Abasa’’ surasining qiyosiy tahlili. بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ Birinchi oyat


Download 79.34 Kb.
bet4/11
Sana24.06.2023
Hajmi79.34 Kb.
#1653425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
abasa tayyor

O’n uchinchi oyat:
فِي صُحُفٍ مُكَرَّمَةٍ
Ma’noviy tarjimasi: Hurmatlangan sahifalardadir.
Tafsiri jalolayn:(U Alloh huzurida) hurmatlangan sahifalardadir.
Ikkinchi xabar, chunki undan oldingi jumla jumlayi
mo'tarizadir.

Tafsiri hilol: Ya’ni Qur’oni Karim oyatlari Alloh taoloning huzurida hurmatlangan sahifalarda turadi.
O’n to’rtinchi oyat
مَرْفُوعَةٍ مُطَهَّرَةٍ
Ma’noviy tarjimasi:Oliy qadardirlar, poklangandirlar.
Tafsiri jalolayn: (Shaytonning tеginishidan munazzah) Poklangan,(samoda) ko'tarilgandir
Tafsiri hilol: Ya’ni , mazkur Qur’oni Karim oyatlari turadigan sahifalar martabasi ulug’dirlar va poklangandirlar. Chunki Qur’on oyatlari o’ta mo’tabar va muhtaramdir. Ularni xohlagan kishiga martabasiga, boyligiga va mansabiga qaramay o’rgataverish qadrlari pastligidan emas. Aksincha, bu ish Qur’on oyatlari Alloh taoloning Lavhul Mahfuzdagi azizu mukarram sahifalarda bo’lganligidandir. Alloh taoloning nazdida hamma bandalar teng ekanligidandir. Allohning huzurida bandalarning qadr-qiymati mol-mulklariga va mansabu nasablariga qarab emas, iymon e’tiqodiga, Qur’on oyatlarini o’rganishni xohlashiga qarab bo’lishligidandir.
O’n beshinchi oyat:
بِأَيْدِي سَفَرَةٍ
Ma’noviy tarjimasi: Elchi(farishta)lar qo’llaridadir.
Tafsiri jalolayn: (Yozuvchi) Farishtalar qo'llaridadir. Uni (oyatni)lavhul mahfuzdan ko'chiradilar.
O’n oltinchi oyat:
كِرَامٍ بَرَرَةٍ
Ma’noviy tarjimasi: Ular hurmatlangan va o’ta yaxshidirlar.
Tafsiri jalolayn: Ular hurmatlangan va o'ta yaxshidirlar.Alloh taologa
ito'at qiluvchi farishtalardir.

Tafsiri hilol: Ha, Qur’oni Karim oyatlari “safara” -elchi farishtalar qo’lidadir. U elchi farishtalarning sifatlari hurmatlangan va o’ta yaxshidirlar. Ular avvalo, farishtalardirlar, farishtalar Allohning amridan zarracha ham chetga chiqmaydigan, o’zlariga berilgan amrni so’zsiz va bekami ko’st bajaradigan zotlardir. Shuning uchun ham, Qur’oni Karim oyatlarini naql va mahofaza qilishlarida hech qanday shak-shubha yo’q.

Download 79.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling