Abdulla Oripov — atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. Zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan taniqli ijodkor


Download 21.32 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi21.32 Kb.
#1496287
Bog'liq
Abdulla Oripov


Abdulla Oripov
Abdulla Oripov — atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. Zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan taniqli ijodkor. Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻafur Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisi hisoblanadi. Shoir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sheʼri muallifidir.

Hayoti[tahrir]


Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida, yaʼni Yilboshi bayrami kuni [Qashqadaryo] viloyati, [Koson] tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Qishloq Qoʻngʻirtov etagiga oʻrnashgan boʻlib, oqar suv taqchil boʻlsa-da, seryomgʻir kelgan yillarda koʻkat-u maysalarga koʻmilib qoladigan kengish joy edi. Bu haqida shoirning oʻzi shunday yozadi:
"Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yogʻin koʻp tushar, Qoʻngʻirtov etaklari ming xil oʻt-oʻlan, chuchmoma-yu qizgʻaldoqlar bilan, quyontoʻpigʻ-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qoʻzigullar bilan qoplanar, tevarak-atrof jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari toʻplanib qolgan kichik-kichik koʻllarni “qoq” deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburugʻ terib, Qoʻngʻirtov etaklarida kunlarini kech qilar edi"
Ana shunday goʻzal maskanda tugʻilib oʻsgan Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli ishbilarmon dehqonlardan boʻlib, jamoa xoʻjaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo koʻpchilik oʻzbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, gʻoyat taʼsirchan va ezgulikka tashna ayol boʻlgan. Oilada toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, Abdulla oʻgʻillarning kenjasi edi.

Asarlari[tahrir]


Birinchi marta respublika matbuotida „Qushcha“ deb atalgan sheʼri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. Shoirning birinchi [sheʼrlar toʻplami] „Mitti yulduz“ esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin „Koʻzlarim yoʻlingda“ (1967), „Onajon“ (1969), „Ruhim“ (1971), „[O’zbekiston]“, „Qasida“ (1972), „Xotirot“ (1974), „Yurtim shamoli“ (1974), „Jannatga yoʻl“ (1978), „Hayrat“ (1979), „Hakim va ajal“ (1980), „Najot qalʼasi“ (1981), „Yillar armoni“ (1983), „Haj daftari“ (1992), „Saylanma“ (1996), „Sohibqiron (sheriy drama) “ (1996), toʻrt tomlik „Tanlangan asarlar“ (2000–2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi.
Abdulla Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening (rus.)"Ilohiy komediya" asarini, L.Ukrainka, T.Shevchenko, N.Nekrasov, Q.Quliev, R.Hamzatov singari shoirlarning sheʼrlarini mahorat bilan oʻzbekchaga oʻgirgan.
Abdulla Oripov sheʼrlarida falsafiy teranlik joʻshqin lirizm va insoniy samimiyat bilan uygʻunlashib ketgan.




REFERART

MAVZU: Abdulla Oripov hayoti va ijodi

MUNOJOT"ni tinglab. 

Qani, ayt, maqsading nimadir sening, 

Nega tilkalaysan bag'rimni, ohang. 

Nechun kerak bo'ldi senga ko'z yoshim, 

Nechun kerak, rubob, senga shuncha g'am. 


Eshilib, to'lg'anib ingranadi kuy

Qaylardan tug'ilmish bu ohu faryod. 

Kim u yig'layotgan? Navoiymikin, 

Va yo may kuychisi Hayyommikin, dod. 


Yetar, ey cholg'uchi, bas qil sozingni

Bas, yetar, ko'ksimga urmagil xanjar. 

Nahotki dunyoda shuncha g'am bordir! 

Agar shu munojot rost bo'lsa agar. 


Agar aldamasa shu sovuq simlar, 

Gar shu eshitganim bo'lmasa ro'yo. 

Sen beshik emassan, dorsan, tabiat, 

Sen ona emassan, jallodsan, dunyo!.. 


Eshilib, to'lg'anib ingranadi kuy, 

Asrlar g'amini so'ylar munojot. 

Kuyi shunday bo'lsa, g'amning o'ziga, 

Qanday chiday olgan ekan odamzod

Download 21.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling