A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marten pechi.
7.2-rasm. Bessemer konvertoru
120 Dastlab uglerod yonmaydi, chunki vannadagi harorat uning yonishi uchun yetarli bo‘lmaydi. Kremniy va marganeslaming oksid- lanishi natijasida vannadagi harorat ko‘tarilib, uglerod yona boshlaydi: 2C + O 2 = 2CO - Q kkal С + FeO = CO + Fe - Q kkal Konvertoming sig'imi, qayta ishlanayotgan cho‘yan tarkibi va ulaming miqdoriga ko‘ra uglerodning yonishi 8-10 daqiqa davom etadi. Cho‘yan tarkibidagi uglerod yonib kamayishi natijasida alanga pasayib qo‘ng‘ir tutun chiqa boshlaydi. Bu esa cho'yan tarkibidagi qo‘shimchalar deyarli yonib tugaganligini bildiradi. Kutilgan tarkibdagi po‘lat olingach, jarayonni tugatish uchun konvertomi yotiq holatga keltira borish bilan havo bosimi asta-sekin pasaytirib boriladi va to ‘xtatiladi. Ingliz metallurgi S.Tomas fosforga boy cho‘yandan po‘lat olish maqsadida Bessemer konvertorining ichki devorlarini asosan o ‘tga chidamli dolomit g‘ishtidan terishni va suyuq cho‘yanni quyishdan oldin flyus sifatida ohaktosh kristallari kiritishni taklif qilgan. 0 ‘zgartirilgan Bessemer konvertori Tomas usuli deb ataldi. 1953-yildan e’tiboran asosli konvertorlarga quyilgan qayta ishlanadigan cho‘yan sathiga texnik toza kislorod haydash yo‘li bilan turli markalardagi uglerodli va kam legirlangan po‘latlar olish usullari qo'llanila boshlandi. Bu usulning oddiy konvertor usulidan farqi shundaki, jarayonning boshidanoq metall yaxshi aralashgani uchun uglerod, kremniy va boshqa qo‘shimchalar yaxshi oksidlanadi. Natijada kisloroc|iing ta’sir doirasida harorat 3000°C gacha ko‘tariladi. Konvertorda metall tez qizib, yaxshi qizigan faol shlak hosil bo‘ladi. Bunda fosfor va oltingugurt shlakka o ‘tadi. Bu usul sanoatda borgan sari keng qo‘llanilmoqda, chunki u oddiyligi, ixchamligi, yoqilg‘i talab etmasligi, ish unumi yuqoriligi, ishlash sharoitining yaxshiligi, po‘latda azot va vodorod gazining kamligi, kapital mablag‘lami kam talab etishi, chiqindilami qayta ishlashga imkon berishi kabi afzalliklarga ega. Pechning kamchiligi shuki, u suyuq cho‘yanni ko‘proq talab etadi. Bundan tashqari, metall kuyindisi ko‘p, ancha miqdorda chang ajralib chiqadi. Marten pechi. Yuqorida qayd etilganidek, konvertorli pechlarda po‘lat ishlab chiqarish usullarining kamchiliklarini kamaytirish 121 borasidagi izlanishlar Marten usuli paydo bo‘lishiga olib kelgan. Marten pechining ish bo‘shlig‘i gorizontal yo‘nalishda cho‘zilgan kameradan iborat (7.3-rasm). Ish bo‘shIig‘ining devorlari o ‘tga chidamli materiallardan tayyorlanadi. Pechning qiziydigan qismlari suv bilan sovitish qurilmalari bilan ta’minlangan. Pechning old qismida shixta materiallarini yuklash uchun darchalar mavjud. Orqa devorida esa erigan metall va shlakni chiqarish uchun maxsus teshiklar bo‘lib, ularga novlar o ‘matilgan. Suyuq metallni pechdan ravon chiqishi uchun uning tubi va devorlari ma’lum qiyalikda ishlangan. Pech ju ft regeneratorlarga ega. Pech vannasidagi shixtani eritish uchun regeneratorlarda 1880-2000°C ga qizdirilgan yonuvchi gaz pech bo‘shlig‘idagi havo kislorodi hisobiga yondiriladi. Buning uchun jarayonning boshlanishida pechga haydalayotgan gaz bilan havo I200-1300°C gacha qizdiriladi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling