Abasa’’ surasining qiyosiy tahlili. بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ Birinchi oyat


Download 79.34 Kb.
bet5/11
Sana24.06.2023
Hajmi79.34 Kb.
#1653425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
abasa tayyor

O’n yettinchi oyat:
قُتِلَ الْإِنْسَانُ مَا أَكْفَرَهُ
Ma’noviy tarjimasi:Insonga la’nat bo’lsin, uning kofirligi qandoq shiddatli bo’ldi.
Tafsiri jalolayn: (Kofir) insononga la'nat bo'lsin, uning kofirligi qandoq ham shiddatli bo'ldi? Istifhomi tanbеh, Ya'ni nima narsa uni kufr kеltirishga majbur qildi.
Tafsiri hilol: Alloh taoloning la’nati va O’z rahmatidan uzoqlashtirishi bo’lsin bir insongaki, uning kofirligi qandoq ham yomon ish bo’ldi! Alloh unga rahim qilib , to’g’ri yo’llash uchun hidoyat mayog’I etib o’z huzuridagi Qur’onni nozil qilsa, bu inson qurg’ur unga iymon keltirib ikki dunyosi saodatini topish o’rniga kufr keltirib ikki dunyosi saodatini topish o’rniga kufr keltiradi va ilohiy dastur bo’lmish Qur’on haqida turli bo’lmag’ur gaplarni aytadi.
O’n sakkizinchi oyat:
مِنْ أَيِّ شَيْءٍ خَلَقَهُ
Ma’noviy tarjimasi: Uni qaysi narsadan yaratdi?
Tafsiri jalolayn: Uni nima narsadan yaratdi? Tasdiqlovchi istifhom, so'ng U zotning o'zi bayon qilib aytadiki
Tafsiri hilol: Ya’ni, Alloh taolo o’sha kofirni nimadan yaratdi?!
Alloh taolodan o’zga yaratuvchi bo’lishi mumkin emasligi oddiy mantiq dalolati bo’lgani uchun, oyatda “Alloh” so’zi zikr qilinmagan. Chunki Alloh taolodan o’zga yaratuvchi bo’lishi hech kimning , hatto o’sha nobakor kofirning ham hayoliga kelmaydi. Mazkur kofirni butu sanamlar xalq qilgani yo’q. Shuningdek, u o’zini o’zi xalq qilgani ham yo’q. Zotan mahluq, o’zi mahluq bo’la turib, bir vaqtning o’zida xoliq ham bo’lishi mumkin emas.
O’n to’qqizinchi oyat:
مِنْ نُطْفَةٍ خَلَقَهُ فَقَدَّرَهُ
Ma’noviy tarjimasi: Nutfadan uni yaratdi va uni o’lchovchi qildi.
Tafsiri jalolayn: Uni nutfadan yaratdi, bas uni o'lchovli qildi. Avval alaq so'ng muzg'a qildi, yaralishining oxirigacha shu yo'sinda qildi.
Tafsiri hilol: Ya’ni Alloh taolo insonni nutfadan yaratdi va uning barcha a’zolarini o’lchovli qildi. Ha, o’z Xoliqini inkor qilib kufrga ketgan, U yuborgan Payg’ambarni yolg’onchiga chiqarayotgan va U nozil qilgan Qur’onni tan olmayotgan mutakabbir kofirni Alloh taolo “nutfa” dan – jinsiy a’zodan chiqadigan jirkanch suvdan xalq qilgan. Bu suv shunchalik jirkanchki, undan har qanday odam o’zink olib qochadi, badani yoki kiyimiga tegib qolsa, tezroq yuvib undan poklanishga shoshiladi. Ana shundoq suvdan paydo qilingan inson, endi o’zini xalq qilgan ulug’ Zotga kufr keltirib mutakabbirlik qiladigan bo’lib qoldimi?
Imom Hasan al-Basriy: “ Siydik yo’lidan ikki marta chiqqan kimsa qandoq qilib mutakabbirlik qilar ekan?!”- deganlar. Ya’ni, otasining siydik yo’lidan bir marta, onasining siydik yo’lidan bir marta chiqqan kimsa uchun mutakabbirlik qilishga yo’l bo’lsin, deganlaridir.

Download 79.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling