O’zan - daryo vodiysining eng chuqurlashgan joyi bo’lib, undan daryoda suv eng kamayganda ham suv oqadi.
Ob-havo - atmosferaning tabiiy holati bo’lib, shamol, harorat, bosim va namlik bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarning ma’lum tabiiy-geografik sharoitdagi ko’p yillik holati iqlimni tashqil etadi.
Obligasiya - 1. Bu lotincha «obligation» so’zidan olingan bo’lib, u majburiyat degan ma’noni anglatadi; 2. Bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qog’ozning nominal qiymatini unda ko’rsatilgan muddatda belgilangan foiz toplangan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’oz; 3. Bu emitentning qarz majburiyati qat’iy foiz stavkasi shaklida belgilangan qimmatli qog’ozning bir turidir.
Ochiq usulda qazib chiqarish – yer yuzasiga yaqin joylashgan ayrim mineral boyliklarni, ustki qatlamlarni olib tashlab, zamonaviy texnik vositalar yordamida qazib chiqarish. Hozirgi davrda ko’mir, temir rudasi, ayrim rangdor metallar, kimyoviy va qurilish materiallaridan iborat minerallar shu yo’l bilan qazib olinmoqda. Odatda ularning tannarxi shaxta usulida qazib chiqarganga nisbatan ko’p martalab arzonga tushadi.
Og’ir sanoat – asosan, ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan tarmoqlardan iboratdir, ya’ni unda mehnat qurollari (mashinalar, jihozlar va h.k.) va mehnat predmetlari (xom ashyo, yoqilg’i va h.k.) ishlab chiqariladi.
Oiriechnina-podsho hokimyati dushmanlarni biror zo’rlik va terror vositalari bilan bostirishga urinish siyosati. Birinchi bo’lib bunday siyosatni 1565- yilda Ivan IV o’tkazgan.
Okean (yun) – qirg’oqsiz dengiz, yerni aylanib oquvchi buyuk daryo, dunyoda 4 ta okean bor, Atlantika – 91700000km2 , Tinch – 178700000km2, Hind – 76170000km2, SHimoliy muz okeani – 14100000km2 bazi holarda 5 chi okeandi ham ajratishadi bu Janubiy okean bo’lib Antarktidaga tutash 15 ta dengizdi kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |