Yigirma oltinchi oyat:
ثُمَّ شَقَقْنَا الْأَرْضَ شَقًّا
Ma’noviy tarjimasi: So’ngra yerni o’ziga xos yordik.
Tafsiri jalolayn: So'ng (o'simliklarni chiqarib)yеrni o'ziga xos yorishlikda yorib qo'ydik.
Tafsiri hilol: Ya’niz yomg’ir yoqqandan so’ng, nabotot yerni yorib o’sib chiqdi. Bularning barchasi Alloh taoloning qudrati bilan bo’ladi va Alloh taolo tarafidan bandalarga ulug’ ne’matlar hisoblanadi.
Yigirma yettinchi oyat:
فَأَنْبَتْنَا فِيهَا حَبًّا
Ma’noviy tarjimasi: Biz unda donni.
Tafsiri jalolayn: Bas, unda (bug'doy va arpa kabi) donlarni o'stirib qo'ydik.
Tafsiri hilol:
Yigirma sakkizinchi oyat:
وَعِنَبًا وَقَضْبًا
Ma’noviy tarjimasi: Va uzum va ko’klarni.
Tafsiri jalolayn: Uzum va ko'katlarni. U ho'l somon va poxoldir
Tafsiri hilol:
Yigirma to’qqizinchi oyat:
وَزَيْتُونًا وَنَخْلًا
Ma’noviy tarjimasi: Va zaytun va xurmolarni.
Tafsiri jalolayn: Va zaytun va xurmolarni.
Tafsiri hilol:
O’ttizinchi oyat:
وَحَدَائِقَ غُلْبًا
Ma’noviy tarjimasi: Va tig’iz bog’larni.
Tafsiri jalolayn: Va (daraxtlari ko'p bo'lgan) bog'larni.
Tafsiri hilol:
O’ttiz birinchi oyat:
وَفَاكِهَةً وَأَبًّا
Ma’noviy tarjimasi: Va mevalaru o’t-o’lanlarni o’stirib qo’ydik.
Tafsiri jalolayn: Mеva va o'simliklarni o'stirib qo'ydik. Ya'ni, u o'simlikdan murod chorpo hayvonlar yеydigan narsa, uni somon ham dеyishgan.
Tafsiri hilol: Darhaqiqat, donmi, uzummi, ko’kmi, zaytunmi, xurmomi, qalinquyuq bog’larmi, meva- chevalarmk, o’t-o’lanlarmo yoki boshqa narsalarning hamma-hammasjInk Alloh o’stiradim. U zotdan boshqa hech kim, hech qanday kuch bu ishning zarrachasini ham qila olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |