To’rtlar ittifoqi - 1915-yil 15- sentiyabirda Bolgaryaning Germanya, Avstirya-Vengarya va Turkiya ittifog’iga qo’shilishi natijasida yuzaga kelgan.
Tog’ jinslarining mutloq yoshi – ma’lum bir tog’ jinsining hosil bo’lganidan hozirgcha o’tgan vaqt uning mutloq yoshi deb ataladi.
Tog’ jinslarining nisbiy yoshi – cho’kindi tog’ jinslarining asosiy xususiyati ularning qatlam-qatlam bo’lib yotishidir. Shunday qatlamlarning yotish tartibini va ular tarkibidagi toshga aylangan o’simlik va hayvonlarning qoldiqlarini oldin, qaysilari keyin paydo bo’lganini ya’ni ularning nisbiy yoshini aniqlash mumkin.
Tog’ muzliklari - balandligi 3500-5300 m bo’lgan tog’li hududlarda o’nlarcha katta-kichik muzliklar bo’lib, ular egallagan maydon respublika hududining salkam 6 % ni egallaydi va O’rta Osiyo respublikalarini hayot minbai bo’lgan suv bilan ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadi.
Topaz - Al2[SiO4][F,OH]2. Uning kristalli kvartsda tirnash iz qoldiradi. Ko’p qismi och sariq, sariq, somonsimon-sariq, moviysimon, binafsha, yashil, pushti, kam hollarda qizil rangli.
Topoformantlar - geogarfik nomlar hosil bo’lishida ishtirok etadigan qo’shimchalar
Topografiya – yer yuzasining uncha katta bo’lmagan hududlarini yoki joylarini to’la to’kis o’rganish uchun geodezuk asboblar yordamida plan va kartalarni yaratish usullarini va foydalanish yo’llarini o’rganuvchi fan.
Toponomika - geografik nomlarni paydo bo’lishi, rivojlanishi, o’zgarishi va to’g’ri yozilishini o’rganuvchi fan.
Torf – botqoqliklarda o’simlik qoldiqlaridan hosil bo’ldi.
Tornado – AQSHda tez-tez takrorlanib turadigan juda kuchli quyunning nomi. AQSHning sharqiy, janubi-sharqiy qismida har yili yuzlab tarnadolar kuzatiladi.
Toshtuz – mineral, natiriy xlor. Rangsiz yoki oq kub shaklidagi kristallar hosil qiladi. Suvda yaxshi eriydi. Cho’kindi jinslar orasida qatlamlar hosil qiladi, kimyo, oziq-ovqat sanoqtida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |