Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet103/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Sindikalizm(fr) - kasaba uyushma harakatidagi mayda mulkdor, og’machi oqim.
Sindikat(lot) - kapitalistik mamlakatlarda raqobatni yo’qotish, bozorlarga tanho ega bo’lish, narxlarni oshirish, ko’p foyda olish maqsadida tuziladigan monopalistik birlashma.
Sinekliza - yunoncha sinbirgalikda va enklisis - egilish. Yer po’stining platformalarida salgina botiq qism. Eni bir necha yuz km ga yetadi. Shakli ko’pincha noto’g’ri yumaloq bo’ladi. S. botig’ini noto’g’ri cho’kindi jinslar to’ldirib, yer yuzasi yassi yoki salgina botiq tekislikka aylangan bo’lishi mumkin. Masalan, Laviya S. si, Moskva S. si va hokozo.
Singenetik (yunoncha singenez - cho’kindi bilan bir vaqtda hosil bo’lish demakdir) - yerosti suvlari. Havza yotqiziqlarining to’planish jarayonida ular orasida qolib ketgan qoldiq suvlardir.
Singma suv - yer yuzasidan chuqurga singib ketadigan suv. Yer po’stidagi yer osti suvlari harakat yo’nalishiga qarab ikkiga bo’linadi: mantiyadan ajralib chiqadigan va yuqoriga yo’nalgan yuvinil suv hamda pastga singib boruvchi singmas suv.
Singеnеtik hosilalar yoki birikmalar – cho’kindi jinslar va magma mahsulotlari qotayotgan vaqtda ular bilan bir vaqtda – birgalashib hosil bo’lgan minеrallar va jins yotqiziqlari tushuniladi.
Sinoptik xaritalar - yunincha sinoptikos- hamma narsani birga ko’radigan. Ob- havo xaritalari – biror hududdagi yoki butun yer yuzidagi ob-havoning ma’lum vaqtdagi holati shartli belgilar va raqamlar bilan tasvirlangan xaritalar. S. x. asosida ob-havo oldindan aytib beriladi.
Sintetik maxsulotlar - Murakkab kimyoviy reaktsiyalar yordamida olinadigan sunhiy maxsulotlar.
Sinxay - “yil” demakdir. Xitoy oy kalendaridagi ko’ra inqilob bir yil davom yetgani uchun u Sinxay (bir yil davom yetgan inqilob) deb atalgan.
Sinеkliza – sinklinal strukturalarining eng katta-yirik ko’rinishi; platforma viloyatlaridagi yirik va katta maydonlarni egallagan bukilmalar, ya'ni botiqliklar. Sinеkliza strukturalari viloyatlarida kichik va katta sinklinallar qayta-qayta takrorlanavеradi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling