Abdulla avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy


Download 414.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana21.01.2023
Hajmi414.17 Kb.
#1107546
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BMI SODIQJON SAIDQULOV

Boshqaruv usullari - bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga 
ta'sir ko‘rsatish usullari bo‘lib, bu usullar qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida 


20 
mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. 
Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonidagi mavjud 
munosabatlardan ob'ektiv tarzda kelib chiqadi. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini menejmentning iqtisodiy usullari muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Mеnеjmеntning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy 
manfaatlar orqali ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab 
chiqarish jamoasiga ular manfaati bo‘lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan 
iboratdir. Mеnеjmеnt usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o‘rinni egallaydi.
Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig‘indisidan (narx, krеdit, biznеs-rеja, 
foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag‘batlantirish va h.k.), yani xo‘jalik faoliyatiga 
ta’sir etishning har bir jamoa mos xo‘jalik bo‘g‘ini bilan uzviy aloqada amal qilishini 
ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir.
Bozor mеxanizmining muhim vazifalaridan biri biznеs-rеja va bozorning uzviy 
bog‘liq bo‘lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar rеsurslari to‘g‘ri nisbatini 
ta’minlashdir. 
Bozor - bu tovar-pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi balansidir. Bozor 
munosabatlari sharoitida rеjali iqtisodiyotga nisbatan qat’iy mеnеjmеnt tizimi 
o‘rnatiladi. Bozor tamoyillari xo‘jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona faoliyati 
masalalari 
bo‘yicha 
yuqori 
natijalarga 
erishish 
maqsadida 
qayishqoqlik, 
tavakkalchilikni talab etadi. 
Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim 
bo‘lib, bozorda narx, soliq, krеdit vositasida tartibga solish eng avvalo ijtimoiy 
maqsadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish haqi o‘zgarishni 
qat’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo‘lmaydi.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda kеng imkoniyatlarga ega 
bo‘lib, ular mohirona va o‘z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va 
huquqiy usullar bilan qo‘shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish 
mumkin 


21 
Korxonalar, aksiyador jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan biri - 
biznеs-rеjalardir. U iqtisodiy jarayonlarning umummilliy manfaatlarini ko‘zlab, 
xo‘jalik amaliyotida obyеktiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli 
ravishda, bir maqsadga intilgan holda menejmentning o‘zaro uzviy bog‘liq tizimidan 
iboratdir. Biznеs-rеja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: 
iqtisodiyot rivojlanishi yo‘nalishlari va maqsadlarini amalga oshirish yo‘llarini 
ko‘rsatish, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib o‘sishini ta’minlash, moddiy, mеhnat 
va moliyaviy rеsurslarni tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o‘rtasida taqsimlash va qayta 
taqsimlash, fan-tеxnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni ta’minlash; tarmoqlararo 
integratsiya, tarmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish; 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tеzkor tartibga solish va koordinatsiya qilish. 
Biznеs-rеja korxona, aksiyadorlar jamiyati, konsеrnlar faoliyatining hamma 
tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish, moddiy-tеxnikaviy ta’minot va ishlab 
chiqarish fondlaridan foydalanish, mеhnat va ish haqi, jamoada ijtimoiy jarayonlar va 
hakozolarni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga rеjalashtirish 
borasida kеng huquqlar bеriladi. 
 Boshqarishning iqtisodiy usullari - iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga 
asoslanadi. Zero, har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo 
manfaatlarda namoyon bo‘ladi. Manfaatlar uch xil bo‘ladi:
a. umumjamiyat manfaatlari;
b. jamoa manfaatlari;
c. shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uyg‘un sur'atda bog‘lab olib borish muammosi bir qator 
muammolarni hal qilishga, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan 
munosabatlarni o‘rnatishni talab qiladi.
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ro‘yobga 
chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya'ni:
a. korxonalar va xo‘jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish;


22 
b. xo‘jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag‘batlantirish, soliq 
imtiyozlarini berish;
c. korxona va xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomalarning bajarilish intizomini 
mustahkamlash va ularning rolini oshirish;
d. moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;
e. bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va 
hokazolarga keng e'tibor beriladi.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot 
(xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik 
mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga 
keltirish va ulardan samarali foydalanishdir. 
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali 
ularning samarali ishlashi ta'minlanadi. Bu maqsadga qo‘shimcha ish xaqi to‘lash, 
mukofotlar berish, bir yo‘la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb 
etadi. Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari ichida yetakchi o‘rinni 
egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va 
ularni to‘g‘ri qo‘llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob'ektga iqtisodiy usullar orqali 
ko‘rsatiladigan ta’sir korxonalarni: 
a. jiddiy rejalar qabul qilishga:
b. mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga;
c. yangi texnologiyalarni joriy qilishga;
d. mehnat unumdorligini oshirishga;
e. raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiruvchi va shunga da'vat 
etuvchi bo‘lishi kerak.
Shu bilan birga iqtisodiy usullar shunday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki, bunda 
jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat 
manfaatlariga rioya qilinadigan bo‘lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham 
foydali bo‘lsin. 
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:


23 
a. kredit va foiz stavkasi;
b. soliq va soliq yuki;
c. boj to‘lovlari;
d. subsidiya va sanktsiya;
e. litsenziya;
f. transfert to‘lovlari;
g. narx-navo va hokazolar kiradi. 
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo‘llab, bozorni shakllantirish 
chog‘ida ham, uning o‘zini o‘zi boshqarishi bosqichida ham g‘oyat muhim 
jarayonlarni boshqaradi. 
Agar 
ma'muriy 
boshqarish 
usullari 
o‘zini o‘zi boshqaradigan bozor 
mexanizmlariga qarshilik ko‘rsatsa, ularga to‘sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa 
aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo‘jalik sohasiga davlatning ta'siri ham 
tubdan o‘zgaradi. Binobarin, ma'muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o‘z 
ta'sirini qat’iy belgilangan reja orqali o‘tkazadi. 
Menejmentning tashkiliy farmoyish (ma’muriy) usullari. 
Xo‘jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni menejment bo‘yicha faoliyati 
boshqaruvning turli tashkiliy-farmoyish usullarini qo‘llash bilan bog‘liqdir. 
Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi 
tizimlarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. 
Mеnеjmеntning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to‘ldirib, bozor 
iqtisodiyoti qonunlarining huquqiy aktlarini hisobga olish va bajarishga asoslanadi. 
Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga 
ma’muriy va tashkiliy jihatdan ta’sir o‘tkazadi. Mеnеjmеnt tizimida tashkiliy usullar 
umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning hamkorlikdagi harakati 
tartibga solinadigan ma’muriy hujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish 
usulini qo‘llash asosini boshqaruvning barcha tamoyillariga rioya qilishni tashkil etadi. 
Nima sababdan boshqaruvning ma’muriy-farmoyish usullari ma’muriy shakllar bilan 
qo‘shib olib boriladi. Bu ko‘p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy huquqni qo‘llash, 


24 
ya’ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lеkin “Boshqaruvning 
tashkiliy-farmoyish usuli” tushunchasi “ma’muriy boshqaruv usuli” tushunchasidan 
birmuncha kеngdir, chunki tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvning turli 
darajalariga turli ko‘lamda va shaklda tashkiliy ta’sir etishni o‘rganish masalalarini 
ham qamrab oladi. Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta’minlaydi, 
tashkiliy tizim, boshqaruvning har bir bo‘g‘ini vazifalarini bеlgilab bеradi, boshqaruv 
apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi, ishda tartib o‘rnatadi, qaror 
va farmoyishlarni bajaradi, kadrlarni tanlaydi va joy-joyiga qo‘yadi va h.k. 
Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari ularning ishlab chiqaruvchilarga ta’sir 
etish manbalari va yo‘nalishlari bo‘yicha turlarga ajratiladi. Bunga bog‘liq holda ta’sir 
etishning 
tashkiliy-farmoyish 
usullari 
uch 
guruhga 
bo‘linadi: 
tashkiliy-
barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom. 
Ta’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullari asosiy maqsadi hamkorlikda 
ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni, vazifa, majburiyat. Javobgarlik va 
vakolatlarni taqsimlash, tartib o‘rnatish va h.k. Ma’muriy ta’sirning tashkiliy 
shakllarining ikki tashkiliy rеglamеntlash va tashkiliy me’yorlash turi mavjud. 
Tashkiliy rеglamеntlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan tizimga 
ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va har bir darajada boshqaruv 
chеgaralarini aniqlash maqsadida ta’sir etadi. 
Tashkiliy rеglamеntlashga misol qilib lavozimlar haqida Nizomni ko‘rsatish 
mumkin. Tashkiliy me’yorlash hujjatlari vositasida xomashyo, matеriallar sarfini 
me’yorlash, mahsulotlar ishlab chiqarishga mеhnat sarfi ishlab chiqarish fondlaridan 
foydalanish tеxnikaviy va tеxnologik me’yorlar (standartlar, me’yorlar, qayta ishlov 
bеrish usuli, tartibi va h.k.) ishlab chiqarishini tashkil etish me’yorlari (maqbul 
ishlanma ko‘lami). 

Download 414.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling