Abdulla avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy
Download 414.17 Kb. Pdf ko'rish
|
BMI SODIQJON SAIDQULOV
Ijtimoiy-psixologik usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy
muhitni yaratishdir. Bu usullar ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yо’li bilan kishilarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olib, ularning ijtimoiy (sotsial) talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy-psixologik usullar bu ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi “psixologik vaziyatni”, har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini о’rganishga asoslangan usullardir. О‘z mohiyatiga kо‘ra boshqarish uslublarining bu guruhi jamoaning shakllanish va yuksalish jarayoniga, kishilarning ongiga, ma’naviy manfaatlariga jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda ta’sir qiluvchi vositalarning majmuidir. Ijtimoiy-psixologik usullar “boshqarish sotsiologiya”si va “boshqarish psixologiyasi”ga asoslanadi. Boshqarish sotsiologiyasi insonning ishlab chiqarish omillari bilan о’zaro aloqasi, jamoaning sotsial rivojlanishini rejalashtirish, mehnat jamoasini tarkib toptirish, xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim muammolarni kо’pib chiqadi. Sotsiologik axborotlarni maxsus tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan olish mumkin. Bulardan eng muhimlari quyidagilardir: a. Hujjatli usul, bunda zarur ma’lumotlar statistik to‘plamlardan, boshlang‘ich hisobga olish hujjatlaridan olinadi. Shaxsiy harakterdagi hujjatlardan foydalanish usuli - turli masalalar yuzasidan kishilarning o‘z 32 qo‘llari bilan yozilgan narsalar: ariza, shikoyat, qarindosh-urug‘ va tanishlarga yozilgan xatlar, tarjimai hol, tushuntirish xatlari va hokazolar. Ilmiy konferensiyalar o‘tkazish usuli, bunday konferensiyalarni tayyorlash va uni o‘tkazishda, odatda, ayrim masalalar yuzasidan material to‘plovchi, amaliy tavsiyanomalar ishlab chiquvchi bir qancha xodimlar ishtirok etadi. b. Anketali usul - oldindan tayyorlangan dastur bo‘yicha yozma ravishda savollar beriladi va yozma javoblar olinadi. c. Intervyu olish usuli - bunda muammoni o‘rganish uchun xodim bilan bevosita suhbat o‘tkaziladi. d. Kuzatish usuli - jamoa faoliyatini shaxsan kuzatish odamlar bilan uchrashish va muloqotda bo‘lib, ob’ektiv va batafsil axborot yig‘ish, shuningdek har bir jamoa rolini baholash imkonini beradi. e. Sotsial eksperiment o‘tkazish usuli - bu usulda sun’iy ravishda ijtimoiy vaziyatni vujudga keltirish yo‘li bilan ijtimoiy hodisalar to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar va mavjud bilimlar tekshirib ko‘riladi. Boshqarish psixologiyasi kishilarning boshqarish faoliyatlari xususiyatlarini va natijalarini aniqlashga xizmat qiladigan hodisalarni о’rganadi. U kadrlarni tanlashda, ularni joy-joyiga qо’yishda, topshiriqlarni, funksiyalarni taqsimlashda, xodimlarni rag‘batlantirishda, intizomni mustahkamlashda va hakozolarda qо’llaniladi. (3-shakl) Psixologiya insonning ruhiyatini о’rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa sezish, idrok qilish, tasavvur, tafakkur, taassuf jarayonlari, xotira, diqqat, e’tibor, iroda, shuningdek, inson shaxsining ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, qobiliyat, xarakter va mijoz kiradi. Ijtimoiy psixologiya - bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va sotsial omillarning о’zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruhlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va о’zaro ta’sir kо’rsatish shakllarini о’rganadigan psixologiya fanining sohasi. 33 Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarish vositasidir. Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullarini qо’llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur о’rganish, xodimlar nerv sistemasi kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruxiy) omillarni bilishni talab etadi. Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi bо’lgan mehnat omillarini о’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Ijtimoiy psixologiya guruh va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni о’rganadi. Ijtimoiy-ruhiy usullar Download 414.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling