobov, T. S. Malikov
• uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq)
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
• uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq). Qisqa muddatli qarzlardan byudjet daromadlarining kelib tushishi va xarajatlarini am alga oshirishdagi qisqa m uddatli uzilishlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Odatda, bunday maqsadlar uchun veksellar chiqariladi. Italiyada g'aznachilik veksellari 3, 6, 12 oylik muddatlarda, Yaponiyada-60 kunlik, Buyuk Britaniyada-91 kunlik m uddatlarda chiqariladi. G 'aznachilik veksellari muddatlarda ikki yilgacha bo'lgan Germaniya bundan mustasnodir. Ba’zi bir mamlakatlarda nisbatan uzoq muddatlar uchun mablag'lami jalb qilishda g'aznachilik notalaridan foydalaniladi va ular veksellarga nisbatan kamroq tarqalgandir. Italiyada bunday g'aznachilik notalari 2-3 yillik qaytarilish muddati bilan, AQShda bir yildan o'n yilgacha qaytarilish muddatlarida chiqariladi. U zoq muddatlar uchun mablag'lami jalb qilish, odatda, obligatsiyalar yordamida amalga oshiriladi. 5 . Q a r z m a jb u r iy a tla r i t a ’m in la n g a n lig ig a q a ra b : • garovli; • garovsiz bo'ladi Garovli obligatsiyalar mutlaq yoki aniq mulk bilan ta’minlanadi. Xorijning rivojlangan .mamlakatlarida tez-tez mahalliy hokimiyat organlari tomonidan bunday obligatsiyalar muomalaga chiqariladi. Garovsiz obligasiyalarda aniq bir narsa ta’minlanmaydi: uning ta’m inlanish asosi bo'lib davlatning yoki m ahalliy hokim iyat oiganlarining jami mulki hisoblanadi. Markaziy boshqaruv organlari, odatda, garovsiz obligatsiyalarni muomalaga chiqarishadi. Ularning ishonchliligi juda yuqori bo'lganligi uchun ular qo'shimcha kafolatga ehtiyoj sezmaydi. 6. T o M a n a d ig a n d a r o m a d n in g x a r a k t e r i b o 'y ic h a : • yutuqli qarz majburiyatlari; • foizli qarz majburiyatlari; • nol kuponli qarz majburiyatlari. Yutuqli obligatsiyalar bo'yicha darom adlam ing to'lanishi lotareyalar asosida amalga oshiriladi. Bu obligatsiyalarga ehtiyoj kam. Chunki investorlar tasodifga tayanib emas, balki barqaror daromad olishga intiladilar. Yutuq olishni istaganlar esa lotareya c h ip ta la r i so tib o lish n i ix tiy o r eta d ila r. Bu turdagi qarz majburiyatlarining asosiysi foizli obligatsiyalar bo'lib, ular bo'yicha daromad kuponlar asosida yilda bir, ikki yoki to'rt marta to'lanadi. Investorlaming ko'pchiligi ana shunday qarz majburiyatlarini m a’qul ko'rishadi. Davlatning qisqa muddatli qarz instrumentlari kuponlarga ega emas. Ular nominalidan chegirmalash asosida sotiladi va nominal bo'yicha sotib olinadi. Ayrim uzoq muddatli qarz majburiyatlari ham kuponlarga ega bo'lmasligi mumkin. Ular bo'yicha barcha daromadlar asosiy qarzning summasi bilan qo'shib to'lanadi. Xuddi qisqa m uddatli obligatsiyalar singari ular ham n om in alidan chegirmalash orqali sotiladi va nominali bo'yicha sotib olinadi. Amaliyotda bunday obligatsiyalar nol kuponli obligatsiyalar nomini olgan. 7 . D a r o m a d la m i a n iq la s h m e to d ig a k o 'r a : • barqaror (qat’iy) daromadli qarz majburiyatlari; • «suzuvchan» daromadli qarz majburiyatlari. Ayrim hollarda qimmatli qog'ozlar bo'yicha qat’iy stavkalar foizlam i to'lash borasida davlat xarajatlari o'sishining sabablari bo'lishi, boshqa bir hollarda esa ular foiz darajasining oshishini kutib o'tirgan investorlarni qo'rqitib yuborishi mumkin. Byudjet defitsitini qoplash uchun qarzlami nisbatan yuqoriroq darajada bo'lgan foiz stavkalarida joylashtirishga to'g'ri keladi. Qarz muddati, odatda, 20-30 yilni tashkil etayotgan qarz davri davomida o'zining qarz majburiyatlari bo'yicha ana shunday foizni o'm atib, davlat soliq to'lovchilam ing zimmasiga qo'shimcha xarajatlarni yuklaydi. Amaliyotda bunday vaziyatdan chiqib ketishning ikki turi mavjud: 1) pul mablag4lariga bo‘lgan ehtiyojni qisqa yoki uzoq muddatli qarzlar va uzoq muddatli qarzlami (foiz stakasi pasayib ketgan paytda) chiqarish bilan qoplash. Biroq bu holda qarz oluvchi yana bitta qarzni chiqarish, joylashtirish va uni qaytarish (uzish) bilan b ogiiq bo'lgan qo'shim cha xarajatlarni amalga oshirishga majbur b o 'la d i. B u ndan ta sh q a ri, in v e sto r la r fo iz u s ta m a s in in g (ko'tarilishini) kutib, ikkinchi marta berilgan qarzga nisbatan qiziqish bildirmaslik ehtim oli ham yerda bor; 2) qimmatli qog'ozlar bo'yicha to'lanadigan foizlam i uzluksiz ravishda qayta ko'rib borish. Bu holda yuqorida keltirilgan barcha muamm olar hal qilinadi. H isob-kitob asosi sifatida, odatda, mamlakatdagi banklararo kreditlar bo'yicha foiz stavkasidan foydalaniladi. Biroq bunday qarzlar juda katta kamchilikka yo'l qo'yadilar, ya’ni qarzdor o'z xarajatlarini rejalashtirish imkoniyaga ega bo'lmay qoladi. - 8 . Q a r z c h iq a rilg a n p a y td a b e lg ila n g a n ( o ‘r n a tilg a n ) q a r z n i q a y ta r is h m u d d a tla r ig a q a t ’iy rio y a q ilish b o ‘y ic h a q a r z d o r n in g m a jb u riy a tla rig a m uvofiq: • m u d d atid an o ld in qaytarish huq u q iga eg a b o 'lg a n majburiyatlar; • m uddatidan o ld in qaytarish huquqiga ega b o'lm agan majburiyatlar. Moliyaviy bozorda keskin o'zgarishlar sodir b o ig a n paytda qarz majburiyatlarini muddatidan oldin qaytarish (uzish) masalasi alohida dolzarb vazifa hisoblanadi. Masalan, qarz oluvchi yillik qat’iy daromadli 12 foizli obligatsiyalar chiqargan va bir yildan so'ng foiz stavkasi pasayib, 6 foizga teng bo'lishi shart. Bunday vaziyatda qarzdor keskin yo'qotishlarga, investor esa aksincha, katta yutuqlarga ega b o ia d i. Agar obligatsiyalar muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega holda chiqarilgan bo'lsa, yangi qarzni chiqarish va ulami joylashtirish hamda eski qarzni qaytarib, investor o'z yo'qotmalarini kamaytirishi mumkin. Qarzlami qaytarishning ikki usuli mavjud: • bir vaqtning o'zida; • qismlarga bo'lib. Agar qarzlar qismlarga boiinib qaytarilayotgan bo'lsa, qaytarish muddatlari bo'yicha qarz summalarining taqsimlanishiga ko'ra quyidagi uch variant bo'lishi mumkin: 1) aniqlangan davr, masalan, 4 yil ichida teng qismlarga bo'lib qaytarish. Bu holda, masalan, qarzning summasi 10 mln. so'm bo'lsa, har yili 2,5 mln. so'mdan qaytariladi; 2) oshib boriladigan qismlarda. Masalan, birinchi yil 1 mln. so'm , ikkinchi yilda — 2 mln. so'm, uchinchi yilda — 3 mln. so'm va to'rtinchi yilda — 4 mln. so'm. Qarzdorning daromadlari yildan- yilga oshib borayotgan paytda bu tizim juda qulay usul hisoblanadi. Masalan, boshqa sharoitlar teng bo'lgan taqdirda, ishbilarmonlik faolligining oshishi natijasida soliq tushumlari o'sishi ko'zda tutiladi yoki qurilishga qarz mablag'lari jalb qilingan ob ’ekt,asta-sekinlik bilan o'z quw atiga ega bo'la borib, yildan-yilga kattaroq summada foyda keltira boshlaydi; 3) pasayib boradigan qismlarda. M asalan, birinchi yilda — 4 mln. so'm , ikkinchi yilda — 3 mln. so'm , uchinchi yilda — 2 mln. so'm va h.k. Bunday tizim qarzdorning daromadlarini pasayishi yoki xarajatlarining ortishi kutilayotgan paytda afzalliklarga ega bo'lib, ustuvor ahamiyat kasb etadi. 22.3. Davlat kreditini boshqarish Davlat kreditini boshqarishni keng va tor m a’nolarda ko'rib chiqish m um kin. K eng m a’noda davlat kreditini boshqarish deyilganda qarzdor, kreditor va garant (kafil) sifatida davlatning fa o liy a ti b ila n b o g 'liq b o 'lg a n u n in g m o liy a v iy s iy o s a ti yo'nalishlaridan birini shakllantirish tushuniladi. M oliyaviy siyosatning yo'nalishlaridan biri sifatidagi davlat kreditini boshqarish davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari qo'lidadir. Faqat ular byudjet defitsitining umumiy hajmini va uni moliyalashtirish uchun zarur bo'lgan qarzlarning hajmini, pul muomalasi, kredit, ishlab chiqarish, aholi bandligiga ta’sir qilishning asosiy yo'nalishlari va maqsadlarini hamda kichik biznes va mamlakat ayrim m intaqalarini qo'llab-quw atlash bo'yicha um um davlat dasturlarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini aniqlaydi. Davlat byudjetining doimiy yoki xronologik tarzda defitsitliligi va yuqori darajadagi davlat qarzlarining mavjudligi hozirgi sharoitda sanoati rivojlangan barcha davlatlarga xosdir. Davlatning kredit ekspansiyasi natijasida boshqa qarz oluvchilar m oliyaviy bozordan siqib chiqarilayapti, kreditga nisbatan bo‘lgan yuqori foiz stavkalari hamon saqlanib qolmoqda. Davlat qarzlariga xizmat qilish bo'yicha katta xarajatlar soliq tushumlarining katta qismini o'ziga tortayapti. Shuning uchun ham byudjet defitsiti va davlat qarzini qisqartirish sanoati rivojlangan mamlakatlar boshqaruv organlari tomonidan eng dolzarb masalalardan biri sifatida e ’tirof etilayapti. Tor ma’noda davlat kreditini boshqarish deyilganda davlatning qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat ko'rsatish va uni qaytarish (uzish), ssuda va garantiyalar taqdim etish bilan bog'liq bo'lgan harakatlar yig'indisi tushuniladi. Davlat kreditini boshqarish jarayonida quyidagi vazifalami yechish ko'zda tutiladi: • qarzdorning qarzi qiymatini minimallashtirish; • bozorni davlatning qarz majburiyatlari bilan ortiqcha to'lib ketishiga va ular kursining keskin chiqib-tushishiga yo'l qo'ymaslik; • jalb qilingan mablag'lardan samarali foydalanish va ajratilgan kreditlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; • kreditlarning o'z vaqtida qaytrilishini ta ’minlash; • m oliyaviy siyosat bilan aniqlangan vazifalami maksimal yechish. Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari, moliya va kredit institutlari amalga oshiradi. Uni tezkor boshqarish esa mamlakat hukumatining rahbarligi ostida M oliya vazirligining Markaziy bank bilan hamkorligida ta’minlanadi. 22.4. Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar Davlat tomonidan qarz faoliyatning amalga oshirilishi natijasida davlat qarzi vujudga keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ekt- lari oldida vujudga kelgan hukumatning qarziy majburiyatlariga davlat qarzi deyiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to ‘g ‘risida»gi qonunida davlat qarziga «davlat qarzi — davlat tom o nidan ichki mablag'ni va xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan 0 ‘zbekiston R espublikasi m ajburiyatlarining yig'indisi» dir deb, ta’rif berilgan. Davlatning qarzlari joylashtirilish joyiga qarab ikkiga bo'linadi: • davlatning ichki qarzlari; • davlatning tashqi qarzlari. Davlat tomonidan ichki mablag‘lami jalb qilish natijasida vujudga kelgan 0 ‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisiga davlat ichki qarzlari deyiladi. Davlat tashqi qarzlari deyilganda esa davlat tom onidan xorijdan mablag* jalb qilish natijasida vujudga kelgan 0 ‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig'indisi tushuniladi. Bu qarzlar qarziy instrumentlari, joylashtirilish shartlari, kreditorlarining tarkibi va qarzning valyutasiga nisbatan bir-biridan farq qiladi. Davlatning ichki qarzlari davlat tom onidan ichki mablag'lami jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tom onidan ichki mablag‘lam i jalb qilish aktivlami ichki manbalardan (rezident- yuridik va jism oniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida 0 ‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o ‘z kreditlarini (qarzlarini) to'lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi. Shunga o ‘xshash, davlatning tashqi qarzlari ham davlat tom onidan xorijdan mablag1 jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tom onidan xorijdan m ablag‘ jalb etish aktivlam i xorij manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O'zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o ‘z kreditlarini (qarzlarini) to ‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi. O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun mamlakatning Davlat byudjetini qabul qilayotgan paytda Davlat ichki va tashqi qarzlarining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag4 jalb qilishga hamda davlat qarzining ko'payishiga olib keladigan boshqa harakatlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tom onidan amalga oshiriladi. Amaldagi tartibga muvofiq davlat tom onidan ichki va tashqi mablag'lami (qarzlami) jalb qilish quyidagi maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin: • iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor y o ‘nalishlarini, shu jumladan, davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish; • davlat byudjetining daromadlari bilan xarajatlari o ‘rtasidagi tushumlar vaqtga ko‘ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni (farqni) to ‘g ‘rilash; • mavjud qarzlami qayta moliyalashtirish; • byudjet defitsitini moliyalashtirish; • tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag'larga bo‘lgan ehtiyojlami qoplash. Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag'larini jalb qilishda qarz majburiyatlarining bir necha turlaridan foydalanish mumkin. Ulam ing asosiylari va muhimlari tarkibiga quyidagilar kiradi: • qisqa muddatli (bir yilgacha bo'lgan davrga chiqariladigan), o'rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo'lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qog'ozlari; • kreditlar (qisqa, o'rta va uzoq muddatli); • O'zbekiston Respublikasining kafolatlari; • byudjet daromadlari va xarajatlari o rtasidagi vaqtinchalik farqni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar; • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar. Xorijiy investorlar tomonidan bir qismi sotib olinishi mumkin bo'lishiga qaramasdan shu davlatning rezidentlari hisoblangan yuridik va jism oniy shaxslar davlat ichki qarzlari bo'yicha asosiy kreditorlar hisoblanadi. Bu qarzlar, odatda, m illiy valyutada m uom alaga chiqariladi. Ichki qarz mablag'larini jalb qilish uchun milliy fond bozorida talabga ega bo'lgan qimmatli qog'ozlar emitatsiya qilinadi. Investorlarni qo'shim cha rag'batlantirish uchun esa turli soliq imtiyozlaridan foydalaniladi. Davlatning tashqi qarzlari boshqa mamlakatlaming valyutasida xorijiy fond bozorlarida joylashtiriladi. Bunday qarzlami joylashti- М Ф у а rishda joylashtirilishi lozim boMgan mamlakat investorlarining o ‘ziga xos bo'lgan manfaatlari hisobga olinadi. Amaliyotda qarziy mablag'lami jalb qilish, asosan, ikki yo'l bilan amalga oshiriladi: • qarziy qimmatli qog'ozlarni joylashtirish; • ixtisoslashtirilgan moliya-kredit institutlaridan kreditlar olish. Qarziy qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqarish va ularni joylashtirish tartibi har bir mamlakatning tegishli qonuni orqali tartibga solib turiladi. Ana shu qonunga muvofiq faqat mamlakat hukumatining nom idan chiqarilgan qim m atli qog'ozlar davlat qimmatli qog'ozlari deb e ’tirof etiladi. Davlat qimmatli qog'ozlari bilan operatsiyalar fond bozorining tarkibiga kiruvchi davlat qimmatli qog'ozlar bozorida amalga oshiriladi. Bu bozor quyidagi vazifalami bajarishga imkon beradi: • byudjet defitsitini moliyalashtirish maqsadida yuridik va jism oniy shaxslaming vaqtincha bo'sh turgan mablag'larini qarzga olish; • Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati o'tkazishni ta’minlash; • tijorat banklari va moliyaviy institutlarning likvidligini tartibga solishni amalga oshirish. Qimmatli qog'ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va m am lakatnin g ich k i qarzini tashkil etu v ch i h u k u m a tn in g majburiyatlari shu mamlakatning milliy valyutasida ifodalanishi va shu valyutada to'lanishi kerak. Shunga o'xshash, qimmatli qog'ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning tashqi qarzini tashkil etuvchi hukum atning majburiyatlari xorijiy valyutada ifodalanishi va shu valyutada to'lanm og'i lozim . Har bir mamlakatda davlat tomonidan qarziy mablag'lami jalb qilishning yagona hisobga olish va qayd etish tizimi mavjud. Buning uchun Moliya vazirligi hukumatning davlat ichki va tashqi qarzlari kitobini yurgizadi. 22.5. Davlat - garant (kafil) va kreditor sifatida Garant (kafillik) huquqiy majburiyatlarni ta’minlash usuli b o ‘lib, unga m uvofiq kafolat beruvchi kafolat berilgan to m o n n in g (shaxsning) majburiyatlarini to'liq yoki qisman uchinchi tom on (shaxs) oldida ijro etilishiga (bajarilishiga) javob berishi uchun majburiyatni yozm a ravishda o ‘z zimmasiga oladi. Kafolatlar, odatda, tanlov asosida taqdim etilishi kerak. Davlat tom onidan milliy va xorijiy valyutada berilayotgan kafolatlar (kafilliklar) o ‘zining yuqori chegarasiga ega bo‘lm og‘i lozim . M amlakatning m illiy valyutasida ifodalangan kafolatlami ng umumiy summasi davlatning ichki qarzlari tarkibiga, uning xorijiy valyutada ifodalangan summasi esa davlatning tashqi qarzlari tarkibiga kiritiladi. Kafolatlar taqdim e tila y o tg a n paytda, albatta, uni o lu v ch ila rn in g (unga ega bo'layotganlarning) moliyaviy ahvoli tekshirilmog‘i kerak. A n ’anaviy ravishda davlat a h o lin in g «Xalq banki»dagi omonatlarini kafolatlaydi. Keyingi yillarda bozor munosabatlarining rivojlanishiga muvofiq ravishda davlat turli yuridik shaxslaming qarziy majburiyatlari bo'yicha ham kafolatlovchi (kafillik beruvchi) sifatida maydonga chiqmoqda. Mamlakatda moliyaviy intizomni mustahkamlash va kafolatlar Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling