Abdulla Avloniy turkiy guliston yoxud axloq so'zboshi o'rnida


Download 154.7 Kb.
bet14/35
Sana22.03.2023
Hajmi154.7 Kb.
#1286146
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
abdulla avloniy turkiy guliston yoxud axloq

VIJDON


Vijdon deb ruhimizga, fikrimizga ta'sir qiladurgan hissiyot, ya'ni sezuv — tuymaqdan iborat ma'naviy quvvatni aytilur. Biz har vaqt af'ol va harakotimizni yaxshi va yomonlig'ini, foyda va zararlig'ini onjaq vijdonimiz ila bilurmiz. Vijdon insonning aql va fikrini haqiqiy mezonidurki, bu tarozu ila o'z kamchiliklarini o'lchab bilmak ila barobar boshqalarning ham af'ol va harakotini sezur. Agar ishlagan ishi shariat, aql va hikmatga muvofiq bo'lsa, muhabbat qilur. Qabohat va yomon ishlarni qilsa, nafrat qilur. Biz janobi Haqning amr va nahyini fikr va ruhimizning ma'naviy quwati o'lan vijdonimiz ila ayira bilurmiz.
Vijdon yaxshi xulqlarning manbayi o'ldig'indan vijdon sohiblari har bir ishni beg'araz, xolis niyat ila ishlar.
Shul sababli har kim nazarida maqbul va suyukli bo'lur.
Ammo vijdonsiz kishilarning ishlarida niyat va amallarida, do'st va oshnoliqlarida yashirin bir g'arazlari o'ldig'indan har vaqt hasrat va nadomat chekub, vijdon azobig'a giriftor bo'lurlar.
Har bir insonning haqiqiy foi/i vijdonidur, Mevasi yaxshi ama/dur, hosi/i vijdonidur.
Inson diniy vazifalarining uluwiyatini vijdoni soyasida taqdir qila bilur. Chunki, vijdoni salomat kishilar imon va e'tiqodlarini kamolga yetkurmak uchun janobi Haqning buyruqlarini din va millatg'a foydali ishlarni shod va xurramlik ila ishlar.
Alhosil, vijdon har kimning af'ol va harakotini ko'rsatadurgan musaffo bir oyinadurki, bu ko'zguga chin nazar qilg'an kishi o'z ayb va kamchiliklarini tuzatmak harakatida bo'lub, boshqalarning ayb va qusurlarini axtarmoqg'a vaqti bo'lmas. Bizim islomiyatda vijdon axloqining islohi uchun sa'y-harakat qilmak lozim o'ldig'indan Shul doirada harakat qilg'on kishilar ikki jahonda aziz va mukarram bo'lurlar. Arastu hakim: <Ibn Sino hakim: <Sof vijdon kabi hech komi/a mezon o'/maz, Kishi o'z aybini bi/mak kabi urfon o'/maz.
Shod-masrur o'/ur insofi/a vijdon/i kishi,
Kimki vijdonsiz esa, to'g'ri, chin inson o'/maz.

Download 154.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling