A. V. Vahobov, T. S. Malikov


«O'zavtoyo'1» davlat aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/75
Sana13.11.2017
Hajmi5.09 Mb.
#20049
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75

«O'zavtoyo'1» davlat aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish 

masalalari  to ‘g ‘risida»gi  361-sonli  Qarori  e ’lon  qilindi.  Mazkur 

qaroming  5-ilovasiga  muvofiq,  Respublika  yo‘1  jamg'armasi 

faoliyatini  m uvofiqlashtiruvchi  yo'riqnom a  ishlab  chiqildi. 

Yo'riqnomada  Respublika yo'l jamg'armasining umumiy qoidalari, 

maqsadi, asosiy vazifalari va funksiyalari, jamg‘armaning huquq va 

majburiyatlari, jamg'armani  boshqaruv kengashi  haqida va  ijrochi 

organi faoliyatini  tashkil  etish  bo‘yicha  ko'rsatmalar aks etgan.

Jam g'arm an i  boshqaruv  k en g a sh i  R espublika  y o 'l 

jamg'armasining  oliy  organi  hisoblanadi.  Jamg'armani  boshqaruv 

kengashi tarkibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori 

bilan  tasdiqlanadi.  Boshqaruv  kengashining  asosiy  vazifalariga 

quyidagilar kiradi:

—jamg'arma faoliyatining asosiy yo'nalishlarini belgilash; 

—jamg'armaning  ijrochi  direksiyasi  va  «O'zavtoyo'1»  DAK 

mablag'lami  qanday  sarf etish  bo'yicha  takliflarini  ko'rib  chiqib, 

zarurat tug'ilgan sharoitda o'zgartish  va qo'shimchalar kiritish;

—ijrochi  direksiyaning  qilgan  ishlari  bo'yicha  hisobotlarini 

tinglash;

— 

D avlat  soliq  qo'm itasi  va  jam g'arm a  darom adlarini 

shakllantirishda  ishtirok etadigan  boshqa  idora va  qo'mitalaming 

moliyaviy  resurslami  o'z  vaqtida  va  to'liqligicha  ta ’minlab 

berayotganligi bo'yicha hisobotlarini tinglash;

—O 'z b e k isto n   R espu b likasi  V azirlar  M ah k am asiga 

jamg'armaning daromadlarini shakllantirish va xarajatlarini samarali 

tashkil etish  bo'yicha takliflar kiritish;

—Respublika  Yo'l  jamg'armasining  moliyaviy  resurslaridan 

maqsadli foydalanayotganligi  ustidan  nazorat qilish  va  boshqalar.

Respublika  Yo'l  jamg'armasida  shakllanadigan  moliyaviy 

resurslami  shakllantirish,  taqsimlash  va  maqsadli  foydalanishini 

bevosita  muvofiqlashtirib  turuvchi  tezkor  organ  uning  ijrochi 

direksiyasidir.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika 

Yo'l jamg'armasi oldiga qo'yilgan maqsad va maqsadga to'liq erishish 

uchun rejalashtirilgan vazifalami o'z vaqtida va to'liq amalga oshirish 

uchun daromadlami to'liq shakllantirish hamda xarajatlarni samarali 

tashkil  etish  davr talabidir.

20.4. Bandlikni qo'llab-quvvatlash Davlat jamg'armasi



Bozor iqtisodiyoti asosida milliy iqtisodiyotini tashkil etayotgan 

barcha  mamlakatlarda bandlik  (ishsizlikni  oldini  olish)ni  qo'llab- 

quvvatlash  davlat  jamg'armalari  tashkil  etiladi.  Jamg'armaning 

hajmi,  moliyalashtirish  manbalari  va  xarajat  yo'nalishlari  har  bir 

alohida  davlatning  olib  borayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  siyosatidan 

kelib  chiqadi.  Byudjetdan  tashqari  bandlikni  qo'llab-quvvatlash 

jamg'armasi  maqsadli  yo’nalishga  ega  bo'lib,  davlat  tasarrufi  va 

uning joylardagi vakolatini olgan organlarda tashkil  etiladi.

«O'zbekiston  Respublikasida  Bandlikni  qo'llab-quvvatlash 

davlat  jamg'armasini  tashkil  etish  to'g'risida»gi  O'zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  606-sonli  Qarori  1992  yil 

31  dekabrda qabul qilindi.  Ushbu Qaror jamg'arma daromadlarini 

shakllantirish, taqsimlash va foydalanishini muvofiqlashtirib turuvchi 

m e’yoriy  hujjat  bo'lib  hisoblandi.  Davr  o'tishi  bilan  va  bozor 

iqtisodiyoti prinsiplari va qonunlari milliy iqtisodiyotga bosqichma-

bosqich  joriy  etishi  jadallashishi  bilan  birga,  bandlikni  qo'llab- 

quvvatlash davlat jamg'armasiga ham mos ravishda ijobiy o'zgarishlar 

hamda qo'shimchalar kiritilib borildi.

1998  yil  1  may  kuni  O'zbekiston  Respublikasining  «Aholi 

bandligi to'g'risida»gi qonuni qabul qilindi.  Mazkur qonunni qabul 

qilinishi  va  hayotga  tatbiq  etilishi  Bandlikni  qo'llab-quvvatlash 

jamg'armasining  mavqyeini  yanada  kuchaytirishga  turtki  bo'ldi. 

Chunki  qonunning  6—moddasida  mehnat  qilish  huquqi  kafolati 

deb nomlanishining o'ziyoq jamg'armani yanada takomillashtirishga, 

resurslarini  maqsadli ishlatilishiga zamin yaratdi.

2003  yil  2  aprelda  O 'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  «O'zbekiston  Respublikasi  Bandlikni  qo'llab- 

quvvatlash  davlat  jamg'armasi  mablag'larini  shakllantirish  va 

foydalanish tartibi to'g'risida»gi Nizomni tasdiqlash bo'yicha  173- 

sonli  Qarori e ’lon  qilindi.  Mazkur Qaror bevosita  «Aholi bandligi 

to'g'risida» va «Byudjet tizimi to'g'risida»gi qonunlar negizida ishlab 

chiqildi.

Bandlikni  qo'llab-quvvatlash  davlat jamg'armasi  O'zbekiston 

Respublikasi  Mehnat va  aholini  ijtimoiy  muhofaza qilish  vazirligi 

tasarrufida bo'lib,  uning daromadlari quyidagi  manbalardan tashkil 

topadi:

—  k orxon a,  m u assasa  va  ta sh k ilo tla r  m eh n at  haqi 

jamg'armasidan  majburiy  ajratmalar.  Majburiy  ajratma  hajmi 

(o'lchami) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 

o'matiladi;

— Respublika va mahalliy byudjetlar mablag'laridan dotatsiya;

— m e’yoriy tartib-qoidalarni  buzganlarga o'rnatiladigan jarima 

va penyalar (majburiy ajratmalarni o'z vaqtida va to'liq to'Iamaganlar 

nazarda tutilmoqda);

—  yangi  ish  o'rinlarini  tashkil  etish  uchun  tijorat  banklari 

tomonidan  kichik  biznes  sub’ektlarini  kreditlashtirish  maqsadida 

ochilgan kredit liniyalari bo'yicha olilgan  foizli  daromadlar;

— yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek,  xorijiy davlatlardan 

ixtiyoriy ravishdagi badallar;

—  m e’yoriy  hujjatlarda  taqiqlanmagan  boshqa  moliyaviy 

manbalar.

Jamg‘armada shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan quyidagi 

chora-tadbirlar moliyalashtiriladi:

— mehnat biijasida ro'yxatga olingan ishsizlar yoki ish o'rinlarini 

izlayotgan shaxslami qayta tayyorlash,  malakasini oshirish va qayta 

ixtisoslashtirish tadbirlarini moliyalashtirish;

— ishsizlik bo'yicha to'lanadigan nafaqalar;

—  mehnat  bo'limining  taklifiga  muvofiq,  fuqaroni  boshqa 

hududga  ishga  o'tg a n lig i  m unosabati  bilan  to 'la n a d ig an  

kompe nsatsiyalar;

— qonunga muvofiq,  ishsizlarga beriladigan  moddiy yordam;

— ishsizlarga muddatidan oldin pensiya tayinlangani munosabati 

bilan pensiya jamg'armasi xarajatlarini qoplash;

— alohida hududlarda ishsizlikni oldini olish chora-tadbirlariga 

bag'ishlangan sotsiologik so'rovlar bo'yicha xarajatlar;

—  mehnat  bo'limlarining  binolarni  qurish,  rekonstruksiya 

ta’mirlash  qilish va saqlash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar;

—  reklama,  nashriyot  va  informatsion  so'rov ishlarini  amalga 

oshirish xarajatlari;

—  aholi  bandligi  bilan  bog'liq  muammolar  bo'yicha  xalqaro 

hamkorlik xarajatlarini  moliyalashtirish;

— fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari,kichik biznes sub’ekt­

lari  va  xo'jalik  sub’ektlariga  qisqa  va  o'rta  muddatli  kreditlarni 

taqdim etish bo'yicha xarajatlar;

—  qonunchilikda  nazarda  tutilgan  boshqa 

x a i a j a l l a m i  

moliyalashtirish.

O'zbekiston Respublikasi  Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 

qilish  vazirligi  va  uning  tasarrufida  bo'lgan  Qoraqalpog'iston 

Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri  bo'linmalari  hamda 

ularning tumanlardagi  mehnat bo'limlari jamg'armaning moliyaviy 

resurslarini  to'liq  shakllanishi  va  maqsadli  foydalanishi  uchun 

javobgardirlar.

Ish  beruvchilar  tom onidan  majburiy  ajratmalarni  to'liq 

jamg'arma  daromadiga  o'tishini  nazorat  qilish  O'zbekiston 

Respublikasi  Mehnat va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi 

va  uning  tasarrufida  bo'lgan  bo'linmalari  hamda  O'zbekiston 

Respublikasi  Davlat soliq qo'mitasiga yuklatilgan.

Bandlikni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi mablag'laridan 

foydalanishni  nazorat  qilish  O'zbekiston  Respublikasi  M ehnat va 

aholini  ijtim oiy  m uhofaza  qilish  vazirligi  hamda  O 'zbekiston 

Respublikasi  M oliya  vazirligiga  topshirilgan.  Zarurat  tug'ilganda, 

mustaqil  auditorlar  yoki  auditor  firmalami  jalb  etib,  moliyaviy 

resurslardan qonunga mos ravishda foydalanlayotganligini tekshirish 

mumkin.

20.5.  Maktab  ta’limi jam g'armasi

Dunyo iqtisodiy tajribalaridan  ma’lumki,  davlatning byudjetdan 

tashqari  jamg'armalari  bir  qator  xususiyatiari  bilan  bir-biridan, 

jumladan,  hududiy bo'ysunishiga qarab,  maqsadidan,  muayyan bir 

soha  yoki  tarmoqqa  xizmat  ko'rsatish  va  nihoyat,  doim iy  yoxud 

vaqtinchalik  xususiyatga  ega  ekanligi  bilan  farqlanib  turadi.  Ana 

shu  turkumlanishlarning  so'nggisidan  kelib  chiqib,  O'zbekiston 

Respublikasida vaqtinchalik  xususiyatga  ega  bo'lgan jamg'armaga 

asos  solindi.  Xususan,  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

« 2 0 0 4 -2 00 9  yillard a  M aktab  ta ’lim in i  rivojlantirish  D avlat 

um um milliy  dasturi  to'g'risida»gi  2004  yil  21  mayda  PF-3431- 

so n li  F arm o n i  bilan  byudjetdan  tashqari  «M aktab  t a ’lim i 

jamg'armasi»  tashkil  etildi.  Maktab  ta’limi  jamg'armasi  yuridik 

maqomiga muvofiq,  o'z faoliyatini  O'zbekiston  Respublikasi Moliya 

vazirligi  huzurida yuritadi.

Qayd  e tilg a n   jam g'arm aning  asosiy  m a q sa d i-m o liy a v iy  

mablag'laming jamlanishini ta’minlash,  maktablarni tiklash,  ulami 

zam on aviy  o'quv-laboratoriya  asbob-uskun alari,  kom pyuter 

texnikasi,  maktab  partalari va mebel lar bilan jihozlash  ishlarini o'z 

vaqtida ta’minlash hisoblanadi.

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmonini  ijro etish 

va hayotga  izchil tatbiq etish  maqsadida  2004 yil  7 iyunda Vazirlar 

Mahkamasining byudjetdan tashqari  «Maktab ta’limi jamg'armasini 

tashkil  etish  chora-tadbirlari  to'g'risida»gi  263-sonli  Qarori  e ’lon 

qilindi.  Ushbu  Qarorda  Maktab  ta’limi  jamg'armasining  asosiy 

vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

—  byudjet  hamda  yuridik  va jism oniy  shaxslaming  homiylik 

mablag'larini,  xorijiy  kreditlar  va  grantlami  2004-2009  yillarda 

Maktab ta’limini  rivojlantirish  Davlat umummilliy dasturini ro'yobga 

chiqarishda  maqsadli  foydalanish  uchun jamlash;

—  Maktab  ta’limini  rivojlantirish  dasturida  nazarda  tutilgan, 

buzib  tashlanadigan  maktablar  o'rniga  yangi  maktablar  qurish, 

maktablarni  mukammal rekonstruksiya qilish,  mukammal  va joriy 

ta’mirlash,  ularni o'quv-laboratoriya asbob-uskunalari,  kompyuter 

texnikasi,  maktab  partalari  va  mebellar,  sport  anjomlari  bilan 

jihozlash hajmlarini  moliyalashtirish;

—  jamg'arma  mablag'laridan  Maktab  ta’limini  rivojlantirish 

dasturini  amalga  oshirish  uchun  qat’iy  maqsadli  foydalanilishi 

ustidan m onitoring olib borilishini ta’minlash.

Maktab  ta’limi  jamg'armasi  mablag'larini  shakllantirishning 

asosiy moliyaviy  manbalari  quyidagilar  hisobidan  vujudga  keladi:

—  davlat  byudjetida  alohida  satrda  nazarda  tutilgan  byudjet 

mablag'lari;

—  m ahalliy  byudjetlarning  soliqlar  va  yig'im lar  bo'yicha 

prognozdan ortiqcha tushumlarini jalb etishdan olingan  mablag'lari;

—  xalqaro  moliya  tashkilotlari  va  institutlarining  grantlari  va 

kreditlari;

—  O'zbekiston  Respublikasining  rezident  va  norezidentlari 

bo'lgan  yuridik va jism oniy shaxslaming  homiylik yordami;

— Jamg'armaning vaqtincha bo'sh  mablag'larini joylashtirishdan 

olinadigan daromadlar;

—  qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa  tushumlar.

Maktab  ta’limi  jamg'armasi  mablag'larini  sarflash  quyidagi

yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi:

—  namunaviy  loyihalardan  foydalangan  holda  loyiha  smeta 

hujjatlari  mavjud  bo'lgan  sharoitda  aynan  tasdiqlangan  manzilli 

ro'yxatlarga binoan,  buziladigan maktablar o'rniga yangi  maktablar 

barpo  etishni,  maktablarni  rekonstruksiya  qilish  va  ta’mirlash 

ishlarini moliyalashtirish;

—  maktab  muassasalarini  davr  talabiga  mos  keladigan  o'quv- 

laboratoriya  asbob-uskunalari  va  kom pyuter  texnikasi  ham da 

texnologiyalari bilan jihozlash;



  maktab  mebellari  va  o'quv partalarini  xarid  qilish;

—  ta’lim  muassasalarini  sport  anjomlari  va  jism oniy  tarbiya 

qurollari  bilan  ta’minlash  va  boshqa  zaruriy  joriy  xarajatlarni 

moliyalashtirish.

Byudjetdan  tashqari  Maktab  ta’limi  jamg'armasi  moliyaviy 

mablag'larini  umumiy  boshqarish  uchun  kengash  tashkil  etiladi. 

O 'zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  Kengash  raisi  etib 

belgilanadi. Kengash raisi o'rinbosarlari etib O'zbekiston Respublikasi 

M oliya  vaziri  hamda  O'zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vaziri 

tayinlanadi,  shuningdek,  kengash  10  a ’zodan  tarkib  topadi.

Maktab ta’limi jamg'armasini  boshqarish  Kengashining asosiy 

vazifalari quyidagilardan  iborat:

— xorijiy investitsiyalar, grantlar va hom iylik mablag'larini jalb 

etishda Jamg'armaga ko'maklashish;

— Jamg'arma oldiga qo'yilgan vazifalami hal  etishga manfaatdor 

davlat tashkilotlarini,  nodavlat tashkilotlami va jamoat tashkilotlarini- 

jalb etish;

—  Jam g'arm a  d arom ad lari  va  x arajatlarin in g  p rog n o z  

parametrlarini tasdiqlash;

—  ijro  etuvchi  direksiyaning  faoliyati,  ayniqsa,  daromadlar 

manbalarini shakllantirish, o'z vaqtida moliyalashtirish va Jamg'arma 

mablag'laridan maqsadli yo'lda foydalanishga doir faoliyati ustidan 

nazoratni  amalga oshirish  va  h.k.

Byudjetdan  tashqari  Maktab  ta ’limi  jamg'armasi  moliyaviy 

resurslarini  tezkor  suratda  boshqarish  Ijro  etuvchi  direksiya 

tom onidan amalga oshiriladi.

Maktab ta’limi jamg'armasini  Ijro etuvchi direksiyasining asosiy 

vazifalari quyidagilar etib belgilangan:

—  Jamg'arma  daromadlari  va  xarajatlari  prognozini  va  uning 

bajarilishi to'g'risidagi hisobotni tayyorlash;

— moliya organlari, xalq ta’limi organlarining, shuningdek boshqa 

tashkilotlaming  Maktab  ta’limini  rivojlantirish  dasturini  amalga 

oshirishga yo'naltirilgan  (birgalikdagi) faoliyatini  muvofiqlashtirish;

—  Dasturda har yili asosiy bo'limlar bo'yicha nazarda tutilgan 

tadbirlarga  Jamg'arma  mablag'laridan  foydalanish  yo'nalishlarini 

daromadlar manbalari bilan  bog'liq holda belgilash;

— 

Jamg‘arma  mablag'laridan  qat’iy  maqsadli  (yo'nalishlar 

bo'yicha) va samarali  foydalanilishini  ta’minlash va boshqalar.

Maktab ta’limi jamg'armasi hisobidan O'zbekiston Respublikasi 

bo'yicha  2004-2009  yillarda  buzib  tashlanadigan  um um ta’lim  

m aktablari  o'rn iga  yangi  m aktablar  qurish,  ularni  kapital 

rekonstruksiya  qilish,  kapital  va  joriy  ta’mirlash  ishlari  amalga 

oshiriladi. Jumladan, 2888 311 ta o'quvchilar o'rniga rejalashtirilgan 

8476 ta maktab davr talabiga m os ravishda o'quvchi va o'qituvchilar 

ixtiyoriga  topshiriladi.  Bu,  o'z  vaqtida,  Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturini  tayorlashga,  shuningdek,  yosh  avlodga  uzluksiz  ta’lim 

berish  va  uni  davr  talabiga  m os  ravishda  tarbiyalash  jarayonini 

tezlashtirishga yaqindan yordam beradi.

Bahs-munozara va nazorat uchun savollar

•  Davlatning  byudjetdan  tashqari jamg'armalari  deb  nimaga 

aytiladi?

•  D avlatning  byudjetdan  tashqari  jam g'arm alari  qanday 

xususiyatlarga ega?

•  Davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg'armalarini  tashkil 

etishning  ob ’ektiv  zarurligi  va  shart-sharoitlari  nim alar  bilan 

belgilanadi?

•Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini tashkil  etishga 

qanday omillar ta’sir etadi va ularning asobiylaii  nimalai  hisoblanadi0

•Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini  tashkil  etish 

tartibi qanday va ularni shakllantirish metodlari  nimalardan iborat?

•Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarining moliyaviy 

munosabatlari qanday ko'rinishlarda bo'lishi  mumkin?

• D avlatning  byudjetdan  tashqari  jam g'arm alari  qanday 

vazifalami  bajaradi va ularning  asosiylari  nimalardan  iborat?

•  Davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg'armalarining  qanday 

moliyaviy  manbalari  mavjud  va  ularni  qanday guruhlarga  ajratish 

mumkin?

•  Davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg'armalari  o'zlarining 

iqtisodiy  m azm uni  va  tashkil  etish  zaruratiga  ko'ra  qanday 

guruhlardan tashkil topadi?

•  Ijtimoiy  xususiyatga  ko‘ra  davlatning  byudjetdan  tashqari 

jamg'armalari  tarkibiga qanday jamg'armalar kiradi?

•  Iqtisodiy  xususiyatiga  ko'ra  davlatning  byudjetdan  tashqari 

jamg'armalari  tarkibi  qanday jamg'armalardan  iborat?

•  Hozirgi  kunda O'zbekiston  Respublikasi  milliy iqtisodiyotida 

qaysi byudjetdan tashqari jamg'armalari mavjud va ularning asosiylari 

nimalardan iborat?

•  Byudjetdan  tashqari  Pensiya jamg'armasining bosh  maqsadi 

nimadan iborat?

•  Davlat  pensiyalarining  qanday ko'rinishlari  mavjud?

•  Byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg'armasi  daromadlarining 

shakllanish tartibi  qanday va  manbalari  nimalardan  iborat?

•  Byudjetdan tashqari  Pensiya jamg'armasidan pensiya,  nafaqa 

va to'lov xarajatlarini  moliyalashtirish  tartibi qanday?

• Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi xarajatlarining asosiy 

ko'rsatkichlari tarkibiga  nimalar kiradi?

•  Byudjetdan  tashqari  Yo!l  jamg'armasining  oldiga  qo'yilgan 

maqsad va vazifalar  nimalardan  iborat?

• Yo'l jamg'armasi  Boshqaruv kengashining  asosiy vazifalariga 

nimalar kiradi?

•  R espublika  Y o'l  ja m g 'a rm a siga   majburiy  ajratm a  va 

yig'imlarning tarkibi  nimalardan  tashkil  topadi?

•  Byudjetdan tashqari Yo'l jamg'armasi daromadlariga nimalar 

kiradi?

•  Byudjetdan tashqari Yo'l jamg'armasi  xarajatlari nimalardan 

tashkil  topadi?

•  Bandlikni qo'llab-quvvatlash  Davlat jamg'armasining oldiga 

qanday maqsadlar qo'yilgan?

• Uning daromadlari qanday manbalar hisobidan tashkil topadi?

•  Jamg'armada  shakllangan  m oliyaviy  resurslar  hisobidan 

qanday chora-tadbirlar  moliyalashtiriladi?

•  Jamg'arma  moliyaviy  resurslarining  to'liq  shakllanishi  va 

maqsadli  foydalanishi  uchun qaysi  organlar javobgar hisoblanadi?

•  Ish  beruvchilar  tom onidan  majburiy  ajratmalarni  to'liq 

jamg'arma daromadiga o'tishini nazorat qilish  kimlarning zimmasiga 

yuklatilgan?

•  Jamg'armaning asosiy maqsadi  nimalardan  iborat?

•  uning  asosiy vazifalari  qilib  nimalar belgilangan?

•  Jam g'arm a  m ablag'larini  shakllantirish  qanday  asosiy 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling