Abduhamidov F. A


Molekulalar o’lchamlarini ko’z oldimizga keltirsak, normal bosimda


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/50
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1801069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Molekulyar fizika

 
Molekulalar o’lchamlarini ko’z oldimizga keltirsak, normal bosimda 
va xona xaroratida bir kub santimetr xavoda taxminan 10
20
ta molekula 
bo’ladi. Bu sonni tasavvur qilish uchun, xar sekundda maxsus asbob 
yordamida 1 mln molekulani suzib olib tashlasak, bizga bir necha million 
yil kerak bo’lar edi! 
 
 
BROUN XARAKATI 
 
1827 – yilda ingliz botanigi R. Broun kattalashtiradigan lupa yordamida 
suvda muallaq turgan gulchangni kuzatib, suv ichida juda kichkina gulchang 
zarrasining uzluksiz va xaotik xarakatini payqadi. Broun dastlab zarralarning 
xarakatini ularning jonli bo’lganligidan deb tushuntirdi. Keyinroq ularning 
suvdagi aralashmasini qaynatilgan xolda xam gulchang zarralari xarakatini 
davom ettirayotganini payqadi. Broun ancha keyinroq xar qanday moddadan 



Molekulyar fizika 
tayyorlangan mayda zarralar xaotik xarakatda bo’lishini aniqladi. Broun o’zi 
kashf etgan xodisaning sababini tushuntirib bera olmadi.
Broun xarakatini o’rganish bilan ko’pgina olimlar shug’ullandi. Broun 
xarakatining xaotikligi va cheksiz uzoq muddat sodir bo’lishi, broun 
zarralarining xarakatlanish tezligi esa ularning massalariga bog’liqligi xamda 
temperatura ko’tarilishi bilan ortishi aniqlandi. 
O’tgan asrning ikkinchi yarmida suyuqlikda muallaq turgan broun 
zarralari ularga suyuqlik molekulalari kelib urilishi natijasida xarakatlanadi 
deb faraz qilingan edi. Suyuqlik molekulalari broun zarralariga xamma 
tomondan uriladi. Biroq, bu urilish xar doim xam kompensasiyalanmaydi. 
Biror vaqt momentida qaysidir tomondan molekulalarning urilishi boshqa 
tomonga qaraganda kuchliroq bo’ladi. U xolda zarra xarakatlana boshlaydi. 
So’ngra urilishning zo’ri boshqa tomondan keladi va zarra yangi yo’nalishda 
xarakatlana boshlaydi. Natijada zarralarning tartibsiz xarakati sodir bo’ladi. 
1905–1906 yillarda A. Eynshteyn bu gipotezaga tayanib, broun xara- 
katining qat’iy miqdoriy nazariyasini ishlab chiqdi, buni 1908 – 1913 yillarda 
fransuz fizigi J. Perren tajribada tekshirdi. 
Perren tajribasining to’g’riligini tasdiqladi. 3-
rasmda broun zarralarining harakat traektori- 
yasi ko’rsatilgan. 
Broun xarakati molekulalar va molekul 
yar xarakat xaqidagi asosiy tasavvurlar 
to’g’riligining ishonchli isbotlaridan biri bo’- 
lib xisoblanadi. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling