Savollar:
Ijtimoiy tilshunoslik deganda nimani tushunasiz?
Ijtimoiy tilshunoslikning asosiy o‘rganish ob’ekti nima?
Ijtimoiy tilshunoslikning asosiy metodlari nimalardan iborat?
Ularni qo‘llashda qanday o‘ziga xoslik namoen bo‘ladi?
Ijtimoiy so‘rovnomadan qayday foydaniladi?
Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Umarxo‘jaev M.E. Umumiy tilshunoslik. – Andijon, 2007.
2. Sodiqov A., Xolmurodov A. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2014.
3. Kondrashov N.A. Istoriya lingvisticheskix ucheniy.– M., 2009.
4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – T, 2010.
10-MA’RUZA. TIL SATHLARI BO‘YICHA METODLARNING QO‘LLANILISHI
Reja:
1. Til sathi tushunchasi va uning tasniflanishi.
2. Til sathlari klassifikatsiyasi.
3. Til sathlari bo‘yicha metodlar.
1. Til sathi tushunchasi va uning tasniflanishi.
Til sathi bir xil qiymatga ega bo‘lgan til birliklari majmuidir. Til sathi tushunchasining ilmiy asosi Amerika deskriptiv tilshunosligida yaratilgan. Til sathlari oliy va quyi sathdan iborat bo‘lishi e’tirof etiladi. Masalan: quyi sath (fonemalarning tuzilishi) va oliy sath (so‘zlarning tuzilishi). Til sathlari yig‘indisi til tizimini tashkil etadi. Har bir sath o‘z birligiga ega va mazkur sath murakkablik darajasiga ko‘ra, o‘zaro bir xil birliklardan iborat bo‘ladi. Zero, til birligi murakkablik va vazifaviy nuqtai nazardan o‘zaro farqlanadi. Til birliklari nutqiy faoliyat jarayonida boshqa (sath) birliklar bilan munosabatga kirishadi. Bunday munosabatlar sintagmatik, paradigmatik va ierarxik darajada bo‘ladi. Bunda til birliklarining birikishi ketma-ket tartibda amalga oshsa, sintagmatik (kombinatorlik) munosabatga kirishadi, agar til birliklarining birikishi ularning o‘zaro umumiy va o‘xshash xususiyatlari asosida amalga oshsa, paradigmatik (assotsiativ) munosabatga kirishadi. Ierarxik munosabatga ko‘ra, oddiy, soddaroq til birliklari murakkabroq birliklar bilan birikadi.
Til sathlarini ajratish mezoni til birliklarining ichki yaxlitligiga egaligi, sintagmatik, paradigmatik va ierarxik munosabatlarga kirisha olishi kabi tamoyillarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |