Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Troglar (nemischa-tog’ora) -


Download 0.77 Mb.
bet116/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Troglar (nemischa-tog’ora) - muzliklar tektonik yoki erozion vodiydan pastga siljib tushayotganda bu vodiylarni o’yib, ularda uzun tog’orasimon shakldagi vodiylarni hosil qiladigan jarayon.
Tropopo’za – troposfera bilan stratosfera oralig’ida joylashgan.
Troposfera – grekcha, burilish, o’zgarish, geografik qobiqqa kiradi.
Tug’ilish sur’ati - biror hududdagi (qishloq, shahar, viloyat, va boshqa) kishilar orasida muayyan vaqtda tug’ilgan bolalar soni. Bir yil davomida har 1000 kishi hisobiga tirik tug’ilgan bolalar soni bilan belgilanadi.
Tuman - tro’posferaning quyi qismida suv bug’larining kondensatsiyasi va sublimatsiyasi natijasida hosil bo’ladi. Tumanlar juda mayda suv tomchilaridan va muz kristallchalaridan iboratdir. Ҳarorat sharoitiga ko’ra tumanlar suvli, muzli va aralash bo’ladi.
Tuproq boniitrovkasi – Yer resurslarini sifat jihatdan qiyosiy baholash tuproq boniitrovkasi deyiladi. Tuproq bonitirovkasi tuproq hosildorligiga qarab belgilanadi va odatda, 100 balli shkala asosida amalga oshiriladi. “Bonitet”- lotincha so‘z bo‘lib, “sahiy”- degan ma’noni bildiradi.
Tuproq eroziyasi–tuproqning tabiiy yoki inson xo’jalik faoliyati natijasida yemirilish jarayoni.
Tuproq resurslari – biologik resurslar bo‘lib, ularning hosil bo‘lishi halok bo‘lgan organik massaning qayta ishlanishi bilan va yashash muhiti – litosferaning yuqori yumshoq qobig‘i bilan bog‘liqdir. SHuning uchun ular tirik organizmlarning to‘plangan zahiralari, biologik modda aylanib yurishi hajmi, tuproqning yillik organik qismi yoki gumus ko‘rinishidagi mahsulotlar va chiqindilar bilan ajralib turadi.
Turbid (loyqa) oqimlar - turbid oqimlari (inglizcha – «turbid» – loyqa; sinonimi – suspenzion oqimlar, zich oqimlar) birinchi marta gollandiyalik olim Kyunen tomonidan asoslangan bo’lib, loyqa suvning yuqori zichligi tufayli nishablik yuzasi bo’ylab pastga oquvchi gravitatsion oqimlar ko’zda tutiladi. Bunday oqimlar tarkibidagi muallaq mayda dispers zarralar hisobiga katta zichlikka egadir.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling