A vitamini xususiyatlari, ishlatilishi, saqlovchi mahsulotlar, gipo- va gipervitaminoz a


 Retinoidlar va karotinoidlarning vitamin qiymati


Download 40.19 Kb.
bet2/10
Sana22.06.2023
Hajmi40.19 Kb.
#1649692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
A Vitamin 13

6 Retinoidlar va karotinoidlarning vitamin qiymati

  • 7 O’zaro ta’sirlashuvi

  • 8 Genlarning transkriptsiyasi

  • 9 Vitamin A vazifalari

    • 9.1 A vitaminining ko’rish mexanizmida ishtiroki

    • 9.2 Vitamin A`ni organizmning antioksidant himoyasida ishtirok etishi

  • 10 Gipovitaminoz A

    • 10.1 Homiladorlikda vitamin A

  • 11 Gipervitaminoz

  • 12 A vitamini almashinuvining tug’ma buzilishlari

    • 12.1 Giperkarotinemiya

    • 12.2 Daryening follikulyar keratozi

  • 13 Tibbiyotda qo’llanilishi

    KASHF ETILISHI TARIXI
    1906-yilda ingliz biokimyogari Frederik Xopkins oziq-ovqatda oqsillar, yog’lar, uglevodlardan tashqari, inson organizmi uchun zarur bo’lgan boshqa moddalarni ham saqlanadi deb taxmin qildi va ularni «oziqlanishning qo’shimcha omillari» deb atadi. 1912-yilda Kazimir Funk ularga lotin so’zlari vita — hayot va amine — amin (u barcha vitaminlar o’z ichiga azot olgan deb xato hisoblagan) so’zlaridan olingan «vitamin» degan yangi nom berdi.
    A vitaminining kashfiyoti 1913-yilda sodir bo’lgan. Ikki guruh olimlar — Viskonsin universitetidan Elmer Makkollum (1859-1929) va Margaret Devis (1887-1967) va Yels universitetidan Lafayette Mendel (1872-1935) bir-biridan mustaqil ravishda bir qator tadqiqotlar natijasida tovuq tuxumining sarig’i va sariyog’ normal hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan ba’zi muhim moddalarni o’z ichiga olgan degan xulosaga keldi. Tajribalarida faqat kazein, yog’, laktoza, kraxmal va tuzning kombinatsiyasi bilan oziqlangan sichqonlar ko’z yallig’lanishi va diareyadan aziyat chekib, taxminan 60 kundan keyin nobud bo’lgan. Ratsioniga sariyog’, treskaning jigari yog’i yoki tuxum kiritilganda, ular normal holatga qaytishgan. Bu hayot uchun faqat yog’ mavjudligi emas, balki boshqa moddalar ham kerakligini anglatardi. Makkolum ularni ikkita sinfga ajratdi — «yog’da eruvchan omil A» (aslida A, E va D vitaminlari) va «suvda eruvchan omil B».
    1920-yilda Jek Sesil Drammond (1891-1952) vitaminlarning yangi nomenklaturasini taklif qildi va bundan keyin vitaminar zamonaviy nomga ega bo’ldi. Xuddi shu yili, Xopkins oksidlanish yoki kuchli isitish vaqtida A vitamini parchalanishini ko’rsatdi.
    Shveytsariyalik kimyogar Paul Karrer (1889-1971) 1931-yilda A vitaminining kimyoviy tuzilishini tasvirlab berdi. Uning muvaffaqiyati 1937-yilda kimyo bo’yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi . 1937-yilda Garri Xolms (1879-1958) va Rut Korbet A vitamini kristallashdi. 1947-yilda David Adrian van Dorp (1915-1995) va Yozef Ferdinand Arens (1914-2001) vitamin A`ni sintezlashdi. Otto Isler (1920-1992) 1947-yilda sintez qilishning sanoat usulini ishlab chiqdi.
    A vitaminining ko’rishda ishtirok etishi biokimyogar Jorj Uold (1906-1997) tomonidan kashf etilgan, bu uchun u 1967-yilda fiziologiya va tibbiyot bo’yicha Nobel mukofoti olgan.
    FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI
    A vitamini guruhi moddalari kristall moddalardir. Ular suvda erimaydi, ammo organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
    Retinol havo kislorodi ta’sirida parchalanadi va yorug’likka juda sezgirdir. Barcha birikmalar sis-trans-izomerizatsiyaga moyil, ayniqsa 11 va 13 bog’lanishlar bo’yicha, ammo 11-sis-retinaldan tashqari barcha juft bog’lanishlar trans-konfiguratsiyaga ega.

    A guruhiga kiruvchi moddalarning xususiyatlari


    Download 40.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling