Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet99/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Savanna – har – har yerda yokka yakka holda yoki to’p- to’p daratlar o’sadigan quruq tropik o’t o’simliklar.
Sayqali ro’yi zamin - Samarqandning Temuriylar davridagi nomi.
Sedimentogen (yunoncha cho’kindi) - suvlar eng chuqurdagi cho’kindi jinslari qatlamlari orasidagi yuqori darajada minerallashgan (sho’rlangan) yerosti suvlaridir. Olimlarning hisoblashicha bu suvlar genezisiga ko’ra dengiz suvidan paydo bo’lgan. Ularning ikki - singenetik va epigenetik turlari tabiatda ko’p uchraydi.
Segrigatsiya - lotincha “bo’lish”. Ayrim davlatlarda aholini majburan irqiy gruhlarga bo’lish.
Sekstant - osmon yoritqichlari balandligini belgilash uchun mo’jallangan, ko’zgu qaytaruvchi asbob.
Sektorlar - issiqlikning taqsimlanishi rejimi, yog’in-sochin iqdoriga qarab materiklarda sektorlar ajratiladi. Sektorlarning issiqlik rejimi, yog’in-sochin miqdori va taqsimlanishi materik qiyofasiga, orografiyasiga, atmosfera tsirkulyatsiyasi va okean oqimlariga bog’liq. Ayrim mintaqalar faqat ikkitagina sektorga bo’linadi. Ayrim mintaqalarda ikkitadan okean yoni, bittadan materik ichkarisidagi sektorlarni ajratish mumkin.Qutbiy mintaqalarda sektorlar farqi kam bo’ladi.
Seldara - tog’larda va tog’ oldi hududlarda sel hosil bo’ladigan sel keladigan dara, soy. Odatda, sel hosil bo’lmaydigan soy uncha uzun bo’lmaydi va ko’llari – irmoqlari ko’p hamda kalta bo’ladi. Lekin bosh soy – seldara tog’dan chiqishda tor o’zanli bo’lib, keng vodiyga, tekislikka chiqqanda yoyilma konus hosil qiladi.
Selva – (partugalcha “o’rmon”) – ekvatorial o’rmonlar Janubiy Amerikada shunday ataladi.
Semiotika - kartog’rafik belgilar sistemasini o’rganuvchi fan.
Senat - lotincha qadimgi Rim respublika davrigacha urug’ oqsoqollarining yig’ini.
Senzura - lotincha, “ro’yxatga olaman”. Mavjud hokimyat siyosatiga zid bo’lgan g’oya va ma’lumotlarni tarqalishiga yo’l qo’ymaslik yoki uni cheklash maqsadida matbuot ustidan o’rnatiladigan davlat nazorati.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling