A vitamini xususiyatlari, ishlatilishi, saqlovchi mahsulotlar, gipo- va gipervitaminoz a


Download 40.19 Kb.
bet3/10
Sana22.06.2023
Hajmi40.19 Kb.
#1649692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
A Vitamin 13

Birikma

Molyar massasi

Erish temperaturasi, °C

λmaks (etanol), nm

Retinol

286,43

64

324—325

Retinal

284,45

61—64

375

Retion kislota

300,45

181

347

Retinolpalmitat

524,8

28—29

325—328

Retinolasetat

328,5

57—58

326

TUZILISHI VA SHAKLLARI
A vitamini — β-iononli halqa va ikkita izopren qoldiqlari va birlamchi spirtli guruhdan tashkil topgan yon zanjirdan iborat siklik to’yinmagan spirt. Organizmda u retinal (vitamin A-aldegid) va retin kislotagacha oksidlanadi. Jigarda u retinilpalmitat, retinilasetat va retinilfosfat shaklida zaxiralanadi.
Vitamin A hayvonotdan kelib chiqishli mahsulotlarning barcha shakllarida mavjud, biroq sof retinol beqaror bo’lganligi sababli, uning asosiy qismi retinolning murakkab efirlari ko’rinishida saqlanadi (sanoatda asosan palmitat yoki asetat ko’rinishida ishlab chiqariladi).
O’simliklarda provitamin A — ba’zi karotinoidlar mavjud bo’ladi. Vitaminning o’tmishdoshlari tuzilishi jihatidan o’xshash bo’lgan ikki guruh moddalar: karotinlar (α-, β- va γ-karotinlar) va ksantofillar (β-kriptoksantin) bo’lishi mumkin. Karotinoidlar ham izoprenoid birikmalar bo’lib, α- va γ-karotin bittadan β-ionon halqa saqlaydi va oksidlanish jarayonida ulardan 1 ta molekula retinol hosil bo’ladi, β-karotinda esa ikkita iononli halqa bor, shuning uchun u ko’proq biologik faollikka ega va undan ikkita retinol molekulasi hosil bo’ladi.
Etxo’r hayvonlar, masalan mushuksimonlar 15-15′-monooksigenaza yo’qligi sababli karotonoidlarni retinalga aylantira olmaydi (natijada hech bir karotinoid turi bu hayvonlar uchun vitamin A shakli hisoblanmaydi).

Download 40.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling