Abdulla avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy


Download 414.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana21.01.2023
Hajmi414.17 Kb.
#1107546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BMI SODIQJON SAIDQULOV

Boshqaruv metodlari 
Iqtisodiy 
metodlar 
Tashkiliy-
ma’muriy 
metodlar 
Ijtimoiy-
psixologik 
metodlar
Axborotlar 
to‘plash 
metodlari 
1-shakl 


10 
Iqtisodiy metodlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yig‘indisini 
tavsiflab, har bir ishchi va butun muassasa uchun talablar belgilash bilan birgalikda 
zamonaviy talablar darajasida faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoitlar yaratadi. Ta’lim 
muassasasi faoliyatini takomillashtirish, innovatsion jarayonlarni kuchaytirish, ya’ni 
xodimlarning innovatsion faoliyatlarini tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayoni 
ishtirokchilarining faolliklarini rivojlantirishda iqtisodiy metodlardan foydalaniladi. 
Rahbarlar 
tomonidan 
boshqaruv 
jarayonida, 
xodimlarning 
faoliyati 
to‘la 
o‘rganilgandan keyin, faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun bajariladigan 
vazifalar rejalashtiriladi. Bunda rahbarlar o‘z xodimlarini faoliyatlari natijalariga ko‘ra 
rag‘batlantirish, mukofotlash, jazolash (jarima solish) yoki moddiy yordam 
ko‘rsatishlarida boshqarishning mazkur metodidan foydalanishlari zarur bo‘ladi. 
Iqtisodiy qayta tashkil etishlar mazkur metodlarni kuchaytirishga yo‘naltiriladi. 
Tashkiliy-ma’muriy metodlar ham iqtisodiy metodlar bajaradigan vazifalarni 
bajaradi, faqat ularning ta’sir ko‘rsatish usullari va shakllari o‘zaro farq qiladi. 
Iqtisodiy metodlarda belgilangan masalalarni hal qilish uchun rahbarlar ta’sir 
ko‘rsatishning turli xil usul va shakllarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tashkiliy-
ma’muriy metodlar qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar va ko‘rsatmalar tayyorlash, ularni 
o‘z vaqtida tegishli shaxslarga yetkazish va bajarilishini nazorat qilish orqali ta’sir 
ko‘rsatishni nazarda tutadi. 
Mazkur metod rahbarlar va xodimlar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar, umuman 
olganda barcha jamoa a’zolari o‘rtasidagi mavjud munosabatlarni inobatga olgan 
holda, ularning qiziqishi, manfaatlari, ko‘nikma va malakalari, bilimi hamda 
qobiliyatlarini o‘rganib, jamoadagi mavjud sharoitlarni yaxshilash va boshqa zaruriy 
chora-tadbirlarni 
amalga 
oshirish 
orqali 
jamoa 
a’zolarining faoliyatlarini 
muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Tashkiliy-ma’muriy metoddan foydalanishdan 
ko‘zlangan maqsad belgilangan maqsadlarga erishishda jamoada mavjud bo‘lishi zarur 
bo‘lgan o‘zaro munosabatlar, aloqalar, tashkiliy barqarorlik, intizom, o‘zaro 
mutanosiblik va kelishuvchanlik, tartiblilik hamda uzluksiz rivojlanishni huquqiy va 
me’yoriy hujjatlarga mos ravishda ta’minlashdan iborat. 


11 
Axborotlar to‘plash metodlari barcha metodlar qatori ushbu metod ham ta’lim 
muassasasining faoliyatini takomillashtirish uchun rahbarlarning boshqaruv faoliyatini 
ilmiy asosda tashkil etishda pedagogik jarayonning holati to‘g‘risida ishonchli 
axborotlar to‘plash va ta’lim jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini ob’yektiv 
baholashni amalga oshirishga xizmat qiladi. 
Ta’lim muassasasi rahbarlarining boshqaruv faoliyatida qo‘llaniladigan 
metodlarning ichida muhim ahamiyat kasb etuvchi metodlardan biri hisoblangan 
mazkur metod me’yoriy hujjatlarni va ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, ta’lim-
tarbiya jarayonini tahlil qilish, so‘rovnomalar o‘tkazish, xodimlarni attestasiyadan 
o‘tkazish, tahliliy baholash, umumlashtirish va tizimlashtirish, statistik va matematik 
tahlil va boshqa ko‘pgina usullarni o‘z ichiga oladi (2-shakl) 

Download 414.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling