Abduhamidov F. A
GAZ MOLEKULALARINING TEZLIGI
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Molekulyar fizika
GAZ MOLEKULALARINING TEZLIGI
Shtern tajribasi 1920 – yilda birinchi bo’lib tajribada molekulalarning ilgarilanma xarakat tezligini nemis fizigi O. Shtern aniqladi. Shtern tajribasi quyidagicha. Shternning molekulalar tezligini aniqlash uchunfoydalangan qurilmasi 4 a- rasmda ko’rsatilgan. U ikkita silindrdan iborat bo’lib, tashqi silindr katta burchak tezlik bilan aylanadi. Ichki silindr markazida kumush sim o’tkazil- 8 Abduhamidov F.A. gan. Sim qizdirilganda, undan kumush atomlari uchib chiqadi. Bu qurilma vakumli kameraga joylashtirilgan holda tajribalar olib boriladi. Agar kumush simni qizdirsak, undan kumush atomlari bug’lanib chiqib, 4 b-rasmdagidek ichki silindr tirqishidan chiqib tashqi silindrdagi A nuqtaga borib o’tiradi. Agar tashqi silindrni ma’lum burchak tezlik bilan aylantirsak (shtern tajribasida aylanish chastotasi ν=1500 s -1 ga teng bo’lgan), biroz vaqtdan so’ng, kumush atomlari υ tezlik bilan harakatlanib, silindrlar orasidagi masofa (R 2 -R 1 ) ni bosib o’tadi 2 1 R R t , A nuqta esa 2 2 s R t masofani bosib o’tib B nuqtaga ko’chadi(4 v-rasm). Bundan molekulalarning o’rtacha harakat tezligini aniqlash mumkin. 2 1 2 2 R R R s Tajribalardan birida kumush molekulalarining ilgarilanma xarakat tezligi 500 m/s bo’lishi aniqlandi. Xuddi shunga o’xshash tajribada kumush atomi 600 m/s tezlik bo’yicha xarakatlandi. Xona temperaturasida kislorod va azod molekulalari esa 400 – 500 m/s tezlik bilan, vodorod molekulalari esa 1600 – 2000 m/s tezlik bilan xarakatlanadi. Molekulalar- ning ilgarilanma xarakat tezligining keltirilgan aniq qiymatini yodda saqlash kerak emas: faqatgina ular sekundiga yuz metr tartibida ekanligini yodda saqlash kifoya. Ov miltig’idan otilgan pitra xuddi shunday tezlikka ega bo’ladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling