A VITAMINI ALMASHINUVINING TUG’MA BUZILISHLARI
GIPERKAROTINEMIYA
Kasallikning sababi karotinlardan retinol hosil qilish uchun reaktsiyani katalizlovchi ichak β-karotinoksigenazaning yo’qligi hisoblanadi. Asosiy alomatlar shabko’rlik va shox pardaning xiraligidir. Qonda retinol miqdori keskin kamaygan bo’ladi.
DARYENING FOLLIKULYAR KERATOZI
Irsiy kasallik, terining o’zgarishi bilan birga aqliy rivojlanishdan ortda qolish va psixozlar ham kuzatiladi. Tirnoqlarning uzunasiga chiqiz-chiziqligi va qirralanishi xarakterlidir. A vitamini yuqori dozalarda uzoq muddat belgilanishi samarali bo’ladi.
TIBBIYOTDA QO’LLANILISHI
Tibbiy maqsadlar uchun A vitamini preparatlarini qo’llash uchun quyidagi ko’rsatmalar mavjud:
Gipovitaminozni oldini olish va bartaraf etish. Gipovitaminoz A ni aniqlashning aniq mezonlari mavjud emas. Shifokor klinikaga (anoreksiya, sekin o’sish, infektsiyalarga chidamlilikning pastligi, meningizm belgilarining paydo bo’lishi, shilliq qavatlarda yarali jarayonlarning paydo bo’lishi) va labaratoriya ma’lumotlariga (qonda vitamin A miqdori) asoslanishi mumkin.
Infektsion kasalliklar (C vitamini bilan birga).
Raxit (D vitamini bilan birga).
Niktalopiya (riboflavin va nikotin kislotasi bilan birgalikda).
Teri kasalliklari (psoriaz, pustulyoz dermatit va boshqalar).
Teri kasalliklarini davolash uchun A vitaminining maxsus preparatlari mavjud: izotretinoin (retin kislota) va etretinat (unig etil efiri). Ular retinolga qaraganda ancha faolroqdir.
A vitamini og’iz orqali qabul qilinadi yoki mushak ichiga yuboriladi. Mushak orqali u oral qabul qilish imkoni bo’lmaganda kiritiladi (anoreksiya, ko’ngil aynishi, qusish, operatsiyadan oldingi yoki keyingi sharoitlarda, malabsorbtsiyada).
Do'stlaringiz bilan baham: |