Abduhamidov F. A
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Molekulyar fizika
TEMPERATURANI O’LCHASH
1. Temperatura – jismning issiqlik darajasini ifodalaydigan fizik kattalik. 2. Temperatura issiqlik o’tkazuvchanlik yo’nalishini ko’rsatadi (issiq jismdan sovuq jismga). 3. Temperatura issiqlik muvozanatini xarakterlaydi (xar xil temperaturali jismlar bir – biriga tekkizilganda ularning temperaturalari tenglashadi). Temperaturani o’lchash uchun TERMOMETRdan foydalaniladi (6-rasm). Termometr termodinamik muvozanatda bo’lgan jism temperaturasiga teng bo’lgan xususiy temperaturani qayd etadi. Sizga tanish bo’lgan simobli va spirtli termometrlarda suyuqlik- 11 Molekulyar fizika lar xajmining temperaturaga chiziqli bog’liqligidan va buning natijasida suyuq lik ustuni balandligining temperaturaga chiziqli bog’liqligidan foydalaniladi. Gazli termometrlarda gaz bosimining temperaturaga bog’liqligidan foyda laniladi, aniq tajriba bilan berk idishga qamalgan gazning temperaturaga proporsionalligi topilgan. P T P – gazning bosimi, T – gazning temperaturasi. Gazli termometr – balondagi gaz bosimini o’lchaydigan monometr bilan ingichka naycha orqali tutashtirilgan gaz bilan to’ldirilgan uncha katta bo’lmagan balondan iborat(7-rasm). Balon temperaturasi o’lchanishi kerak bo’lgan jism bilan issiqlik kontaktiga keltiriladi. Termometr balonida biror vaqt o’tgandan so’ng jism va gaz temperaturasi tenglashadi. Gaz bosimi uning temperaturasiga proporsional bo’lgani uchun temperaturani o’lchash termo- metr balonidagi gaz bosimini o’lchash bilan teng kuchlidir. Shunday qilib, temperatura – gazli termometr ballonidagi gaz bosimiga proporsional bo’lgan kattalik. 8-rasmda temperatura bilan bosimning bog’liqligi tasvirlangan. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling