Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar
Download 0.77 Mb.
|
Geografiya atamalari.2003
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atmosfera
- Atrof-muhit ko‘rsatkichlari
- Atrof-muhit muhofazasi
Astronomik bosqich – yerning geologik bosqichiga qadar o’tgan davrni ( 7-6 milliar yillar bilan 5-4,6 milyart yillar oralig’ini) egalaydi. A. B da gaz –changsimon tumanliklarni hosil qilgan zarachalar gravitasia kuchlari ta’sirida tobora birikib sayora ko’rinishga ega bo’lagan. Yerda vulqon otilishi dahshatli zilzilalar, tektonik xarakatlarning sodir bo’lishi bilan a. B- yakunlanadi va yerning geologik bosqichi boshlanadi.
Atmosfera - Yer bilan bir butundek birga aylanadigan xavo qobig’i. Atmosfera bosimi – atmosferaning yer yuzasidan va undagi barcha narsalarga ko’rsatilgan gidrosmetik bosimi atmosfera bosimi balandlikka ko’tarilgan sari kamayadi. 5 km balndlikda bosim yer yuzasidagi bosimning yarmiga teng. Atollar - Tinch va Hind okeanlarining tropik kengliklaridagi ochiq joylarda keng rivojlangan xalqasimon orollar bo’lib, uning o’rtasida laguna joylashadi. Atoll orolining tashqi yonbag’ri tik, ichki yonbag’ri esa qiya bo’lib, unda turli xil organizmlar yashaydi. Atrof-muhit ko‘rsatkichlari - quyidagilar bo’linadi: toza birlamchi mahsulotlar iste’moli va ularning o‘zgarishi; toza birlamchi mahsulotlar iste’molidagi yo‘qotishlar; xo‘jalik faoliyati ta’sirida buzilmagan maydonlar va ularning mamlakat hududidagi hissasi, o‘sishi; tabiiy resurslar iste’moli: yer, o‘rmon, o‘simlik va hayvonot resurslari, mineral xomashyo, suv – tendensiyalari; tabiiy resurslar zahiralarining kamayishi sur’atlarining o‘zgarishi; tabiiy muhitning ifloslanishi: havo, suv, tuproq, o‘simlik va hayvonot olami; ifloslantiruvchi moddalar chiqarmalari va ularning tabiiy muhitda to‘planishi: gazsimon, suyuq, qattiq - tendensiyalari; atrof-muhitga o‘ta xavfli va radioaktiv shiqindilarning chiqarilishi va ularning to‘planishi – tendensiyalari; biologik xilma-xillik – o‘zgarish sur’atlari; alohida muhofaza qilinadigan hududlar maydoni – o‘sishi; ozon qatlami – o‘zgarishi; texnogen va tabiiy avariyalar, soni, zarari – tendensiyalari; tabiat muhofazasi tadbirlari xarajatlari. Atrof-muhit muhofazasi – tabiiy boyliklarni asrash va tiklashni, jamiyat faoliyati natijalarining tabiatga va inson salomatligiga bevosita va bilvosita zararli ta’sirining oldini olib tabiiy resurslardan ratsional foydalanishni ta’minlaydigan inson faoliyati bilan atrof tabiiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni maqsadga muvofiq qo‘llab quvvatlashga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimidir. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling