Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet102/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Shxerali - (shvedcha-kichik orollar) qirg’oqlar qattiq kristalli jinslardan tuzilgan va materik muz bosishi ta’sirida bo’lgan o’lkalarda kuzatiladi. Finlandiya, Shvetsiya, Oq dengizning g’arbiy qirg’oqlari eng tipik shxerali qirg’oq hisoblanadi.
Sikli – bitta asosiy ishlab chiqarish jarayoni bilan turli ishlab chiqarib jarayonlarning o’zaro bog’langan barqaror birlashmasi ishlab chiqarish sikli deyiladi.
Siklo’n - lotincha bo’lib, “ilonlar halkasi” demakdir. Antisiklon-markazida yuqori bosim bo’lib, shamollar markazidan atrofga esadi. Siklo’n va antisiklo’n bir-biriga qo’shnidir. Yerning aylanishi ta’sirida tsiklon markaziga qarab esuvchi shamollar shimoliy yarim sharda o’ngga, janubiy yarim sharda chapga soat strelkasi bo’ylab harakatlanadi.
Sikmiklik – tabiatda vaqt o’tishi bilan bu vaqt judayam ko’p yildan keyin 50 -60 yildan keyin bir xil hodisalarning takrorlanib turishi.
Silikat sanoati - o’tga chidamli materiallar, keramika (g’isht, sopol, quvurlar, sopol idishlar, cheripitsiya), sement, ohak, oyna ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari.
Silikatlar - litosferani tashqil etuvchi va son jihatdan eng ko’p bo’lgan minerallar kiradi. Ularning umumiy soni 800 taga yaqin bo’lib, yer po’sti massasining 90 % ga yaqinini tashqil etadi. Silikatlar ko’pchilik tog’ jinslari, ayniqsa magmatik va metamorfik jinslarni hosil qiluvchi asosiy minerallar hisoblanadi. Silikatli minerallar orasida eng ko’p tarqalganlari avgit, aktinolit, andaluzit, berill, bronzit, vezuvian, vollastonit, topaz, tremolit, turmalin, xlorit, xrizokolla, tseolitlar, tsirkon, tsoizit, egirin va boshqalar hisoblanadi. Silikatlar tarkibida asosiy elementlardan biri kremniy sanaladi. Silikatlar strukturasida har bir kremniy ioni Si4+ atrofida kislorodning O2- to’rtta ioni joylashgan bo’ladi.
Silindirsimon – andazalarda tuzilgan xaritalarda meridianlar bilan parallellar bir- birlarini 900 li burchak ostida kesishadigan to’g’ri chiziqlardan iborat to’r hosil qiladi. Dunyo xaritalari tuziladi.
Sillar - statigrafik gorizontlar yoki formatsiyalar oralig’iga magma suyuqligining siqilib kirishi natijasida hosil bo’lgan plitasimon intruziv yotqiziqlardan iborat (105-rasm). Ularning joylashgan holati gorizontal, ozroq qiyalangan va ba’zida burmalangan bo’lishi mumkin. Sillar ba’zi hollarda qalinligi 600-900m va maydoni minglab kvadrat kilometrlarga yetuvchi ulkan o’lchamli bo’lishi mumkin. Sillar bir komponentli oddiy yoki magma suyuqligining bir necha bor yorib kirishi natijasida ko’p komponentli murakkab tarkibli bo’lishi mumkin.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling