A. V. Vahobov, T. S. Malikov
• Soliq stavkasi nima va uning qanday ko'rinishlari boMishi
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
• Soliq stavkasi nima va uning qanday ko'rinishlari boMishi mumkin? • Soliq imtiyozlari deyilganda nimalar tushuniladi? • Soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) nima? • Soliq okladi deyilganda nima nazarda tutiladi? • Soliq tizimi deb nimaga aytiladi? • Soliq mexanizmining ta’rifini aytib bering. • Unitar davlatlarda soliq tizimi o ‘z ichiga qanday soliqlami oladi? • Federativ davlatlarda soliq tizimi necha bo‘g‘indan tarkib topadi? • Byudjetga tushumlarning katta qismini ta’minlaydigan qanday asosiy soliqlar Davlat byudjetiga biriktiriladi? • Zamonaviy soliq tizimi nimalarga qaratilgan bo'lishi kerak? • O'zbekiston Respublikasining soliq tizimi qanday belgilar bilan xarakterlanadi? • Soliqqa tortish jarayonlari bilan tartibga solinadigan soliq tizimining asosiy prinsiplari nimalardan iborat? • Sizningcha, hoziigi sharoitda soliq tizimida qanday nuqsonlar bo'lishi mumkin? • Soliq islohotlarini amalga oshirish bo'yicha davlat siyosatining asosiy yo'nalishlar; umumiy ko'rinishda nimalardan iborat bo'lishi mumkin? • Mamlakatning soliq tizimi qanday belgilar va omillarga muvofiq klassifikatsiya qilinadi? • Soliqqa tortishning ob’ekti hamda soliq to'lovchi va davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga bog'liq ravishda soliqlar qanday guruhlarga bo'linadi? • Nega soliqlaming bir guruhi to'g'ri (bevosita) va ikkinchi guruhi esa egri (bilvosita) soliqlar deb yuritiladi? • Qanday soliqlar to'g'ri (bevosita) soliqlaming tarkibiga kiradi? • Egri (bilvosita) soliqlaming tarkibi nimalardan iborat? • Foydalanilishi bo'yicha soliqlar qanday soliqlardan iborat bo'lishi mumkin? • Olinishi va tegishliligi qaysi organga bog'liqligiga qarab, soliqlar qanday soliqlarga farqlanadi? • Umumdavlat soliqlari deb nimaga aytiladi va ularning tarkibiga qanday soliqlar kiradi? • Qo'shilgan qiymat solig'i deganda nima tushuniladi? • Boshqa soliqlarga nisbatan qo'shilgan qiymat solig'i qanday afzalliklarga ega? • Kimlar qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchilar hisoblanadi? • Qo'shilgan qiymat solig'i orqali soliqqa tortishda qanday soliq imtiyozlari ko'zda tutiladi? • Odatda, qo'shilgan qiymat solig'ini to'lashning qanday muddatlari belgilanishi mumkin? • Aksiz solig'i nima va qanday mahsulotlarga aksiz solig'i solinadi? • Korxona va tashkilotlaming daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqning ahamiyati nimadan iborat va kimlar uning to'lovchilari hisoblanadi? • Korxona va tashkilotlaming daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq uchun soliqqa tortish ob’ekti bo'lib nima xizmat qiladi va uning tarkibi qanday elementlardan tashkil topgan? • Korxonalarga tegishli bo'lgan daromad (foyda)ni soliqqa tortishda qanday soliq imtiyozlari beriladi va soliqni hisoblashda soliqqa tortiladigan baza qanday summalarga kamaytiriladi? • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i qanday o'matilgan progressiv stavkalarda undiriladi va bu soliq yordamida soliqqa tortishning qanday ikki tizimi mavjud? • Kimlar bu soliqning to'lovchilari hisoblanadi va u qanday shakllarda to'lanishi mumkin? • Mahalliy soliqlar va yig'imlar deb nimaga aytiladi va ularning tarkibi nimalardan iborat? • Davlat hokimiyati organlari va mahalliy o ‘z-o ‘zini boshqarish organlari vakolatiga, o'zlarining fiskal ahamiyatiga va amal qilish davriga qarab mahalliy soliq va yig'imlar qanday ikki guruhga bo'linadi va ularning har biri tarkibiga nimalar kiradi? 17-B O B . BYUDJET XARAJATLARI 17.1. Byudjet xarajatlari: mazmun-mohiyati, tarkibi, tuzilmasi va klassifikatsiyasi Davlatning o'z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bogMiq ravishda vujudga kelgan chiqimlar byudjet xarajatlari deyiladi. Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablagMaridan turli yo' nalishlar bo'yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlami ifodalaydi. Byudjet xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya boMgan byud jetning ko'rinishlaridan biri bo'lib, unga tegishli boMgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bogMangan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda byudjet xarajatlari bir butunning o ‘ziga xos qismi boMganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablagMaridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bogMiqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy buyumlashgan shakli turli sohalarga yo'naltirilayotgan byudjet mablagMarining harakatidan iboratdir. Byudjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli-tuman ko'rinishlari (turiari) orqali namoyon boMadi. Xarajatlarning har bir turi o'zining miqdoriy va sifat tavsifiga ega. Ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, byudjet xarajatlarining mo'ljallanganligini, miqdoriy xarakteristika esa ularning o'lchamini (miqdorini, hajmini) aniqlashga imkon beradi. Byudjet xarajatlari chiqimlarning konkret turiari orqali namoyon boMadi. Byudjet xarajatlarining konkret turlarining xilma-xilligi esa, o'z navbatida, quyidagi omillaming mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot darajasi; byudjetning milliy iqtisodiyot bilan bog'langanligi; iqtisodiy munosabatlaming rivojlanganlik darajasi; byudjet mablagMarining namoyon boMish shakllari va h.k. Bu omillaming qo'shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida har qanday davlat JJyudjet xarajatlarining u yoki bu tizimini vujudga keltiradi. Jamiyatning iqtisodiy hayotida lj>yudjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni m a’lum belgilarga ko'ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda byudjet xarajatlarini klassifikatsiya qilishning bir necha belgilari mavjud. Ular o'zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turiari yoki idoraviy bo'linishi, ijtimoiy mo'ljallanganligi bo'yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va yuridik nuqtai nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko'ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin. Iqtisodiy mazmuniga ko'ra byudjet xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo'linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ulaming qanday ta’sir ko'rsatishimumkinligini ifodalaydi. Byudjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo'naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga: a)tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo'ljallangan xarajatlar; b)yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun byudjet kreditlari sifatida beriladigan mablag'lar; v)kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlar; g)amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo'lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar; d)byudjet xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq byudjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi. Byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin. Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo'naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida ko'rsatiladigan, davlat tomonidan qoMlab-quvvatlash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar va byudjet xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq, kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar byudjetning joriy xarajatlari deyiladi. Aniqroq qilib aytganda byudjetning joriy xarajatlari tarkibi quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: • davlat iste’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, milliy xo'jalikning davlat tarmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy xarakterdagi tovariar va xizmatlami sotib olish, davlat muassasa larining joriy xarajatlari); • hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy subsidiyalar; • transfert toMovlari; • davlat qarzlari bo'yicha foizlami to'lash; • boshqa xarajatlar. Bu xarajatlar oddiy byudjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar byudjetida aks etgan chiqimlarga mos keladi. Takror ishlab chiqarishdagi roliga qarab byudjet xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo'jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlariga bo'linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo'lgan korxonalaming ustav kapitalini shakllantirish, ulami yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajadari kiradi. Byudjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo'lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog'liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining individual ehtiyoj larini, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondi rishga mo'ljallangan. Bu yerda byudjet xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni to'liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa qisman (nomarkazlashtirilgan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, byudjet mablag'larining katta qismi shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sogMiqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi o'rtasidagi farqlarni qoplash, ko'p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo'l gan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi. Funksional nuqtai nazardan byudjet xarajatlarining klassifika tsiya qilinishi pul mablag'larini ijtimoiy faoliyat sohalariga yo'naltiril- ganligini aks ettiradi. Bunda byudjet xarajatlari quyidagi yirik guruh larga bo'linishi mumkin: • davlat boshqaruvi va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish; • sud hokimiyati; • xalqaro faoliyat; • milliy mudofaa; • huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash; • fundamental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraqqiyotini • ta’minlash; • sanoat, energetika va qurilish; • qishloq xo'jaligi va baliqchilik; • atrof-m u h itn i va tabiiy resurslam i m uhofaza qilish, gidrometeorologiya, xaritashunoslik va geodeziya; • transport, yo'l xo'jaligi, aloqa va informatika; • uy-joy kommunal xo'jaligi; • maorif; • sog'liqni saqlash va jismoniy tarbiya; • madaniyat, san’at va kinematografiya; • ommaviy axborot vositalari; • davlat qarziga xizmat qilish; • boshqa darajadagi byudjetlarga moliyaviy yordam; • maqsadli byudjet fondlari; • davlat zaxiralari va rezervlarini to'klirish; • ijtimoiy siyosat; • boshqa xarajatlar. Byudjet xarajatlarining yuqoridagi tartibda klassifikatsiya qilinishi davlatning ijtimoiy hayotning turli jabhalaridagi rolini ko'rsatadi. Byudjet xarajatlarining tarmoq belgisi bo'yicha guruhlarga ajratishning asosi qilib milliy iqtisodiyot (xo'jalik)ning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo'linishi qabul qilingan. Shunga ko'ra, byudjet xarajatlari sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga bo'linishi mumkin. Byudjet xarajatlari milliy iqtisodiyot (xo'jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shald lantirishda mustahkam moliyaviy asos yaratish bilan birgalikda xarajatlarning tarmoqlararo bo'linishi moliyaviy resurslami taqsimlashdagi nisbatlarni aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo'jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo'nalishda o'zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi byudjet mablag'larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo'llab- quwatlashga yo'naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning o'zida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarining (mashinasozlik, qishloq xo'jaligi, elektroenergetika va boshqalar) katta ko'lamlarda byudjet hisobidan moliyalashtirilishi ham ta’minlanayapti. Idoraviy belgiga ko'ra byudjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi byudjet assignovaniyalarini oluvchi vazirlik, boshqa davlat muassasasi yoki yuridik shaxsning ajratib olinishiga imkon beradi. Byudjet xarajatlarining ana shunday klassifikatsiya qilinishi natijasida boshqaruv tizimining o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar tuzilmasidagi o'zgarishlar o'z vaqtida ko'rsatiladi. Ijtimoiy mo'ljallanganligi bo'yicha byudjet xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalami o'zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq ravishda byudjetning barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: • ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari; • milliy xo'jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar; • harbiy (mudofaa) xarajatlar(i); • boshqaruv xarajatlari; • rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish xarajatlari. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni o'z tarkibiga oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o ‘zida aks etib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga boMgan talabini (ehtiyojini) qondirishga, ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yo‘1 ochib beradi. Ta’lim va sogMiqni saqlashning aholiga tekin xizmat qilishi hamon ustuvorligicha qolayapti. Umumiy ta’limni tekin va kasbiy ta’limni tanlov asosida o'tkazish kafolatlanganligicha qolmoqda. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga katta e ’tibor berilmoqda. Ish haqining eng kam darajasini oshirish, ishsizlik bo'yicha berilishi lozim bo'lgan nafaqalarning miqdorini ko'paytirish, maktab yoshigacha bo'lgan bolalar, maktab o'quvchilari, studentlarning ovqatlanish xarajatlarini kompensatsiya qilish, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini tartibga solish bo'yicha choralar ko'rilmoqda. M illiy xo'jalikka (iqtisodiyotga) byudjetdan xarajatlarning qilinishi davlatning hamon xo'jalik yurituvchi asosiy sub’ektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar katta ko'lamlarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industrial asosda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollani- shini ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda byudjetning bu xarajatlari orasida iqtisodiyotga xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalami moliyalashtirish xarajatlari alohida o'rin egallaydi. Hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarish jarayonlariga va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga byudjetning ma’lum maqsad larga yo'naltirilgan ta’sirchanligi kuchaymoqda. Byudjet xarajatlari iqtisodiyot rivojiga rag'batlantiruvchi ta’sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham jahonning ko'pgina mamlakatlaridagi (masalan, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan va boshqa mamla katlarda) «iqtisodiy mo'jiza» aynan davlatning moliyaviy qo'llab- quwatlashi natijasida sodir bo'ldi. Byudjetning milliy xo'jalikka (iqtisodiyotga) yo'naltirilgan xara jatlari tarkibi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilma, qishloq xo‘jaligini va iqtisodiyot ning davlat tarmoqlarini qo'llab-quvvatlash, milliy xo‘jalikning ayrim tarmoqlari va mamlakat mintaqalarida bandlikni ta’minlash, eksportni rag'batlantirish xarajatlaridan iborat. Keyingi yillarda davlat kapital quyilmalarining hajmi keskin oshmoqda. Xususiy firmalarga, ayniqsa, taraqqiyot mintaqalariga berilayotgan subsidiyalar miqdori ko'paymoqda. Iqtisodiyotda tarkibiy o ‘zgarishlami amalga oshirish maqsadida uning ayrim tarmoqlarida davlat kafolati ostida davlat subsidiyalari yoki imtiyozli bank kreditlari ko'rinishida tanlov yordami ko'rsatilayapti. Iqtisodiyotning qishloq xo'jaligi tarmog'iga byudjetdan katta miqdorda mablag' berilmoqda. Bu tarmoq ustuvor ravishda qo'llab- quwatlanishi lozim bo'lgan tarmoq hisoblanadi. Qishloq xo'jaligiga beriladigan subsidiyalar ikki ko'rinishda taqdim etilyapti: 1) qishloq xo'jaligi mahsulotlari uchun kafolatlangan baholarni qo'llab-quvvatlash; 2) ishlab chiqarish maqsadlari — qishloq xo'jaligi mashina lari, mineral o'g'itlar sotib olish va omborxonalar qurish uchun. M illiy mahsulotlami eksport qiluvchi firmalar faoliyatiga byudjetdan yordam ko'rsatilishi jahon bozorlaridagi shiddatli ravishda o'sib borayotgan raqobat sharoitida ulaming ahvolini ancha yengillashtiradi. Davlatning byudjet xarajatlari orqali iqtisodiyotga aralashuvi Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling