INTIZOM
Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o'z vaqtida tartibi ila qilmakni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo'lmasa edi, insonlar bir daqiqa yasholmas edilar. Janobi Haq yer-u osmonlarni, oy va yulduzlarni, inson va hayvonlarni, qurt va qushlarni shunday bir nizom ila tarbiyat berib yaratmishdurki, aql bilmakdan, qalam yozmakdan, til so'zlamakdan ojizdur. Dunyoga kelgan payg'ambarlarning har birlari din va shariatlarini tarbiyat va nizom ila yurutmishlar. Xususan, islom dini mukammal ravishda tartib va nizomni rioya qilmishdur. Va bu soyada ozgina zamonda islom urug'lari butun dunyo yuziga yoyilmishdur. Islom davlatlarining barposi nizom va intizom ila o'ldig'i kadi barbod va inqirozi ham tartib va nizomsizlik ila bo'lmishdur. <Dav/atni koni, manbayi tartib-intizom, Sarvatni poydori erur iqtisodi tom.
Muhtoj/ig'yuzini ko'rar deb gumon qi/mang, Tartibi bir/a yursa, kishining ishi mudom.
Miqyosi nafs deb qiladurgan amallarimizni, ishlarimizni shariat, insoniyat qonuniga muvofiq o'lub, o'lmaydig'ini vijdonimiz ila o'lchab ko'rmakni aytilur. Nafs o'lchovi haqiqiy bir o'lchovdurki, insonning o'z nafsiga loyiq ko'rmagan muomalani boshqalar haqida ijro etmoqg'a qo'ymas, fikr egalari, insof sohiblari har vaqt nafs o'lchovidan tashqari harakat qilmas.
Agarda bir sabab ila shariat hukmidan, insoniyat qonunidan chet ketsa, bu qabohatini nafs o'lchovi ila bilub, ikkinchi martaba qilmasga qasd va niyat qilub, shariat nizomidan, insoniyat chizig'idan chiqmaslikg'a sa'y va g'ayrat qilur.
Alhosil, nafs o'lchovi ta'rifdan tashqari insonlar uchun eng foydali, har kimcha maqbul buyuk bir fazilatdur.
Buyuk Iskandar: <Ibn Sino hakim: <Dunyoda har narsaning maxsus o'/chovi bo'/ar,
Banda af 'o/ini vijdoni fla tortib ko'rar.
Bir ishiga vaznda ke/sa og'ir o 'z nafsiga,
U/ ishing qandog'bo'/ak/arga ravo, /oyiq ko'rar.
Do'stlaringiz bilan baham: |