Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet33/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Ekzogen - (yunoncha - yexo - tashqi, depon - kelib chiqish, paydo bo’lish) jarayonlar Yer yuzasida sodir bo’ladigan tabiiy hodisalar bo’lib, ularni harakatga keltiruvchi manba quyosh energiyasidir. Shuningdek ekzogen jarayonlar litosferaning atmosfera, gidrosfera va biosferalar bilan o’zaro ta’siri natijasida sodir bo’ladigan tabiiy hodisalardir. Ekzogen jarayonlar asosan yer po’stining yuza qismini o’zgartiradi.
Elektirlashtirish - xalq xo’jaligini elektr energiyasidan keng foydalanishga o’tkazish. Bunda mamlakatdagi barcha elektr stansiyalari yagona elektr energiyasi tizimiga (sistemasiga) birlashtirilib, barcha korxona va xo’jaliklar ana shu yagona elektr energiyasi tizimiga ulanadi.
Ellipsoid — asosiy o’q aniq ifodalangan, ekvatorial simmetriya tekisligi mavjud, meridional tekisliklar ham aniq ifodalangan. Yerning bu ko’rinishi oliy geodeziyada koordinatalarni hisoblashda, kartog’rafik andozalarni tuzishda ishlatiladi. Ellipsoidning yarim o’qlari orasidagi farq 21 km. Katta yarim o’q — 6378,16 km., kichik yarim o’q — 6356,77 km., ekssentrisitet — 1|298,25.
Ellyuvial lyossimon jinslar - sarg’ish - bo’z yoki malla - bo’z rangda bo’ladi. Ular asosan g’ovak, mayda donali, ko’pincha saralanmagan, o’zi paydo bo’lgan tub jins ustida yotadi, ostida va orasida siniq jinslar bo’ladi. Ellyuvial lyossimon jinslar tog’lardagi kichik maydonchalar, masalan, suv ayrg’ichlarda, qirlar ustida va suv yuvmaydigan joylarda uchraydi. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan 2 - 3 m ga boradi.
Emigrant(lot) - muhojir.
Emigratsiya(lot) - siyosiy yoki boshqa sabablarga ko’ra majburiy yoki ixtiyoriy ravishda o’z mamlakatidan boshqa mamlakatga ko’chib borib yashash.
Emissiya- banklardan (seyfdan) pullarni ma’lum miqdorda muomalaga chiqarish.
Eneolit — mis —tosh —davri —miloddan avvalgi 4 — 3 ming yilliklar.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling