A. Yuldashev “lingvistik tahlil metodlari” fanidan ma’ruzalar matni toshkent-2021


Download 276.68 Kb.
bet54/65
Sana14.11.2023
Hajmi276.68 Kb.
#1772083
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik kafedrasi-hozir.org (1)

2. Matn tahlili metodlari.
Matn tilning sintaktik birligi sifatida o‘z tahlil metodlariga ega. YA’ni, tahlil metodlari tadqiq etilayotgan til birligining mohiyatini yoritishda mazkur birlikning xususiyatidan kelib chiqib tanlanadi. D.U. Ashurova va M.R. Galievalarning e’tirof etishicha, tadqiqot usullaridan quyidagilar matn tahlili uchun samarali qo‘llanishi mumkin: lingvistik kompensatsiya, komponent tahlil, assotsiativ maydon usuli, stilistik eksperiment usuli, supraliner tahlil usuli, pragmatik tahlil usuli, kategorizatsiya usuli, modellashtirish usuli, konseptual tahlil, konseptologik tahlil, kognitiv-metoforik tahlil, kognitiv modellashtirish (freym tahlil, kognitiv xarita), madaniyatlararo tahlil va korpus tahlil usullari. Ta’kidlash joizki, ushbu tahlil metodlari matn tahlilini amalga oshirishda matnning turi, tabiati va mohiyatiga ko‘ra, turli nuqtai nazardan yondashadi. SHuningdek, O.V. Mitina, A.S. Evdokimenkolar matnni tahlil qilishda quyidagi tadqiqot usullarini sanab o‘tadi: intent-tahlil, kontent-tahlil, fonosemantik tahlil, diskurs tahlil, narrativ tahlili, matnni ekspert baholash, grafematik tahlil, morfologik tahlil, sintaktik tahlil, semantik tahlil.
Matn tahlili usullarining rang-barangligi matn tahlili birliklari, ularning o‘zaro munosabatlari, mazkur birliklarning mental va ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liqligi kabi omillarga bog‘liq. Tahlil birliklari umuman olganda butunning barcha asosiy xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, boshqa komponentlarga bo‘linmaydigan birlik hisoblanadi. O.V. Mitina, A.S. Evdokimenkolarning qaydicha, matn tahlilining psixolingvistik birliklari quyidagilar bo‘lishi mumkin: sub’ektning til haqidagi qarashlari, lingvistik qobiliyatning onglilik, motiv va intensiyadagi aksi va h.k. Demak, matnni tahlil qilishda tahlil birliklari tadqiqot maqsadidan kelib chiqib o‘rganiladi. Bunda psixolingvistik nuqtai nazardan matn tahlili birliklariga misollar yuqoridagicha keltirilishi mumkin.


3. Matn tahlillarining qo‘llanilish prinsiplari.
Intent tahlil. Matnda muallifning intensiyalari (sub’ektiv munosabati)ni o‘rganish usulidir. Muallif intensiyasi ushbu tahlil usuli yordamida samarali aniqlanadi. Zero, muallifning individual uslubi va tili uning intensiyasini aniqlash uchun etarli emas. Ushbu metod o‘zining izchil bosqichlariga ega: muhokama etilgan mavzu va masalalarni tanlash; ob’ektlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash; tasvir vositalarni mahfiylashtirish; ob’ektlar guruhini baholash; qo‘lga kiritilgan qiymatlarni o‘rta darajaga keltirish; har bir ob’ektning asosiy qiymatini ma’lum parametrlar yordamida aniqlash.

Download 276.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling