A. Yuldashev “lingvistik tahlil metodlari” fanidan ma’ruzalar matni toshkent-2021


Download 276.68 Kb.
bet52/65
Sana14.11.2023
Hajmi276.68 Kb.
#1772083
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik kafedrasi-hozir.org (1)

3. Matn stilistikasi muammolari.
D.U. Ashurovaning e’tirof etishicha, matn (asosan badiiy matn) tadqiqida stilistika alohida o‘rin tutar ekan, matn lingvistikasidan matn stilistikasini alohida ajratish maqsadga muvofiq. Matn stilistikasi qator muammolar bilan shug‘ullanadi:
a) matnning funksional uslub nuqtai nazardan turlari;
b) matnning kompozitsion tuzilishi;
v) stilistik matn kategoriyalari;
g) struktural va mazmuniy butunlikning stilistik vositalari;
d) individual uslubning stilistik xususiyatlari;
e) til birliklarining konseptual axborotni etkazish va olamning konseptual manzarasini tasvirlashdagi ahamiyati.
Shuningdek, D.U. Ashurova stilistik eksperiment metodi hususida quyidagilarni qayd etadi: stilistik eksperiment metodi sinonim, antonim, parafraza, matn chegaralarini qisqartirish va oshirish va matndagi turli transformatsiyalar bilan shug‘ullanadi. Ushbu metod til birliklarining stilistik va kontekstual ma’nolarini aniqlash va qo‘shimcha stilistik axborotga ega bo‘lish uchun ishlatiladi.
Shu ma’noda qayd etish lozimki, stilistik tahlil tilning sathlariga ko‘ra o‘z ko‘rinishlariga ega bo‘lishi mumkin. Jumladan, Q.O. Saparova o‘zining doktorlik dissertatsiyasida stilistik tahlil metodidan fonostil va fonostilistik vositalarning miqdoriy xususiyatlarini tahlil qilish uchun foydalangan.
Shuningdek, tilning fonologik sathida uning fonostilistik ko‘rinishini e’tirof etish mumkin. Robiddin Ishoqov she’rlarining ayrim fonostilistik xususiyatlarini tahlil qilar ekan, prof. N.Uluqov fonetik birlik va usullar she’r ohangdorligi, emotsionalligi va badiiyligini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi. Bunda alliteratsiya va assonans kabi fonetik stilistik vositalarning she’rning musiqiyligi, ohangdorligi va estetik ta’sirini oshirishdagi ahamiyati ta’kidlanadi. N.Uluqovning fikricha, bunday vositalar shoir tomonidan turli uslubiy maqsadlarda qo‘llanilgan.
Demak, ma’lum bo‘ladiki, fonostilistik tahlilda tovushlarning stilistik xususiyatlari va ularning nutqdagi ta’sirchanlik masalalari o‘rganiladi.


Savollar:
  1. Stilistikaning o‘rganish ob’ektini nima tashkil etadi?


  2. Stilistik tahlil bu qanday metod?


  3. U qanday amalga oshiriladi?


  4. Stilistik tahlil jaraenida matnning qaysi jihatlariga e’tibor qaratish zarur?


  5. Matn stilistikasi qanday muammolar bilan shug‘ullanadi?





Download 276.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling