Frezalash dastgohlarida har xil shakldagi tashqi va ichki yuzalarga
hamda shakldor aylanma yuzalarga ishlov berish, to ‘g‘ri
va vintli
ariqchalar ochish, sirti va ichki rezbalar ochish, tishli g‘ildiraklar
yasash va b. ishlami bajarish mumkin.
Bu guruh dastgohlari konsolli frezalash (gorizontal, vertikal,
universal va keng universal),
konsolsiz vertikal-frezalash, bo‘ylama-
frezalash dastgohlariga (bir va ikki tirgakli dastgohlar), uzluksiz
ishlaydigan (karuselli va barabanli) frezalash dastgohlariga, (konturli
va hajmli frezalash dastgohlariga), graverlash - frezalash dastgoh
lariga, ixtisoslashtirilgan dastgohlarga (rezba
frezalash, shponka
frezalash, shlis frezalash dastgohlari va boshqa dastgohlarga)
bo‘linadi.
Hozirgi zamon frezalash dastgohlariga bir qancha ilg‘or
konstruktiv yangiliklar kiritilgan: asosiy harakat bilan surish harakati
yuritmalari
bir-biridan ajratilgan, stolni barcha yo‘nalishlarda tez
surish mexanizmi mavjud, tezliklar va surish bitta dasta bilan
boshqariladi. Dastgohlardagi uzellar va detallar
bir xillashtirilgan
(unifikatsiyalangan).
Konsolli frezalash dastgohlari. Bunday dastgohlaming konsolli
deb atalishiga sabab shuki, dastgohning stoli staninaning yo‘nalti-
ruvchilari bo‘ylab yuqoriga va pastga siljiy oladigan konsolga o ‘rna-
tilgan. Konsolli frezalash dastgohlariga gorizontal frezalash (11.11-
rasm),
vertikal-frezalash dastgohlari, universal va keng universal-
frezalash dastgohlari kiradi.
Asosiy bajariladigan ishlar uchun mo‘ljallangan frezalash
dastgohlarining asosiy o ‘lchami stolining ish yuzasidir.
Vertikal va
gorizontal konsolli frezalash dastgohlari stolining ish yuzasi quyidagi
o ‘lchamlarda tayyorlanadi: 125x500, 160x630, 200x800, 250x1000,
320x1250, 400x1600, 500x2000 mm. Dastgohlaming universal-
frezalash va keng universal turlarida kengligi 200-400 mm li stol bor.
Gorizontal
konsolli frezalash dastgohlarida shpindelning o ‘qi
gorizontal vaziyatda joylashgan bo‘lib, stoli o ‘zaro
perpendikular uch
yo‘nalishda siljiydi. Universal konsolli frezalash dastgohlari tashqi
ko‘rinishi jihatidan gorizontal frezalash dastgohlaridan deyarli farq
qilmaydi desa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: