A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kochmas postlar
- 10.1.2. Payvandlashning mohiyati va usullari M a’lumki, payvandlash usulini har qanday metall va metallmas materiallarga tatbiq qilish mumkin. Payvandlash deb
Payvandlash posti. Payvandlash posti payvandlash ishlarini baja
rish uchun hamma zarur uskunalar bilan jihozlangan payvandchining ish o‘midir. Payvandlash posti ta’minlash manbayi, elektr simlari, elektrod tutkichlar, yig‘ish-payvandlash moslamalari va asboblari, himoya shchitlari yoki niqob bilan ta’minlanadi. Payvandlash postlari ishlatiladigan elektr yoyi turi hamda ta ’minlash manbai xiliga qarab quyidagi xillarga ajratiladi: - bir bosqichli yoki ko‘p bosqichli payvandlash o ‘zgartir- gichlaridan yoki payvandlash to‘g ‘rilagichlaridan ta’minlanadigan, o ‘zgarmas tok bilan ishlaydigan postlar; - payvandlash transformatoridan ta’minlanadigan, o ‘zgaruvchan tok bilan ishlaydigan postlar. Payvandlash postlari ko‘chmas yoki ko‘chma bo‘lishi mumkin. Ko'chmas postlar kichikroq o ‘lchamli buyumlarni payvandlashga m o‘ljallangan, usti ochiq xonadan iborat. Odatda, xonaga bir postli payvandlash transformatori yoki payvandlash to‘g ‘rilagichi joylashti- riladi. Aylanib turadigan o ‘zgarmas tok o ‘zgartirgichi ishlayotganda kuchli shovqin chiqaradi, shu sababli uni xonadan tashqarida joylashtirgan m a’qul. Ko‘chma postlardan yirik o ‘lchamli buyumlarni bevosita sexlar- ning ishlab chiqarish maydonchalarida yoki qurilish maydonchalarida payvandlashda foydalaniladi. Bunday hollarda yoy nuridan to ‘siqlar bilan himoya qilinadi, yoyni elektr bilan ta’minlash manbalarini qor vayom g‘irdan saqlash uchun usti yopib qo‘yiladi. 10.1.2. Payvandlashning mohiyati va usullari M a’lumki, payvandlash usulini har qanday metall va metallmas materiallarga tatbiq qilish mumkin. Payvandlash deb payvandlanadigan qismlaming faqat ular orasida atomlararo bolg‘anishni vujudga keltirib, ajralmaydigan birikmalar hosil qilish jarayonini aytiladi. Bu ta’rif metall va nometall materiallarga (plastmassa, shisha rezina va b.) ham taalluqlidir. Turli materiallami payvandlash, asosan, ulaming turli xossalari bog‘liq bo‘ladi, chunki materiallaming xossalari uning ichki tuzilishi - 160 atomlarining strukturasiga bog‘liq. Hamma metallar qattiq holatda kristall strukturali jismlar boiadi. Amorf jismlar (shisha, parafin, mum va b.) ning atomlari tartibsiz joylashgan. Payvandlanadigan qismlar bir butun qilib biriktirish uchun ularning elementar zarra chalari (ionlari, atomlarini) shunchalik yaqinlashtirish kerakki, bunda ular orasida atomlararo bolg‘anish paydo boisin. Buning uchun payvandlanadigan qismlaming faqat kerakli joyi yoki hammasi qizdiriladi, plastik deformatsiyalanadi yoki ikkala usuldan birgalikda foydalaniladi. Metall zarrachalarini payvandlash sharoitiga qarab (atomlararo bolg‘anishni vujudga keltirish uchun), suyuqlantirib, bosim ostida va gaz bilan payvandlash kabilarga ajratiladi. Suyuqlantirib payvandlashning asosiy mohiyati shundan iboratki, bunda payvandlanadigan detallar, masalan, ikkita detaining qirralaridagi metall kuchli issiqlik manbalari, ya’ni elektr yoyi, gaz alangasi, kimyoviy reaksiya, suyuqlantirilgan shlak, elektron nur energiyasi, plazma lazer nuri energiyasi va boshqalar bilan suyuqlantiriladi. Bulaming hammasida detaining qizib suyuqlangan bir qirrasidagi metall ikkinchi qirrasidagi suyuqlangan metall bilan o ‘zaro birikadi. Natijada, payvandlash vannasi deb ataladigan umumiy suyuq metall sig‘im hosil boiadi. Payvandlash vannasida metall sovigach, chok metali vujudga keladi. Chok metali detal qirralaridagi metallning yoki payvandlash vannasiga kiritilgan qo‘shimcha metall ning suyuqlanishi hisobigagina hosil boiishi mumkin (10.2-rasm). Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling