Abduhamidov F. A
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Molekulyar fizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kristall jismlar. Atom yoki molekulalari fazoda muayyan tartibli davriy strukturani
QATTIQ JISMLAR XOSSALARI
O’z shakli va hajmini saqlaydigan jismlar qattiq jismlar deb ataladi. Qattiq jismlarda atom (molekula)lar muvozanat vaziyatlari atrofida tebranib turadi. Qattiq jismlar tuzilishiga ko’ra kristall va amorf jismlarga bo’linadi. Kristall jismlar. Atom yoki molekulalari fazoda muayyan tartibli davriy strukturani (tuzilmani) tashkil etgan qattiq jismlar kristall jismlar deb ataladi. «Kristall» so’zi yunonchadan olingan bo’lib, «muz» degan ma’noni bildiradi. Kristall jismning atom (molekula)lari turgan joylar tutashtirilsa, kristall panjara hosil bo’ladi. Atom (molekula)lar joylashgan nuqtalar kristall panjaraning tugunlari deyiladi. 48-rasmda osh tuzi kristall panjaralari tasvirlangan. Kristall jismlarda turli yo’nalishlarda atom (molekula)lar orasidagi masofa bir xil emas. Har xil yo’nalishlarda kristallar issiqlik, elektr toki va yorug’likni turlicha o’tkazadi. 49-rasmdagi 1,2 va 3 yo’nalishlarda kristall jismning mexanik xossalari turlicha bo’ladi. Jismlarning fizik xossalari uning ichki yo’nalishlariga bog’liqligi anizatropiya deb ataladi. Kristall jismlar anizatrop xossaga ega. Yunonchada anizos - bir xil emas, tropos - yo’nalish degan ma’nolarni bildiradi. Metall parchasi juda ko’p mayda kristallchalardan tashkil topgan bo’ladi. Metall quyishda bunday kristallchalar bir-biriga nisbatan tartibsiz joylashib qoladi. Shuning uchun bunday metallarning fizik xossalari barcha yo’nalishlarda bir xil bo’ladi. Bir-biriga nisbatan tartibsiz holatdagi ko’p kristallchalardan tuzilgan jism polikristall deb ataladi. Lotinchada poli – so’zi ko’p degan manoni bildiradi. Masalan, qotib qolgan tuz parchasi va oq qand polikristallardir. Ular maydamayda kristallchalardan tashkil topgan. Sanoat, qurilish, energetika, aloqa va boshqa sohalarda asosanpolikristall holatdagi mahsulotlar ishlatiladi. Agar jism yaxlit kristaldan iborat bo’lsa, bunday jism monokristall deb ataladi. Lotinchada mono – so’zi bir degan ma’noni bildiradi. 57 Molekulyar fizika Masalan, alohida mayda osh tuzi, shaker zarrachalari monokristallardir. Ayrim maqsadlarda, masalan, elektronika sohalarida monokristallar keng qo’llaniladi. Buning uchun maxsus usullar yordamida monokristallar olinadi. Suyultirilgan shakardan tayyorlangan novvot ham monokristalldir. Monokristall anizatrop xususiyatga ega bo’ladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling