A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

11.7. Randalash, uyish 
va 
sidirish dastgohlari
Randalash dastgohlari. Randalashda keskichning (stolning) 
to ‘g‘ri yo‘li - ish yurishi deb, teskari y o ii esa salt yurish deb ataladi;
11.6-rasm.
Vertikal parmalash dastgohi 
(2135)
1 - vint; 2 - stol; 3 - shpindel; 
4 - maxovik; 5 - uzatish qutisi; 
6 - tezliklar qutisi; 7 - elektr- 
dvigatel; 8 - dasta; 9 - stamina.
189


bunday ishlash sxemasi randalash dastgohlarining asosiy kamchi- 
ligidir.
Randalash dastgohlari universal, aniq, oddiy tuzilishdagi dast­
gohlar bo‘lgani, ishlatiladigan kesuvchi asbob arzon turganligidan ular 
keng ko‘lamda ishlatiladi. Randalash dastgohlari ish unumining 
pastligi ko‘p keskich bilan ishlash orqali ma’lum darajada qoplanishi 
mumkin. Randalash dastgohlari guruhiga bo'ylama randalash, ko‘nda- 
lang randalash, o'yish dastgohlari va universal dastgohlar kiradi.
Bo‘ylama randalash dastgohlari, asosan, mashinalaming o‘rtacha 
va yirik detallarining tekis yuzalarini randalash uchun mo‘ljallangan. 
B o‘ylama randalash dastgohlari jumlasiga eng ko‘p tarqalgan ikki 
stoykali dastgohlar, bir stoykali dastgohlar, qirra randalash dastgohlari 
va portal dastgohlar kiradi.
11.7-rasm. Ikki stoykali bo ‘ylama randalash dastgohL
11.7-rasmda ikki stoykali bo‘ylama randalash dastgohi tasvirlan- 
gan. Tanavor dastgoh stoli (2) ga o ‘matiladi va mahkamlanadi, bu stol 
stanina (
1
) ning yo‘naltiruvchilarida ilgarilanma-qaytar harakat qiladi. 
Keskichlar supportlar (
8
) va (
6
) ning keskich tutkichlariga mah­
kamlanadi, supportlarga esa vaqti-vaqti bilan surish harakati berib 
turiladi. Poperechina (4) ga joylashtirilgan supportlar (3) yuqorigi 
yuzalami randalash uchun, stoykalar (5) ga o‘matilgan supportlar (
6

esa yon yuzalami randalash uchun xizmat qiladi. Randalash 
dastgohlarining yiriklarida poperechinaga o ‘matilgan ikkita support va 
har bir stoykaga bittadan o‘matilgan ikkita support - hammasi bo‘lib 
to ‘rtta support bo‘ladi. Ba’zi dastgohlaming poperechinasida bitta
190


(yuqorigi) support va tayanchida bitta (yon) support bo‘ladi yoki faqat 
poperechinasida bitta support bo‘lib, yon supportlar boMmaydi. Surish 
yo'nalishi gorizontal yoki vertikal boMishi mumkin. Qiya yuzlami 
randalash uchun support burish qismi bilan ta’minlangan. Asosiy 
harakat stolga elektr dvigateldan tezliklar qutisi va staninaga 
o‘matilgan shesternyalar tizimi orqali uzatiladi. Oxirgi shestemya 
dastgohning stoliga pastki tomondan burab o ‘yilgan tishli reyka bilan 
tishlashgan bo‘ladi; yangi dastgohlarda reykaga shnek tishlashtirilgan 
bo‘ladi. Eng takomillashtirilgan randalash dastgohlarida gidravlik 
yuritma yoki pog‘onasiz rostlash elektrik yuritmasi bor.
Dastgohlarda stolning yurishini reverslash (stolning yurishi 
yo‘naIishini o ‘zgartirish) uchun elektr-magnit mufitalar, gidravlik 
qurilmalar va boshqalardan foydalaniladi. Teskari (salt) yurish tezligi 
ish yurish tezligidan 1,5-2,0 marta katta. Stolning yurish yo'nalishi 
tiraklar 7 vositasida avtomatik ravishda o ‘zgartiriladi, bu tiraklar 
randalanayotgan tanavorning uzunligiga qarab stolning tegishli joyiga 
mahkamlanadi. Keskichli supportlar ish yurishi tugagach yoki ish 
yurishi boshlanishi oldidan surish qutisi oraliq vintlar yordamida 
suriladi. Teskari yurishda keskichlaming orqa yuzalari randalana­
yotgan yuzaga ishlanmasligi uchun keskich tutkichlar maxsus 
qurilmalar vositasida ko‘tariladi. 
1 1
.
8
-rasmda elektr-magnit muftali 
bo‘ylama randalash dastgohi asosiy yuritmasining sxemasi keltirilgan.


i

Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling