Abduhamidov F. A
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Molekulyar fizika
To’yingan bug’
Bug’lanayotgan suyuqlik usti berkitilsa, suyuqlik ustida bug’ yig’ilib boradi (28-rasm). Bunda bug’lanayotgan molekulalar kondensatsiyalanayotgan molekulalardan ko’p bo’ladi. Bu holda suyuqlik ustidagi bug’ to’yinmagan bug’ deyiladi. Yopiq idishdagi suyuqlik ustida bug’ molekulalari ko’payishi bilan kondensatsiyalanish ham ortadi. Ma’lum vaqtga borib bug’lanish va kondensatsiyalanish tezligi tenglashadi. Bunday sharoit dinamik muvozanat holat deyiladi. O’zining suyuqligi bilan dinamik muvozanatda bo’lgan bug’ to’yingan bug’ deb ataladi. Bunday sharoitda suyuqlik ustida qaror topgan bosim to’yingan bug’ bosimi deyiladi. Berilgan tempeaturada bug’ning bosimi (va zichligi) to’yinish bug’i bosimidan (zichligidan) ortmaydi. Suyuqlik temperaturasi orta borganda to’yingan bug’ bosimi ham ortadi. To’yingan bug’ bosimining temperaturaga bog’liqligi: 44 Abduhamidov F.A. Temperatura qancha organ sari molekulalar suyuqlikka aylanishi uchun shuncha ko’p energiya oladi, buning natijasida to’yingan bug’ zichligi ortadi (29-rasm). To’yingan bug’ bosimi quyidagi ideal gaz xolat tenglamasidan kelib chiqqan ifodadan aniqlanadi: P nkT Ideal gaz uchun bu munosabat chiziqli bog’lanishga ega, bunda n konsentrasiya temperaturaga bog’liq emas. To’yingan bug’ bosimining temperaturaga bog’liqligi chiziqli emas. Bunga sabab shuki suv qizdirilganda uning molekulalarining xaotik xarakat tezligi ortishi bilan bir vaqtda bug’ning massasi xam ortadi, buning natijasida, molekulalar konsentrasiyasi ortadi. Boshqacha aytganda, to’yingan bug’ bosimining ortishi molekulalar xarakat tezligining va ularning konsentrasiyasi ning ortishi xisobiga bo’ladi. Lekin temperatura ko’tarilishi bilan molekulalarning xarakat tezligi sezilarsiz ortadi, shuning uchun to’yingan bug’ temperaturasi ortganda uning bosimining ortishi bug’ massasining va n konsentrasiyasining ortishi xisobiga bo’ladi. To’yingan bug’ bosimi faqat uning temperaturasi va bug’ turiga bog’liq, uning xajmiga bog’liq emas. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling