A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. QUYMAKORLIK. QUYMA OLISHNING MAXSUS USULLARI 8.1. Quymakorlik
- Quymakorlik sanoati texnologiyasi.
Takrorlash uchun savollar
1. Materialshunoslik fani va uni o‘rganishning ahamiyati. 2. Qora metallar haqida ma’lumot bering. 3.Metallar rudalardan qanday usullar yordamida ajratib olinadi? 4.Metallurgiyada ishlatiladigan asosiy yoqilg‘i turlari haqida ma’lumot bering. 5 . 0 ‘tga chidamli materiallar haqida gapirib bering. 6.C ho‘yan haqida va uning tarkibiga kiruvchi elementlaming xossalariga ta’siri to ‘g ‘risida aytib bering. 7.Domna pechining tuzilishi va ish jarayonini so‘zlab bering. 8.Po‘lat ishlab chiqarish haqida ma’lumot bering. 9.Po‘lat ishlab chiqarishda ishlatiladigan pechlar haqida so‘zlab bering. 10. Po‘lat qolipga necha usulda quyiladi? 128 8. QUYMAKORLIK. QUYMA OLISHNING MAXSUS USULLARI 8.1. Quymakorlik Quymakorlik detal va buyumlar xomaki (zagotovkalari) ko‘rinishida turli-tuman quymalar olish jarayonlaridan iboratdir. Quymakorlik jarayonida qolip (qum-tuproqdan yoki metalldan yasalgan) suyultirilgan metall bilan to‘ldiriladi, u qotgach, quyma detal, ya’ni quyma hosil bo‘Iadi. Zarur bo‘lsa, quymalarga keyingi ishlov berish jarayonida aniq o‘lcham va shakl beriladi. Ko‘pgina hollarda kerakli detallar faqat quyish usuli bilangina olinadi. Bu, ayniqsa katta o ‘lcham va vaznga ega boigan, shuningdek, murakkab shaklli detallami tayyorlashda yoki qotishmaning plastikligi kichik (masalan, cho‘yan) b o iib , bosim ostida ishlov berish (bolg'alash, shtamplash) mumkin bo‘lmagan hollarda juda muhimdir. Mashi- nasozlikda barcha detallaming taxminan 50 % quymakorlik usuli bilan olinadi. Quymakorlik sanoati texnologiyasi. Ma’lumki, quymakorlik sanoati sexlarida u yoki bu quyma buyum (detal) ni hosil qilish uchun ma’lum bir tizimdagi ishlab chiqarish texnologiyasini amalga oshirish talab qilinadi. Shuning uchun quymalar ishlab chiqarish texnolo giyasini vtulka quymasini hosil qilish misolida ko‘rib chiqamiz. Vtulka quymasi hosil qilinishi uchun dastawal shu quymaning nusxasi va quymada teshik hosil qilish uchun zarur bo‘lgan steijenning qolipi (steijen qutisi) yasaladi, so‘ngra nusxa yordamida qolip, sterjen qutisida esa sterjen tayyorlanadi. Qolipga quyish kanallari ochiladi, sterjen o‘matiladi va qolip suyuq metall bilan to ‘ldiriladi. Metall qotgach, qolipni buzib, undan quyma olinadi, quymaning ortiqcha joylari kesib tashlanadi va tozalanadi, natijada quyma tayyor holga keladi, Shunday qilib, quymakorlik sexlarida turli quyma buyumlar (detallar) ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi jarayonlami o ‘z ichiga oladi: a) metall qolip yuzasiga o ‘tga chidamli qatlam qoplash va uning ustidan yupqa qilib maxsus bo‘yoqlar berish; b) qolipni 129 yig‘ish; d) qolipga metallni quyish; e) quymani qolipdan ajratish; f) qolip yuzaiarini siqilgan havo bilan yoki boshqa usulda tozalash. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling