A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Frezalash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.9. Jilvirlash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar
11.8. Frezalash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar
194 10 9 11.11-rasnu Gorizontal frezalash dastgohi: I - shpindel; 2 - opravka; 3 -freza; 4 - halqa; 5 - xartum; 6 - stol; 7 - aylanuvchi qism; 8 - y o ‘naltiruvchi; 9 - konsol; 1 0 - stamina. Ammo ularda buriluvchi stol bo‘ladi, bu stol bir-biriga perpen- dikular uch yo‘nalishda surila olishdan tashqari, o‘zining vertikal o ‘qi atrofida 45° burchakka burilishi ham mumkin. Bu hoi vintli ariqchalar ishlashga va qiyshiq tishli shesternyalar qirqishga imkon beradi. 11.9. Jilvirlash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar Mashina-mexanizmlarning detallarida yuqori aniqlikdagi yuzalar liosil qilish va bundan oldingi ishlov berishda yuzaga kelgan mayda notekisliklami - taroqchalami kesib tashlash uchun ishlov berish usuli pardozlash deb ataladi. Ishlov berishning pardozlash usullari aniq shaklli detallar hosil qilishga, yuzalar tozaligini 7 dan 14-sinfga yetkazishga, 1 va 2-aniqlik sinfdagi o ‘lchamlar hosil qilishga imkon beradi. Pardozlab ishlov berishning: ishqalab moslash (pritirlash), xoninglash, superfinishlash va jilolash kabi usullari keng qo'llaniladi. 195 Ishqalab moslash (yoki o ‘lchamiga yetkazish) shundan iboratki, bunda pritir va mayda donali erkin abraziv yordamida suyuq moy muhitida tanavoming ishlov beriladigan yuzasidan metall zarrachalari qirqib tashlanadi. Pritirlar: kulrang cho‘yan, rangli metall va ulaming qotishmalari, plastmassalar va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Ishqalab moslash uchun ishlatiladigan abraziv materiallar: tabiiy korund, elektr-korund, donadorligi 5-16 mk bo‘lgan kremniy karbidi, GIO pastasi (76 % xrom oksid, 22 % stearin, 2 % kerosin), olmos kukuni, bor karbidining kukuni. Ishqalab moslash (o‘lchamiga yetkazish) uchun abraziv donalari o‘lchami detallaming ishlov berila digan yuzalari g‘adir-budurligi va aniqligiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga qarab tanlanadi. Ishqalab moslash yo‘li bilan silindrik, yassi va boshqa yuzalarga ishlov beriladi. Ishqalab moslash yuzaga oldindan botirilgan abrazivli pritir yordamida, suyuq moy muhitidagi erkin abraziv yordamida pritir bilan biriktirilgan juft detallaming ishlov beriladigan yuzasi orasida kichikroq bosim hosil qilib, bir- biriga ishqalash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin; bu holda ikki detaining bir-biriga tegib turadigan yuzalari orasiga abraziv kukuni surtilib, ular o‘zaro ishqalanadi (masalan, klapan osti konuslarini ishqalab moslash) va yuzalaming talab etilgan tozaligi hosil qilinadi. Xoninglash usulida ochiq va berk silindrik va konussimon teshiklar donadorlik raqamlari 4-6 bo‘lgan standart qayroq toshlar yordamida pardozlanadi. Amalda xoninglash usulidan aylanish jismlarining tashqi silindrik va konussimon yuzalariga, masalan, tirsakli val bo‘yinlariga, shuningdek, tekis va shakldor yuzalarga pardoz berishda foydalaniladi. Xoninglashda xon deb ataladigan maxsus asbob korpusiga abraziv brusoklar joylanadi. Ishlov beriladigan yuzalarga qarab, brusoklar xoninglash kallagining tashqi yoki ichki yuzalariga o ‘matiladi va mahkamlanadi. Xoninglashda elektr-korund brusoklar (po‘latga ishlov berishda) va kremniy-karbid brusoklari (cho‘yanga va rangli metallaming qotishmalariga ishlov berishda) ishlatiladi. Xoninglash bmsoklari metall bog‘lovchili mayda olmoslardan ham tayyorlanadi. Olmos brusoklaming turg‘unligi abraziv brusoklamikiga qaraganda 1 0 0 - 1 2 0 baravar yuqori bo‘ladi va ular yuqori unumli, ishlov berilgan yuzaning aniq va toza chiqishini ta’minlaydi. Xoninglash jarayonida xon ishlov berilayotgan tanavor o ‘qi bo‘ylab bir vaqtning o ‘zida ham aylanma, ham ilgarilanma-qaytar harakat qiladi. Xon 45-65 m/min tezlik bilan aylanadi, ilgarilanma- 196 qaytar harakat tezligi esa 10-20 m/min bo‘ladi. Xoninglash uchun qoldiriladigan qo‘yimning qalinligi ishlov beriladigan materialga qarab 0,01-0,08 mm ni tashkil etadi. Xoninglangan yuzaning tozaligi 12, hatto 13-sinfga, aniqligi esa 1 va 2-sinfga to‘g‘ri keladi. Xoninglash vaqtida sovutish suyuqligi ko‘p (50 //min gacha) berib turiladi. Sovitish suyuqligi sifatida 80-90 % kerosin va 2 0 - 1 0 % mashina moyidan iborat aralashma ishlatiladi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling