50
Abduhamidov F.A.
SUYUQLIKLARNING XOSSALARI
Suyuqliklarning gazlardan asosiy farqlari shundaki:
Gaz ma’lum xajmga ham shaklga ham ega emas.
Gaz qanday idishga
solinsa, uning to’liq xajmini va shaklini egallaydi.
Suyuqlik esa, o’zining
xususiy xajmiga ega, lekin shaklga ega emas.
Suyuqlik
biror idishga solinsa, u idishda o’zining
xajmichalik joyni va
idish shaklini egallaydi.
Gazlar
nisbatan oson siqiladi, suyuqliklar esa amalda deyarli siqilmaydi.
Bu esa suyuqliklarning molekulalari bir-biridan kichik masofalarda (suyuqlik
molekulalari deyarli yopishib turadi) joylashishidan dalolat beradi. Shu
sababli, suyuqliklarni siqish uchun molekulyar itarishish kuchini yengib o’tish
kerak.
Maxsus o’tkazilgan tajribalar suyuqliklarda
xar bir molekula yaqinida
boshqa molekulalar malum tartibda joylashganini ko’rsatdi.
Biroq katta
sohalar
mashtabida tartib bo’lmaydi.
Shuning uchun suyuqliklar
molekulalarining joylashishi yaqin tartibga bo’ysunadi
va uzoq tartibda esa,
o’rinli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: