Abduhamidov F. A


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/50
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1801069
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
Molekulyar fizika

Amorf jismlar. 
Kristallardan farqli ravishda amorf jismlarda atom (molekula)lar qat’iy 
tartibda joylashgan emas. Shisha, plastmassalarni amorf jismlarga misol qilib 
keltirish mumkin. 
Amorf jismlarning fizik xossalari barcha yo’nalishlarda bir xil bo’ladi. 
jismning fizik xossalari uning ichki yo’nalishlarga bog’liq bo’lmasligi 
izotropiya deb ataladi. Amorf jismlar izotrop xossaga ega. 
Yunonchada izos – bir xil degan ma’noni bildiradi. 
Tashqi ta’sir ostida amorf jismlar ham qattiq jismlardek sinuvchan, ham 
suyuqliklardek oquvchan bo’ladi. amorf jismni zarb bilan urilsa u 
parchalanadi. Lekin kuchlar uzoq ta’sir etsa, amorf jism sezilarli ravishda 
oqadi. Masalan, shisha ham ma’lum darajada oqadi. Uzoq vaqt vertical 
holatda turgan deraza oynasining qalinligi o’lchanganda, uning pastki qismi 
qalinlashib qolgani aniqlangan. 
Moddaning kristall xolatini amorf xolatidan farqlovchi asosiy belgisi 
shundan iboratki:

Kristall moddalar erish temperaturasida suyuq xolatga o’tadi (eriydi).

Amorf xolatdagi modda qizdirilganda sekin asta yumshab borib, so’ngra 
suyuq xolatga o’tadi. 
Amorf jism o’z-o’zidan kristall xolatga o’tishi mumkin. Xuddi 
shuningdek, plastik oltingugurt xam o’z o’zidan kristall xolatga aylanadi. Juda 
eski qalalar oynasi va eskirib ketgan billur shishalarni tekshirish, ularning 
yaltiroqligining yo’qolish sababi, ularda mayda kristallar xosil bo’lishi 
ekanini ko’rsatadi. 
Amorf jismlar o’z-o’zidan kristall xolatga o’tadi. Shuning uchun 
moddaning kristall shakli amorf jismlarga qaraganda turg’unroq bo’ladi. 
Molekulalarning tuzilishi. 
 
Kristall panjarani xosil qilgan molekulalar (ionlar, atomlar) tugunlar 
atrofida tugunlar orasidagi masofalarga nisbatan kichik og’ib tebranadi. 
Jismning temperaturasi qancha yuqori bo’lsa, molekulalarning tugun vaziyati 
yaqinidagi tebranish qulochi shuncha katta bo’ladi. 


58 
Abduhamidov F.A. 
Qattiq jism molekulalarining kinetik energiyasi ularning o’zaro tasiri 
potensial energiyalaridan juda kichik. 
Amorf jismlar molekulalari suyuqlik molekulalari kabi xarakatlanadi, 
ammo ularning xarakatchanligi juda kichik. 
50-rasmda oddiy kristall panjaralarning turlari keltirilgan. 
50-rasm 
1 – oddiy kub shaklidagi kristall panjara (NaCl, KCl); 
2 – tomonlari markazlashgan kub shaklidagi kristall panjara (Cu, Ag, Pt, Au); 
3 – xajmiy markazlashgan kub shaklidagi kristall panjara (Li, Na, K, W); 
4 – geksagonal kristall panjara (Mg, Zn, Re, Ti). 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling