Abduhamidov F. A


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/50
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1801069
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
Bog'liq
Molekulyar fizika

KAPILYAR XODISALAR 
 
Shu vaqtgacha suyuqlikning sirt qatlamida uning bug’i bilan chegarasidagi 
xodisa qarab chiqildi. Bu xolda suyuqliklar molekulalarining bug’ 
molekulalari bilan kuchsiz o’zaro tasirini xisobga olmaslik mumkin edi. 
Suyuqlikning sirt qatlamida uning qattiq jism (yoki boshqa suyuqlik) bilan 
chegarasida murakkab xodisa sodir bo’ladi. Bunday xolda suyuqliklar 
molekulalari qattiq jism molekulalari bilan o’zaro tasirlari sezilarli va uni 
xisobga olmaslik mumkin emas. 
Xo’llash va xo’llamaslik xodisasi. 
 
Kundalik tajribada suv tomchisi stolning toza sirtida yoyilishi, biroq 
yog’li stol ustida yoyilmasligi, deyarli sharcha shaklini olishi kuzatiladi.
Birinchi xolda suv stol sirtini xo’llaydi, ikkinchi xolda esa xo’llamaydi 
deyiladi. Xo’llash va xo’llamaslik xodisasi suyuqlik va qattiq jism orasida 
o’zaro tasir kuchining namoyon bo’lishiga yaqqol misol bo’la oladi. 
Xo’llash xolida suyuqlik molekulalarining bir – biri bilan o’zaro tasir 
kuchi, qattiq jism molekulalarining o’zaro tasir kuchidan kichik. Bu kuch 
tasirida (shuningdek og’irlik kuchi tasiri ostida) suyuqlik qattiq jism sirti 
bo’ylab yoyiladi(41-rasm). 
Xo’llamaslik xolida aksincha: suyuqlik molekulalarining bir – biriga 
tortishish kuchi qattiq jism molekulalarining o’zaro tasir kuchidan katta, 
natijada suyuqlik shar shakliga yaqin shaklni oladi(42-rasm). Suyuqliklar 
tomchilarining yassilanishi – og’irlik kuchi tasiri suyuqlik molekulalarining 
qattiq jism molekulalari bilan o’zaro tasirlashishi natijasidir.
Xo’llash o’lchovi bo’lib xo’llanuvchi sirt va suyuqlik sirtiga o’tkazilgan
urinma o’rasidagi 
𝜃 burchak xisoblanadi. Bu burchakni xo’llanish burchagi
yoki chegaraviy burchak deb ataladi.
Xo’llanish va xo’llamaslik xodisalari turmushda va texnikada juda katta 
axamiyat kasb etadi. Agar suv bizning tanamizni xo’llamaganda edi, dushda 
cho’milish befoyda bo’lar cho’milish jarayonini faqat yutuvchi modda 
yordamida amalga oshirish mumkin bo’lar edi. Yaxshi xo’llanishni, masalan, 
bo’yashda va artishda, payvandlashda, oqartirish va boshqa texnologik 
jarayonlarda kuzatiladi. Aksincha, gidroizolyasion inshoot qurilayotganda suv 
bilan xo’llanmaydigan modda zarur bo’ladi. 
Agar suyuqlikni shu suyuqlik bilan xo’llanadigan materialdan yasalgan 
idishga quyilsa, u xolda suyuqlik sirti idish devorida egrilanadi. Suyuqlikning 
bir qismi idish devori bo’ylab ko’tariladi(43-rasm). Bu suyuqlik molekulalari- 
ning idish devorlari bilan o’zaro tasir kuchi suyuqlik molekulalarining bir – 
birlari bilan o’zaro tasirlashishidan katta bo’ladi. 


54 
Abduhamidov F.A. 
Agar suyuqlikni shu suyuqlik bilan xo’llamaydigan materialdan yasalgan 
idishga quyilsa, uning sirti idish devorida 44-rasmda ko’rsatilgandek bo’ladi. 
Suyuqlikning qattiq jism bilan tegib turgan chegarasi yaqinidagi egilgan 
sirti menisk (grekcha <> so’zidan olingan bo’lib, yarim oy degan 
manoni bildiradi). 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling