donalari
bilan qorishtirilib, katta bosim ostida presslanadi, quritiladi
va 1300-1400 °C haroratda pishiriladi. Keramik bogiovchili jilvirlash
toshlari umumiy holda 35 m/s dan
oshmaydigan, maxsus ishlar uchun
m oijallangan toshlar esa 50 m/s gacha aylanma tezliklarda ishlaydi.
Keramik bog‘lovchili jilvirlash toshlaridan jilvirlash ishlarining qariyb
barcha turlarida foydalaniladi.
Silikat bog'lovchi (S). Uning tarkibi quyidagicha:
chaqmoqtosh
kukuni, suyuq shisha va gil. Silikat bogiovchi yordamida
tayyorlangan jilvirlash toshlari yumshoq, ammo g‘ovak boiadi. Bu
bogiovchi asosidagi
toshlar mustahkam boiadi, ammo ish vaqtida
notekis yeyiladi va o‘z shaklini yo‘qotadi. Bunday jilvirlash toshlari,
odatda, sovituvchi
suyuqliksiz ishlaydi, ular bilan jilvirlangan yuzalar
toza chiqadi, lekin bu toshlaming ish unumi katta emas. Ular nafis
jilvirlash uchun ishlatiladi.
Magnezial bog ‘lovchi (M) magnezit kalsiy xlorid aralashmasidan
iborat. Bu bogiovchi yordamida tayyorlangan jilvirlash
toshlarining
mustahkamligi uncha katta boim aydi va ular tez va notekis yeyilishi
oqibatida o‘z shaklini yo‘qotadi. Silikat va magnezial bogiovchilar
abraziv donalari bilan zaif birikadi va nam ta’sirida
puxtaligini
yo‘qotadi, bu bogiovchilar yordamida tayyorlangan jilvirlash
toshlaridan sovitish suyuqligi ishlatmay jilvirlashda foydalaniladi.
Bular silikat va magnezial bogiovchilardan keng foydalanishga
imkon bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: