Abdulla avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy
Boshqaruv jarayonidagi ijtimoiy-psixologik metodlar, atamalar va
Download 414.17 Kb. Pdf ko'rish
|
BMI SODIQJON SAIDQULOV
1.2. Boshqaruv jarayonidagi ijtimoiy-psixologik metodlar, atamalar va
ularning ahamiyati Ijtimoiy psixologik metodlar. Ushbu metod jamoa a’zolari o‘rtasida shunday munosabatlarni vujudga keltirishni nazarda tutadiki, bunda rahbar bo‘ysunuvchilarning bemalol, erkin harakat qilishi, o‘zini-o‘zi namoyon qilishi, turli jarayonlarda erkin ishtirok etishi, fikr bildirishi uchun sharoitni va ijodiy muhitni yaratishi zarur. Demak, ijtimoiy-psixologik metodlarning asosi maqsadi ta’lim muassasasi jamoasida sog‘lom muhitni yaratishdan iborat, deb aytishimiz mumkin. Mazkur metod ta’lim muassasasi faoliyatining rivojlanishi, xodimlar faoliyatining takomillashishi, ularning o‘z faoliyatlardan qoniqishlar hosil qilishida, shuningdek, jamoada tarbiyaviy munosabatlarning shakllanishi, rahbar-xodim, o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlarining ijobiy taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etib, pedagogik xodimlar va o‘quvchilarning qiziqishlari, intilishi va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy tushunchalarini rivojlantirish, shuningdek, bilim, ko‘nikma va malakalarining ortib borishini hamda ularda ijodiy qobiliyatlarning shakllanishini ta’minlaydi. Bu metod kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, bir necha usullarni o‘z ichiga oladi. Mazkur usullarga quyidagilar kiradi: 1. Ijtimoiy me’yorlash yo‘llari: a) ichki tartib – qoidalar: b) jamoat tashkilotlarining nizomi: c) ishchi sharafi kodeksi: d) ishlab chiqarish odob qoidalari: e) ishtirokchiga ta’sir etish shakllari. 2. Ijtimoiy-siyosiy (tarbiyaviy ) usullar; a) siyosiy targ‘ibot: b) mehnatkashlarni siyosiy tarbiyalash va ishontirish: 14 c) ma’muriy faoliyatni nazorat qilish: d) mehnatkashlarni boshqarishga jalb qilish shakllari 3. Ijtimoiy tartibga solish usullari: a) shartnomalar, o‘zaro majburiyatlar b) ma’naviy talab va manfaatlarni qondirish navbati va boshqalar 4. Ma’naviy rag‘batlantirish usullari ikki xil bo‘ladi: Jamoaviy va shaxsiy ma’naviy rag‘batlantirishlar. Bular: a) “Faxriy yorliqlar” bilan mukofotlashlar: b) faxriy unvonlar berish: c) orden va medallar berish: d) minnatdorchilik izhor etish: e) hurmat taxtasiga qo‘yish: f) qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar berish va hakozolar. Psixologik usullarga quyidagilar kiradi: a) kichik guruh va jamoalarni shakllantirish b) mehnatni insonparvarlashtirish (gumanizatsiya) c) psixologik rag‘batlantirish d) kasb-malaka bo‘yicha tanlash va o‘qitish Psixologiya ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektlariga ega bo‘lgan sub’yektning ichki, psixik xolatiga tashqi ta’sirotlar natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar jarayoni qanday kechishini o‘rganar ekan, o‘zining bir qator asosiy tushunchalariga ega. Insonlarning o‘zaro munosabatlari, muloqoti, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish, ya’ni o‘zaro boshqaruv, birgalikdagi faoliyat natijalarida xosil bo‘ladigan o‘zgarishlar, xissiy kechinmalar, vujudga keladigan tasavvurlar, fikr va g‘oyalar turli xil jarayonlarda vujudga keladi, bunday jarayonlarni psixik jarayonlar deb atash mumkin. Psixik jarayonlar – bu obyektiv olamni subyektiv aks ettirishning turli shakllaridir. Psixik jarayonlar psixik funksiyalar deb ham ataladi. Psixik jarayonlarning asosiy turlari sezgi, idrok, xotira, tasavvur, hayol, tafakkur, nutq, 15 hissiyot, iroda bo‘lib ular o‘z navbatida uch guruhga birikadi: bilish jarayonlari, irodaviy jarayonlar, xissiy jarayonlar. Faollik – bu insonlarda “o‘z kuchi bilan javob qilish” qobiliyatini bildiradi. Insonlarni muayyan tarzda va muayyan yo‘nalishda harakat qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai hisoblanadi. Rahbarlik – insonlarga maqsadli ta’sir o‘tkazishga qaratilgan, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir. Rahbarlar qator funksiyalarni bajaradi: jamoa faoliyati maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, mazkur faoliyatni rejalashtiradi, rag‘batlantirish vositalari va usullarini belgilaydi, ularni nazorat qilishni amalga oshiradi. Liderlik – Lider asosan ma’lum bir guruhda o‘zi boshchilik qilayotgan yo‘nalishlarda shaxslararo (norasmiy) munosabatlarni boshqarib, u o‘z guruhi a’zolarining kuchli va salbiy tomonlarini, ijobiy va salbiy odatlarini, shuningdek ularning psixologik xususiyatlari, kayfiyatlari, moyilligi, intilishlari hamda qiziqishlarini yaxshi bilganligi sababli yetakchilik qiladi. Ixtiyoriy jamoada turli yo‘nalishlarda liderlar bo‘lishi mumkin. Masalan, turli hil tadbirlarni (jamoa a’zolarining turli hil uy ishlarida hasharlar, dam olish tadbirlari, guruh bo‘lib turli xil ziyofatlar uyushtirish va h.k) tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik yo‘nalishida, sport yoki sportning ma’lum bir turi bo‘yicha, o‘quv jarayonini tashkil etish yoki fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirish yo‘nalishlarida. Ma’suliyat – bu shaxsning o‘z zimmasiga olgan yoki unga topshirilgan majburiyatlariga hisob bera olishida, xatti-xarakatlarida, kimnidir-nimanidir ayblamay, xatti – xarakati natijalari va uning oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishda ko‘rinadigan fazilatdir. Psixoligik xodisa sifatida shaxsning ko‘pgina psixologik funksiyalarida namoyon bo‘lib, inson xulqidagi muhim belgi xisoblanadi. Ma’suliyatning inson xulqidagi muhim belgisi – o‘z vazifasini bajarishdagi aniqlik, puxtalik, xozirjavoblik, o‘zini majbur qila olish, o‘z xatti-xarakatlari oqibatiga javob berishga tayyor turish va x.k ma’suliyatli xulqni amalga oshirish quyidagi irodaviy sifatlarga ega bo‘lishni talab etadi: qat’iyatlilik, chidamlilik, o‘zini tuta bilish 16 barqarorlik va x,k. Insonlarda ma’suliyat xulqini shakllantirish faqat psixoligik omillarga bog‘lik bo‘lmay, mehnatni tashkil etish va nazorat qilish bilan bog‘liq boshqa omillarga ham bog‘liqdir. Masalan, xodimlarga bo‘lgan ishonch, turli xil vazifalarning topshirilishi va ularni nazorat qilish xususiyatlari ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruv – har qanday jamiyatga xos bo‘lgan, xayot va turmush zaruriyatidan kelib chiqadigan faoliyatdir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mehnat aqlining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarishni va shu asnoda barcha ijtimoiy munosabatlarni taraqqiy ettirishdan iborat. Boshqaruv muloqoti – bu ta’lim muassasi faoliyatini tashkil etish, xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirishda insonlarga raxbarlik qilish jarayonidagi muloqot, ya’ni ularning faollliklarini ta’minlash, xatti-xarakatlarini maqsadga yo‘naltirish yoki motivlashtirishdir. Raxbarlar boshqaruv funksiyalarini amalaga oshirish jarayonida o‘z jamoasi a’zolari bilan turli xil munosabatlarda, ya’ni bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yo‘nalishida turli shakllarda muloqotda bo‘ladilar, bularning ichida eng zaruri samarli muloqot bo‘lib maqsadni qisqa vaqt ichida aniq va tushunarli qilib yetkazishdir. Samarali muloqot vaqtida yoki ixtiyoriy muloqot jarayonida suhbatdoshlarning bir- birlarini yaxshi tushunishlari, aniq tasavvurlar muloqotning samaradorligini belgilaydi, bunday xolatlar uchun identifikatsiya, refleksiya, va stereotipizatsiya tushunchalari hizmat qiladi. Psixologiya fanlarining asosiy tushunchalari haqida fikr bildirar ekanmiz, shuni ham aytib o‘tishimiz lozimki, psixologiya fanlarining barcha tushunchalarini albatta, bir mavzu doirasida to‘liq yoritib berishga imkoniyat bo‘lmaydi, shuning uchun faqatgina bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari raxbarlarining boshqaruv faoliyatida tez-tez, deyarli har daqiqada qo‘llanilib turadigan tushunchalarga to‘xtalib o‘tdik va ularni bilish maktab rahbarlarining boshqaruv faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish uchun zarur deya hisobladik. 3 3 R.X. Djurayev, S.T. Turg’unov. “Ta’lim menejmenti”. Toshkent-2006 yil. 68-b |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling