A. Yuldashev “lingvistik tahlil metodlari” fanidan ma’ruzalar matni toshkent-2021
Download 276.68 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik kafedrasi-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonosemantik tahlil.
Kontent tahlil. Ushbu tahlil metodi matn kontentini ham sifat ham miqdor nuqtai nazardan tahlil qilish imkonini beradi. So‘zlarning distributsiya chastotasi, so‘z birikmalar distributsiya chastotasi va shu kabi boshqa matn birliklari o‘rganiladi. Kontent tahlilning turli usullari mavjud. PROTAN har qanday matnni tahlil qilishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan kontent tahlil tizimi bo‘lib, tadqiqotchiga ikki masalani echish imkonini beradi: matnning strukturasini aniqlash (semantik lug‘atlar yordamida); matndagi asosiy mavzu va g‘oyalarni aniqlash (matn tahlii birliklari o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi ma’lumotga asoslangan holda).
S. Ticher va boshq.ning e’tirof etishicha, dastlab, kontent tahlil matn mazmunining komponentlarining tadqiqiga, ya’ni matndagi so‘zlarning nisbiy chastotasini o‘lchashga nisbatan qo‘llangan bo‘lsa-da, hozirda matning sintaktik, semantik va pragmatik aspektining tahlilini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Xususan, qayd etiladiki, kontent tahlil kommunikatsiyaning kontent-axborot qismini ob’ektiv, tizimli va kvantitativ ravishda tahlil qilish usulidir. U ma’lum axborot xususiyatlarini tizimli va ob’ektiv aniqlash orqali xulosalar shakllantirish usulidir. Fonosemantik tahlil. Ushbu tahlil usuli matn yoki so‘zni uning kontentidan qati nazar, tovush tomonini o‘rganadi. Bunda ma’lum matn yoki so‘zning fonemalar tizimi ularning standartlashgan bahosi bilan qator o‘rinlarda solishtiriladi. Ushbu metodning natijasi standartlashgan semantik maydondagi reyting shkalasining profili bilan belgilanadi. Ammo ushbu metodning natijalari shubhali va ishonchsiz chiqishi ham mumkin. Buning asosiy sababi tahlil birliklari o‘ziga xoslik darajasining nihoyatda yuqori ekanligi bilan izohlanadi. Vaal fonosemantik tahlil usuli sifatida so‘z yoki matnning kitobxonga fonetik ta’sirini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunda psixofiziologik mexanizm shaxs ongiga so‘z yoki matn fonetikasining emotsional ta’sirining asosi hisoblanadi. Ushbu nuqtai nazardan, tayyor matnlarni tahlil qilish mumkin bo‘lib, bunda matn muallifining individual va psixologik xususiyatlarini aniqlash imkoni mavjud. Diaton fonosemantik tahlilning bir turi bo‘lib, matnning yashirin xususiyatlarini tahlil qilish imkonini beradi: fonosemantik, ritmik va struktural. Download 276.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling