A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Toblash
4.2. Normallash
Normallashdan maqsad buyumni keyingi termik ishlov berish uchun tayyorlashdan, o ‘rtacha uglerodli poiatlam ing esa strukturasini yaxshilashdan iborat. Normallash to ia yumshatishdan sovitish tezligi bilan farq qiladi. Normallash deb, poiatlam i GS, SE chiziqlardan 3 0 - 50°C yuqori haroratda qizdirib, ma’lum vaqt ushlab turilgandan so‘ng havoda sovitishga aytiladi. Buyumni havoda sovitish tezligi pech bilan birga sovitishga qaraganda kattaroq boiganligi uchun perlitga parchalanish jarayoni pastroq haroratda boradi. Natijada to ia yum shatishga qaraganda buyum strukturasi maydaroq boiadi. Shu sababli, buyumning mustahkamligi va qattiqligi 15-20% yuqori boiadi. 53 Normallash poiatn i termik ishlashning tayyorlov bosqichi yoki o ‘rtacha uglerodli po‘latlar uchun oxirgi bosqich sifatida qoilaniladi. 4.3. Toblash Toblashdan maqsad mashinasozlik materiallarining mustahkam- ligini oshirishdir. Toblashning boshqa sof termik ishlov berishdan asosiy farqi uni katta tezlik bilan sovitilishidadir. Toblash harorati Fe~Fe3C holat diagrammasiga muvofiq aniqlanadi. Toblash harorati buyumning butun ko‘ndalang kesimi bo‘yicha bir xil b o iish i uchun ko‘p vaqt ketsa, austenitning o ‘sib ketish xavfi bor. Buyumni pechda m aiu m haroratda tutib turish vaqti uning shakliga, pechga joylash usuliga va turiga bogiiq. Xomakilami yuqori haroratli pechda qizdirganda uglerod kuyadi. Natijada buyumning yuzasida uglerod miqdori kamayadi. Buning oldini olish maqsadida mashinasozlikda ish muhiti nazorat qilib turiladigan pechlar qoilaniladi. Toblash muhitini to ‘g‘ri tanlash mu- him ahamiyatga ega. Austenitning izotermik parchalanish diagram- masidan ma’lumki, toblash uchun kerakli b o ig an eng kichik sovitish tezligi egri chiziqqa urinma b o im o g i kerak. Lekin sovitish tezligini martensitga parchalanish chegarasida sekinlatishi zarur, shunda buyumda yuzaga keladigan ichki termik kuchlanishlar mumkin qadar kamayadi. Sovitish muhiti sifatida suv, mineral moylar, tuz eritmalari ishla tiladi. Uglerodli poiatlam i toblashda suv, yuqori legirlangan poiatlarni toblashda esa mineral moylar ishlatiladi. Agar xomakining ko‘ndalang kesimi katta va shakli murakkab boim asa, to ‘xtovsiz bir muhitda sovitish mumkin (4.1-rasm, 1-egri chiziq). Yuqori uglerodli poiatlarni toblashda sovitish uchun ikki muhitdan foydalaniladi. Buning uchun p o ia t austenitning barqarorligi eng kichik davrdan oiguncha suv bilan sovitiladi, so‘ngra marten sitga parchalanish haroratidan 80-100 °C yuqori haroratda moyda sekin sovutiladi (4.1-rasm, 2-egri chiziq). Agar asbobning tuzilishi murakkab va hajmi katta b o is a pog‘onali toblash qoilaniladi (4.1-rasm, 3-egri chiziq). Bunda asbob suyuq muhitda martensitga parchalanishdan yuqo- riroq haroratda ushlab turiladi, so‘ngra havoda sovutiladi. Shunday 54 qilinganda martensitga parchalanishdan oldin harorat butun hajm bo‘yicha bir xil bo‘ladi. K o‘p hollarda o‘rtacha uglerodli poiatlardan tayyorlanadigan mashinalaming murakkab qismlari izotermik haroratda toblanadi. Bunda p o ia t beynitgacha tez sovitiladi. Beynit parchalanib boigach, sovitish davom etiriladi (4.1-rasm, 4-egri chiziq). Natijada p o ia t stnikturasida parchalanmay qolgan austenit paydo boiadi. Bunday toblangan poiatlarda plastiklik va qattiqlikning yaxshi mutanosibligi yuzaga keladi. Mashinasozlik amaliyotida o‘z-o‘zidan bo‘shatish • imkonini beradigan toblash usullari mavjud. Buning uchun qizdirilgan buyumning bir qismigina sovitiladi. Sovitilmagan qismning issiqligi hisobiga sovitilgan qism bo‘shatish haroratigacha qiziydi. Natijada bo‘shatish jarayoni o‘z-o‘zidan yuz beradi. Bunday toblash usulida turli qismlari har xil qattiqlikka ega boigan buyumlar olinadi. Toblash natijasida erishiladigan eng katta qattiqlik poiatning toblanuvchanligi deyiladi. U asosan poiatning tarkibidagi uglerod miqdoriga b o g iiq boiadi. Har xil muhitda sovitilgan poiatning eng katta qattiqligi yuza qattiqligidir. Yuzadan 50% martensit va 50% trostitdan iborat qatlamgacha b o igan oraliq toblanish chuqurligi deyiladi. Toblanish chuqurligini aniqlashda diametri 25, uzunligi 100 mm ga teng namunadan foydalaniladi. 4.1-rasm. Toblash usullar ini tushuntiruvchi chizma. 55 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling