Abasa’’ surasining qiyosiy tahlili. بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ Birinchi oyat


Download 79.34 Kb.
bet6/11
Sana24.06.2023
Hajmi79.34 Kb.
#1653425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
abasa tayyor

Yigirmanchi oyat:
ثُمَّ السَّبِيلَ يَسَّرَهُ
Ma’noviy tarjimasi: So’ngra, chiqish yo’lini oson qildi.
Tafsiri jalolayn: So'ngra unga yo'lni osonlashtirdi. Ya'ni, onasining qornidan chiqishlik yo'lini unga oson qildi.
Tafsiri hilol: Ya’ni, Alloh taolo insonga onasining qornidan chiqish yo’lini oson qildi. Onasi qornida homila holida to’qqiz oy mukammal inson holiga kelgan bolaning chiqish yo’lini Alloh taoloning O’zi oson qilmasa, bo’larmidi? Hozir gerdayib, mutakabbirlik qilib kufr keltirayotgan kimsa onasining qornidan o’zi chiqishiga yo’l topa olmas edi. Onasi ham to’lg’oq dardidan boshqa narsani sezmas edi. Salgina o’ylash qobiliyatiga ega inson taxminan uch- to’rt kilo og’irlikdagi va shunga yarasha hajmdagi bolaning o’z onasi qornidan chiqishi uchun Allohdan boshqa hech kim yo’link oson qila olmasligini tushunadi.
Yigirma birinchi oyat:
ثُمَّ أَمَاتَهُ فَأَقْبَرَهُ
Ma’noviy tarjimasi: So’ngra o’ldirdi va qabrga kirgazdi.
Tafsiri jalolayn: So'ngra uni o'ldirdi va qabrga kirgazdi. Ya'ni, uni to'sib turadigan qabrning ichida qildi.
Tafsiri hilol: Ha, Alloh taolo inson kim bo’lishidan qat’iy nazar uni o’ldiradi va qabrga kiritadi. Ha, bu dunyoda o’lmagan kim bor? O’lim haq! Uning oldida har qanday ashaddiy kofir ham bo’yin egadi. O’lim Alloh taolodan bo’lishi ham haq. Butun dunyo bir bo’lib qadimdan buyon hech bo’lmasa biror shaxsning o’lmay qolishi uchun chora axtarmoqda, ammo ilojini topa olmayaptilar. Alloh xohlagan shaxsni xohlagan lahzasida o’ldirib, qabrga kiritmoqda.
Yigirma ikkinchi oyat:
ثُمَّ إِذَا شَاءَ أَنْشَرَهُ
Ma’noviy tarjimasi: So’ngra (qachon) xohlasa, uni qayta tiriltiradi.
Tafsiri jalolayn: So'ngra agar xohlasa uni tiriltiradi. Qayta
tiriltirish uchun.

Tafsiri hilol: Ha, Alloh taolo insonni o’ldirib, qabrga kiritib, tek qo’yib qo’ymaydi. Balki, qachon xohlasa, uni qayta tiriltiradi. Qayta tiriltirish esa, bu dunyoda qilganlarini hisob-kitob qilib, jazo yoki mukofotini berish uchun bo’ladi. Shuning uchun inson bu dunyoda Allohga iymon keltirib, toat qilishi, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirib, u zotga ergashishi, Qur’onga iymon keltirib , amal qilishi lozim.

Download 79.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling