A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

4. PO ‘LATLARNI TERMIK ISHLASH
Termik ishlov berish po‘latlar strukturasini boshqarish usuli 
b o iib , bunda qotishma m aiu m haroratgacha qizdiriladi va turli 
tezliklarda sovitiladi. Termik ishlovni uch turga ajratish mumkin:
• sof termik ishlov;
•termomexanik ishlov;
• kimyoviy-termik ishlov.
Sof termik ishlov quyidagilardan iborat:
•yumshatish;
•normallash;
• toblash;
•b o ‘shatish.
Termik ishlovda yuz beradigan struktura o‘zgarishlari jarayon 
asosini tashkil etadi. Termik ishlov jarayonida qotishmaning ichki tu- 
zilishiga ta’sir etadigan asosiy omillar quyidagilardir:
• qizdirish harorati;
•qizdirish vaqti;
•qizdirilgan qotishmani sovitish tezligi.
Buyumni qizdirish harorati ko‘zlangan maqsadga ko‘ra va 
poiatning qizdirishdan oldingi ichki tuzilishiga b o g iiq holda FeC 
holat diagrammasidan aniqlanadi (2.3-rasm).
P oiatni qizdirish va sovitish jarayonlarida uning ichki tuzilishida 
faza o ‘zgarishlari sodir boiishiga olib keladigan harorat kritik harorat 
deyiladi va tkr bilan belgilanadi.
4.1. Yumshatish
Yumshatishdan maqsad muvozanatda boim agan strukturani 
muvozanat holatga keltirishdir. Odatda, yumshatish deganda buyumni 
m aium haroratgacha qizdirib, pech bilan birgalikda sovitishga 
aytiladi.
Yumshatishning quyidagi turlari mavjud:
- rekristallash;
- chala yumshatish;
52


- to ia yumshatish.
• Rekristallash uchun buyum 650-700°C gacha qizdirilib, shu 
haroratda ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin pech bilan birga 
sovitiladi. Bunda ferrit qayta kristallanadi va sementit bir oz o‘sadi. 
Materialning plastikligi ortadi.
•Chala yumshatish uchun buyum GS chizig‘idan 10-30°C 
yuqori haroratgacha qizdiriladi va ma’lum vaqt ushlab turilgandan 
keyin pech bilan birga sovitiladi. Bunday termik ishlovdan maqsad 
plastina ko‘rinishidagi perlitni yumaloq shaklga keltirishdan iborat. 
Uning qattiqligi plastinasimon perlitdan bir oz past bo‘lsada, 
plastikligi yuqoridir.
• Donachalarini nisbatan maydalash va qoldiq ichki zo‘riqishlarini 
kamaytirish 
maqsadida 
evtektoiddan 
oldingi 
poiatlam i 
GS 
chizig‘idan, evtektoiddan keyingi po‘latlami RSK chizig‘idan 30 - 
50°C yuqori haroratgacha qizdirib, shu haroratda ma’lum vaqt ushlab 
turilgandan keyin pech bilan birga sovitishni biz to ‘la yumshatish deb 
tushunamiz. Yuqori haroratda ushlab turish vaqti buyum materialida 
faza o ‘zgarishlari yuz berishi uchun yetarli bo'lishi kerak. Natijada 
hosil b o igan mayda donali austenit sovishi hisobiga perlit donachalari 
ham maydalashadi.
Sovutish vaqtini kamaytirish maqsadida austenit eng kam 
barqarorlikka ega b oigan haroratda to ia parchalanguncha ushlab 
turiladi. Austenit perlitga to iiq parchalangandan so‘ng asta-sekin 
sovitiladi. Bunday termik ishlov berish izotermik yumshatish deyiladi. 
Bunga to ia yumshatishga qaraganda 2-3 marta kam vaqt ketadi.

Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling