A yuldashev
-§ . Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq hisoblab
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish
4 -§ . Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq hisoblab
chiqarish tartibi va to'lash muddati Yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni olin- gan suv hajmi doirasida hisoblab chiqadilar. Bu soliq bo'yicha hisob- kitoblar yil choraklari bo'yicha va yillik moliyaviy hisobotlami topshirish uchun belgilangan muddatlarda soliq organlariga taqdim etiladi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to'lovchi hisoblana- digan xorijiy investitsiyali korxonalar ushbu soliq bo'yicha hisob-kitobni bir yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobotlami topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadilar. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq amalda olingan suvning hajmidan kelib chiqib, har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar to'lanadi. , Yilning choragi davomida suv resurslaridan foydalanganlik uchun to '- laydigan solig'ining umumiy summasi eng kam ish haqining ellik baro- baridan kam bo'lgan korxonalar soliqni yilning har choragida bir marta, yil choraklari bo'yicha moliyaviy hisobotlami topshirish uchun belgilangan m uddatlarda to'laydilar. Qishloq xo'jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni bir yilda bir marta joriy yilning 15-dekabrigacha to'laydilar. Yil yakunlari bo'yicha hamma soliq to'lovchilar yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun belgilangan m uddatlarda davlat soliq xizmati organlariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni summasini hisob-kitobini taqdim etadilar. Soliq to'liq to'lanm agani holda to'lanm ay qolgan soliq summasi hisob-kitob taqdim qilinganidan so'ng besh kunlik m uddatda budjetga o't- kaziladi. Ortiqcha to'langan soliq summalari to'lovchining yozma arizasi olin gan kundan boshlab soliqlar va yig'imlar bo'yicha qarz bo'lmagani holda 80 30 kun muddatda soliq idorasi tom onidan soliq to ‘lovchiga qaytariladi yoki navbatdagi to'lovlar hisobiga o'tkaziladi. Yuridik shaxslaming suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha budjet hisob-kitoblarning buxgalterlik hisobi 68-«Budjet bilan hisob-kitoblar» hisobvarag'i, «Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblar» hisobvarag'ida amalga oshiriladi. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling